Agrokonsalting


–савол Axbarot maslaxat markazlarida soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahatlar



Download 2,27 Mb.
bet128/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

4–савол


Axbarot maslaxat markazlarida soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahatlar
Axbarot maslaxat markazlarida soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yichaquyidagi axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatiladi:

  • soliq kodeksi va qonunosti me’yoriy hujjatlar asosida soliq qonunchiligiga oid masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish;

  • fuqarolarga jami yillik daromad solig‘i hisoblarini to‘g‘ri yuritishga o‘rgatish;

  • seminarlar, davra suhbatlari tashkil qilish va o‘tkazish;

  • soliq to‘lovchilarni buxgalteriya hisoblarini to‘g‘ri yuritishga o‘rgatish;

  • moliyaviy hisobotlarni tuzishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;

  • soliq to‘lovchilarni soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, hisobot va deklaratsiyalarni to‘g‘ri taqdim qilishga o‘rgatish;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta’minlaydi, shu maqsadda tegishli nazorat organlariga soliq to‘lovchining soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalarida takliflar va tavsiyalar beradi hamda soliq to‘lovchining haq huquqlari, qonuniy manfaatlarni yoqlab sud jarayonlarida vakolatli shaxs-mutaxassis sifatida ishtirok etadi;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish va soliq qonunchiligi buzilishi masalalari bo‘yicha murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, shu maqsadda nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish dalolatnomalarida qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning soliq Kodeksi va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos kelishligi borasida tavsiyalar beradi;

  • soliq to‘lovchilarning elektron shaklda hisobot topshirishlarida amaliy yordam ko‘rsatadi hamda ularning vositachisi sifatida faoliyat yuritadi.

Axbarot maslaxat markazi qishloq xo‘jalik hamda boshqa korxonalarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni soliq to‘lovchilarga to‘lov-shartnomalari asosida yetkazib berish, axborot-maslahat va amaliy uslubiy xizmatlar ko‘rsatish, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda amaliy yordam ko‘rsatish, yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoyalash masalalari bo‘yicha maslaxat beradilar.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 14-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 1998 yil 4 fevraldagi 26-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi “Respublika soliq organlari tizimini yanada moderinizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1257-sonqarori bilan Davlat soliq qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasiga kirgan.
DSQ huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari 2000 yil 13 iyundagi DSQning 154-sonli buyruq bilan tasdiqlangan boshqaruv tuzilmasi asosida faoliyat olib boradi.
DSQ huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazi tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy boshqarmalar bilan hamkorlikda soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalaridagi o‘zgarishlar hamda soliq solishning ayrim masalalari yuzasidan kiritilgan qo‘shimchalarni soliq to‘lovchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda mohiyatini respublikadagi barcha tadbirkorlik su’yektlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari va buxgalterlariga to‘liq yetkazish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazib boriladi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalaridagi o‘zgarishlar hamda soliq solishning ayrim masalalari yuzasidan kiritilgan qo‘shimchalar batafsil yoritilib seminar qatnashchilari barcha savollariga to‘liq javob qaytariladi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 29 iyunda PF-5468-sonli «Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi» haqidagi farmoni qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy sifatida:

  • iqtisodga soliq yuki darajasini pasaytirish;

  • soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ular sonini optimallashtirish;

  • makroiqtisodiy vaziyat barqarorligini va davlat byudjeti va uning kirimlarini shakllantirishning turg‘unligini ta’minlash;

  • soliq qonunchiligini soddalashtirish va normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;

  • sofdil soliq to‘lovchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni kuchaytirish;

  • soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash;

  • xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlarni saqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;

  • soliq nazorati shakllari va mexanizmlarini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan:

  • mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuklamasi, barcha jismoniy shaxslar daromadlariga 12 foizlik yagona soliq stavkasi joriy etilishi orqali, pasaytiriladi, shundan 0,1 foizi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblariga yo‘naltiriladi, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy badallari bekor qilinadi;

  • biznes uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi;

  • yuridik shaxslar aylanmalari (naqd pul tushumi) dan undiriladigan davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar bekor qilinadi, yuridik shaxslar foydasiga soliq stavkasi 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun esa 22 foizdan 20 foizgacha pasaytiriladi;

  • qo‘shimcha qiymatga soliq stavkasining 20 foizlik hozirgi miqdori saqlab qolinadi, bunda soliq hisobi to‘laqonli tizimi joriy etiladi, soliqqa tortish bazasi aniqlashtiriladi, imtiyozlar soni kamaytiriladi va 2019 yil yakunlari bo‘yicha ushbu soliq stavkasi pasaytiriladi, va boshqalar.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish