Nazorat uchun savollar?
1. Soliq va soliqqa tortish masalalarini tartibga solish asoslari
2. O‘zbekiston Respublikasida soliq maslahati tizimining huquqiy va tashkiliy asoslari
3. Soliq maslahatchilari tashkilotining me’yoriy – huquqiy asoslari
4. Axbarot maslaxat markazlarida soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar
19-M A V Z U: Qishloq xo‘jaligida seleksiya xizmatlari bo‘yicha maslahatlar
REJA
Qishloq xo‘jaligida o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik masalalari bo‘yicha xizmatlar.
Seleksiya ishlarini tashkil etishva nav tanlash bo‘yicha maslahatlar
Urug‘chilik ishlarini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar
Tayanch iboralar: qishloq xo‘jaligi, o‘simliklar seleksiyasi, urug‘chilik, genetika, rivojlanish, zararkunanda, sifat
1–савол
Qishloq xo‘jaligida o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik masalalari bo‘yicha xizmatlar
O‘simliklar seleksiyasi - dastlabki materialni o‘rganish asosida tanlash va qo‘llash, shuningdek irsiyatni ishlab chiqarishning, ayniksa parvarish qilish texnologiyasining o‘zgarishi hamda sanoatning talabi hisobga olinadi.
O‘simliklar seleksiyasida hosildorlikni oshirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga katta e’tibor berilishi bilan birga, kasallik va zararkunandalarga hamda tashqi noqulay sharoitlarga chidamli navlarni yaratishdek vazifalar mavjuddir.
Seleksiyaning asosiy vazifasi yangi navlar yaratish va ekinlarning ekilinib kelinayotgan navlarini yaxshilashdan iborat.
Seleksiya orqali erishilgan yutuqlarni amalga oshirishda, ya’ni ishlab chiqarishga tadbiq etishda urug‘chilikni ahamiyati katta.
Urug‘chilik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning ma’lum tarmog‘i hisoblanadi. Ekishga rayonlashtirilgai va istiqbolli navlar va duragaylarni har biriga xos morfo-biologik belgi va xususiyatlarni saqlagan xolda ko‘paytirish, nav va urug‘ tozaligini saqlash hamda xo‘jaliklarni navdor va hosildor sara urug‘lar bilan ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishi urug‘chilikning asosiy vazifasidir. Urug‘chilik nav almashtirish va urug‘ yangilash kabi ikki muhim tadbirni ham amalga oshiradi, qaysiki, hosildorlik va yetishtiriladigan mahsulotning sifati ko‘p jihatdan yuqoridagi tadbirlarga bog‘liqdir.
Urug‘chilik ishlarini tashkil qilishda Davlat urug‘chilik tizimiga rioya etiladi. Urug‘chilikda Davlat va xo‘jalik nazorati ishlari olib boriladi. Nav-inson faoliyatining mahsuli bo‘lib, dehqonchilikda mehnat unumdorligini oshiradigan mo‘l va sifatli hosil olishda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtiradigan vositalardan biridir. Yangi navni ekish hisobiga ilgaridan ekib kelinayotgan navlarga nisbatan 10-40 % ba’zi hollarda 70-80% va undan ko‘pgina hosilni oshishi natijasida, katta maydonlarda xatto million tonnalab qo‘shimcha mahsulot yetishtirishga erishiladi. Oqibatda iqtisodiy samaradorlik keskin oshadi. Seleksiyaning samaradorligi har bir zona yoki tuproq sharoiti uchun navlarni to‘g‘ri tanlab rayonlashtirish orqali ko‘zga tashlanadi. Odatda qurg‘oqchilik rayonlarda ertapishar va qurg‘oqchilikka hamda issiqqa chidamli navlarni ekishga rayonlashtiriladi. Suv yoki namgarchilik bilan yaxshi ta’minlangan dehqonchilik sharoitida intensiv tipga mansub navlarni ekish yaxshi samara beradi.
Seleksiya va urug‘chilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish hozirda yanada kattaroq ahamiyatga ega. Davlat bu ishlarga ko‘p e’tibor berib kelmoqda. Qator qonunlar va qarorlar qabul qilinib, seleksiya va urug‘chilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va malaka oshirish borasida ham ishlar olib borilmoqda. «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida»gi 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan qonun seleksiya ishiga aloqador asosiy tushunchalarni seleksiyadagi yutuqlar muallifligi va ularga egalik qilishni muhofaza etishning asoslarini, navlarning muhofazaga qodirlik me’zonlarini, ularga patentlar, guvohnomalar olish tartibini, patentlar egalarini huquqlarini va seleksiya yutuqlaridan foydalanishning boshqa masalalarini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |