Agrokonsalting


–савол Soliq maslahatchilari tashkilotini tashkil qilishning



Download 2,27 Mb.
bet127/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

3–савол
Soliq maslahatchilari tashkilotini tashkil qilishning
me’yoriy – huquqiy asoslari
Soliq maslahatchilari tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq maslahatchilari tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Soliq maslahatchilari tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:

  • mijozdan (ishonch bildiruvchidan) soliq maslahatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni olish;

  • soliq maslahati berish jarayonida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha mijozdan (ishonch bildiruvchidan) og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar olish;

  • soliq maslahatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot, ma’lumotnomalar, hujjatlar va boshqa materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassasalar hamda tashkilotlardan so‘rab olish;

  • soliq solish masalalari bo‘yicha davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qilish (iltimos qilish, takliflar kiritish, so‘rovlar, arizalar, shikoyatlar berish va boshqa shu kabilar) hamda ulardan javoblar olish;

  • soliq maslahatida ishtirok etishga boshqa mutaxassislarni mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan shartnoma asosida jalb qilish;

  • mijoz (ishonch bildiruvchi) soliq maslahatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmagan taqdirda, soliq maslahati berishni rad qilish.

  • soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining vakili sifatida davlat soliq xizmati organlarida, shuningdek soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish olib borish;

  • soliq tekshiruvlari o‘tkazish vaqtida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

Soliq maslahatchilari tashkiloti qonun hujjatlariga va soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahatchilari tashkiloti:

  • mijozning (ishonch bildiruvchining) huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan usullari hamda vositalaridan foydalanishi;

  • soliq maslahatini amalga oshirayotganda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;

  • soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzilayotganda mijozning (ishonch bildiruvchining) talabiga binoan malaka sertifikatini ko‘rsatishi;

  • mijozga (ishonch bildiruvchiga) uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganligi haqida dalolat beruvchi faktlar, shuningdek qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda mijozga (ishonch bildiruvchiga) ma’lum qilishi;

  • vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari to‘g‘risida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan o‘tishi haqida axborot taqdim etishi;

  • soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini belgilashi va unga amal qilishi shart. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga doir talablar milliy standartlar bilan belgilanadi.

Soliq maslahatchilari tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga va soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati bo‘yicha hisobotni va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini milliy standartlarda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Soliq maslahati bo‘yicha hisobot soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan soliq maslahati predmeti haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi.
Soliq maslahati bo‘yicha hisobotdagi axborot maxfiydir va u oshkor qilinishi mumkin emas.
Soliq maslahati bo‘yicha hisobotning har bir sahifasi soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbarining imzosi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi — soliq maslahatchilari tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash, soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’yektlarni aniqlash va hisobini yuritish to‘g‘risidagi fikrini o‘z ichiga oluvchi yozma shaklda ifodalangan hujjatdir.
Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi soliq maslahati bo‘yicha hisobot asosida tuziladi.
Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari), soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi kerak.
Malaka sertifikatini olgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisidir.
Soliq maslahatchisi, agar u soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida turgan bo‘lsa yoki soliq maslahatchilari tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, soliq maslahatiga jalb etilishi mumkin.
Soliq maslahatchisi vakolatli davlat organi belgilagan tartibda o‘z malakasini oshirishi shart.Soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxsga beriladigan malaka sertifikati bilan tasdiqlanadi.Malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida haqiqiydir.
Malaka sertifikatini olishga quyidagi talablarga javob beradigan:

  • oliy ma’lumotga ega bo‘lgan;

  • soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini o‘tagan;

  • oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan keyin kamida besh yillik, shu jumladan iqtisodiy yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs talabgor bo‘lishi mumkin.

Soliq maslahatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kursini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida amalga oshiradi.
Malaka talablariga javob beradigan shaxs malaka imtihoni topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli davlat organiga murojaat qilish huquqiga ega.
Malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  • soliq maslahatchisining arizasi;

  • soliq maslahatchisi tomonidan soliq maslahati berish davomida olingan ma’lumotlar mijozning (ishonch bildiruvchining) yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;

  • soliq maslahatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki marta qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi;

  • soliq maslahati bo‘yicha faoliyatda uch yil mobaynida ishtirok etmaganligi, shuningdek malaka oshirishni belgilangan tartibda o‘tamaganligi;

  • malaka sertifikatini soliq maslahatida ishtirok etish uchun foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;

  • muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;

  • fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.

Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va soliq maslahatchisining soliq maslahati bilan bog‘liq topshiriqlarini soliq maslahati bo‘yicha hisobotga imzo qo‘yish huquqisiz bajaruvchi jismoniy shaxs soliq maslahatchisining yordamchisi bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahatchisi yordamchisining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda soliq maslahatchilari tashkiloti bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
Soliq maslahatchisining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt malaka sertifikati olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
Uchinchi shaxslarning soliq maslahatchilari tashkilotlarining faoliyatiga aralashishi, ulardan professional xizmatlar ko‘rsatish vaqtida olingan biron-bir ma’lumotni talab qilishi, shuningdek bunday ma’lumotlarni soliq maslahatchilaridan, soliq maslahatchilarining yordamchilaridan va soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan boshqa shaxslardan talab qilishi taqiqlanadi.
Soliq maslahatini amalga oshirayotgan shaxslardan ular soliq maslahati bo‘yicha vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda tayyorlagan hujjatlarning olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas.
Soliq maslahatchisi va uning yordamchisi professional vazifalarini bajarishlari munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas.
Soliq maslahatchilari va ularning yordamchilari sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan ekspertlar hamda mutaxassislar sifatida, shuningdek tekshiruvlarni amalga oshirishga jalb etilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida xizmat qiluvchi shaxslar soliq maslahatiga jalb etilishi mumkin emas.
Soliq maslahatchilari tashkiloti davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar soliq maslahatchilari tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas.
Soliq maslahatchilari va (yoki) soliq maslahatchilarining tashkilotlari umumiy manfaatlarni ifoda etish va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq maslahatchilari birlashmasini tashkil etish huquqiga ega.
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida mijozga (ishonch bildiruvchiga) zarar yetkazganligi uchun javobgar bo‘ladi. Mijozga (ishonch bildiruvchiga) yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Soliq maslahatchisi ishni sifatsiz bajarganligi, tijorat sirini oshkor etganligi natijasida yetkazilgan ziyon va soliq maslahatchilari tashkiloti zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq soliq maslahatchilari tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish