echkichilik bo‘yicha joriy yilda 136 ta loyihalarni amlaga oshirish uchun 13 mlrd. 643 mln. so‘m, shundan 4 mlrd. 869 mln. so‘m tijorat banklari kredit mablag‘lari sarflandi. Natijada 415 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi.
Pillachilikda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2015 yil 16 yanvarda o‘tkazilgan “2015 yil pilla yetishtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, pillachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, soha korxonalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish qarori
(2015 yil 22 yanvardgi 06-03-29-5-sonli bayoni 4-ilovasi)ga muvofiq Respublika bo‘yicha 2015 yilda tumanlar pilla quritish korxonalari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 26000 tonna (topshiriqqa nisbatan 100,0%) tirik pilla yetishtirish yuzasidan kontraktatsiya–shartnomalari, o‘z navbatida pilla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari 437 ming 946 ta qurt boquvchilar bilan ichki mehnat shartnomalari tuzdilar.
Joriy yilda respublika bo‘yicha 454 ming 616 quti ipak qurti parvarishlandi va 26 ming 291,3 tonna (topshiriqqa nisbatan 101,1%) tirik pilla yetishtirildi. Har bir quti ipak qurtidan respublika bo‘yicha o‘rtacha 57,8 kg, Farg‘ona viloyatida 62,1 kg, Qashqadaryo viloyatida 60,8 kg, Buxoro viloyatida 59,1 kg, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 58,6 kg, Xorazm viloyatida 57,8 kg dan pilla hosili olindi.
Shu bilan bir qatorda, 2015 yilda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmadi. Viloyatlar “Pilla” birlashmalari rahbarlarining mas’uliyatsizligi va ularni mavsumni tashkil qilishdagi sustkashligi hamda yo‘l qo‘yilgan qo‘pol kamchiliklar oqibatida tirik pilla yetishtirish yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya-shartnomalari Buxoro viloyatidagi Peshku (97,9%), G‘ijduvon (98,7%) va Shofirkon (97,8%), Namangan viloyatidagi Kosonsoy (6,6%), Samarqand viloyatidagi Samarqand (98,5%) va Qo‘shrobot (63,4%), Surxondaryo viloyatidagi Angor (51,2%), Qiziriq (53,7%), Termiz (57,0%) va Shyerobod (83,3%), Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq (64,3%), Farg‘ona viloyatidagi Qo‘shtepa (99.8%), Yozyovon (79,3%) va Farg‘ona shahri (34,0 %) bajarilmadi. Oqibatda shu hisobdan respublika bo‘yicha 526,0 tonna kam pilla yetishtirildi.
Ipak qurti parvarishlashda belgilangan agrotexnika qoidalarining qo‘pol buzilishi oqibatida, tayyorlangan umumiy pilla miqdorida navsiz va qorapachoq pillalarning ulushi keskin ko‘payib ketdi.
Navsiz va qorapachoq pillalar ulushi Andijonda 60,0 foizni, Toshkentda 40,6 foizni, Xorazmda 37,0 foizni, Navoiyda 34,7 foizni, Samarqand va Farg‘ona viloyatida 27,6 foizni tashkil qildi.
2015 yil mavsumida fermer xo‘jaliklaridan umumiy qiymati 154 mlrd. 863,1 mln. so‘mlik 26 ming 291,3 tonna tirik pilla qabul qilib olinib, 1 oktyabr holatiga fermer xo‘jaliklari bilan 154 mlrd. 576,0 mln.so‘mlik mahsulot uchun hisob-kitoblar amalga oshirildi. Bu umumiy pilla qiymatiga nisbatan 99,8 foizni tashkil etadi. Xo‘jaliklardan mavjud qarzlar 287,1 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida “2015 yil pilla yetishtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, pillachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, soha korxonalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015 yil 16 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni qarori (2015 yil 22 yanvardagi 06-03-29-5-sonli) bilan asosiy dolzarb vazifalardan biri sifatida joylarda tut ipak qurtini takroriy boqishni tashkil qilish belgilangan. “Verigrov ipagi” XK tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 600 quti tut ipak qurti keltirilib, ularni takroriy boqish to‘liq Namangan viloyatida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda 223 quti pilla terilib, 5 tonna pilla tayyorlandi, 377 quti pilla esa dastada.
Hisobot davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 12 mln. 551,1 ming tup (topshiriqqa nisbatan 78,4%) tut ko‘chatlari ekildi, 229,2 gektar (topshiriqqa nisbatan 18,5 foiz) maydonda yangi tutzorlar barpo etildi. Tut ko‘chatlarini ekish joriy yilning noyabr-dekabr oylarida davom ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekengilsanoat” DAK tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi korxonalar va viloyatlarda 2015 yilda tayyorlanadigan quruq pilla navlar aralashmasini qayta ishlash (pillakashlik) korxonalariga yetkazib berish hajmlari”ga muvofiq, ularga 6000 tonna quruq pilla yetkazib berish ko‘zda tutilgan bo‘lib, hisobot davrida pillani qayta ishlash korxonalariga tumanlar pilla tayyorlash korxonalari tomonidan jami 4539,6 tonna (76,0 foiz) pilla yetkazib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida “2015 yil pilla yetishtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, pillachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, soha korxonalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015 yil 16 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilish qarori (2015 yil 22 yanvardgi 06-03-29-5-sonli bayoni 8 bandi) bilan asosiy dolzarb vazifalardan biri sifatida joylarda tut ipak qurtini takroriy boqishni tashkil qilish belgilandi. “Verigrov ipagi” xorijiy korxonasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 600 quti tut ipak qurti urug‘lari keltirilib, ular to‘liq Namangan viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida parvarishlandi va 16,2 tonna pilla yetishtirildi. Har bir quti ipak qurtidan o‘rtacha 27,0 kg dan pilla hosili olindi.
Ayni paytda mavjud tut qatorlari va tutzorlarga agrotexnik ishlov berish, 2016 yilda pila yetishtirish uchun fermer xo‘jaliklari bilan pilla tayyorlash korxonalari o‘rtasida kontraktatsiya-shartnomalari tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |