Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet36/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Konsalting konsepsiyasi tushunchasi ostida umumiy, idrok qilingan tasavvur anglashiladi, uning asosini maslahatchilar mushohadasi, ular taklif qilgan dastur va uning maslahat berishga yondashuvi tashkil etadi.
Konsalting maslahatchining maqsadli yo‘l-yo‘riqlari va qadriyatlar tizimini o‘z ichiga olib, konsalting konsepsiyasini hosil qiladi. Bu ko‘pincha firmaning bozor muhiti ta’siri ostidagi konsalting faoliyati natijasi hisoblangan tarixidan, shuningdek maslahatchilarni shaxsiy tajribasidan kelib chiqadi. Konsalting maslahatchining strategik va taktik xatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, ko‘pincha konsalting falsafasining tanlanishi maslahatchi bilan buyurtmachi hamkorligi xususiyatini belgilab beradi.
Maslahat xizmatlarining turi maslahat berilayotgan korxonaning o‘ziga xos xususiyati va maslahatchining shu xususiyatdan kelib chiquvchi taklifi bilan belgilanadi. Bunda konsalting firmalari va alohida maslahatchilar tomonidan taklif qilinayotgan konsalting dasturlari ko‘pchilik hollarda bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Yirik konsalting firmalari kompleks dasturlarni taklif qilishga qodirlar, chunki ular o‘zlarining ko‘p sonli mutaxassislarining qimmatli tajribasiga suyanadilar.
Konsalting strategiyasida konsalting firmasining ish uslubi, ya’ni maslahatchi bilan buyurtmachi korxona o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish tajribasi katta o‘rin tutadi. Maslahatchi yoki maslahatchilar guruhining maslahat berilayotgan korxona bilan munosabatining turi, nechog‘li tez-tez takrorlanishi va shakli muhimdir. Tajriba muvaffaqiyat va maslahatchiga ishonch ko‘p jihatdan maslahat berish uslubiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatmoqda.
Mijozni topish akvizatsiya paytidan boshlab natija olgunicha konsalting, qoida tariqasida, bir necha bosqichda kechadi.
Buning ustiga, konsalting mazmuniga bog‘liq holda turli bosqichlarni almashtirish va umumlashtirish mumkin.
1-bosqich: akvizatsiya. Bu korxonalarning o‘ziga xos muammolarni muhokama qilish;
2- bosqich: korxona iqtisodiy faoliyatining tahlilini tayyorlash.
3-bosqich: korxona iqtisodiy faoliyati tahlilining natijalarini mufassal baholash va takliflarni ishlab chiqish.
4- bosqich: qabul qilingan choralarning bajarilishi.
Konsalting firmasiga qo‘yilayotgan talablarga bog‘liq ravishda konsaltingning ikki qatlamini farqlaydilar:
1. Umumiy konsalting. Korxonaning tashkil etilishidan tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan jamiki faoliyat sohasini qamrab oladi.
2. Maxsus konsalting. Mutaxassislarning vazifalari va faoliyat maydoni g‘oyat keng bo‘lib, korxonani tashkil etish, ishlab chiqarish, boshqaruv va axborotni elektron qayta ishlash sohalarida kerakli xodimlarni tanlab olish, shuningdek marketing (xarid va korxona huquqiy shakllarining o‘zgarishi) sohalarda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish shular jumlasidandir.
Qo‘yilgan vazifalarni hal etish chog‘ida maslahatchilarning faqat korxona rahbariyati bilan emas, balki korxonaning tegishli maxsus bo‘limlari va bo‘linmalari bilan ham aloqasini yo‘lga qo‘yish zarur.
Faqat ba’zi korxonalargina xizmatlar hajmini belgilash huquqini konsalting firmasining o‘ziga topshirib qo‘yadilar. Korxonalar, aksincha, o‘z istaklarini bayon qilib va tahlil qilinadigan sohalarni oldindan belgilab, izchil ish olib boradilar.
Binobarin, buyurtma hajmi korxonaning maqsadli ko‘rsatmalari hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Konsalting firmalarining ko‘pchiligi konsalting faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlash uchun loyihani to‘la kuzatishni (yakuniy maqsadga erishguncha) taklif qiladilar.
Korxonalarni loyihalashtirish chog‘ida konsalting xizmatlari ko‘rsatish muddati bor-yo‘g‘i bir necha kunni tashkil qilishi mumkin; muvaffaqiyat yoki uning aksi keyinroq ma’lum bo‘ladi, ya’ni konsalting xizmatlari ko‘rsatish muddatini cheklash emas, aksincha, loyihani kuzatishga intilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Masalan, mashina parkini qayta jihozlashda vazifani aniq qo‘yish, mablag‘ bilan ta’minlash, xodimlarni tashkil etish yoki tanlash chog‘ida muayyan davrga shartnoma tuzish talab qilinadiki, bunday hollarda maqsad aniq muddatlar bilan belgilanadi.
Tajriba konsalting firmasi bamisoli faqat mehnatga qarab haq to‘lanadigan sirtqi shtab hisoblanib, istalgan vaqtda mijoz xizmatiga tayyorligini ko‘rsatadi. Uzoq muddatli ixtisoslashgan hamkorlik korxona muvaffaqiyatiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, axborot-maslahat xizmatlarining asosiy vazifalaridan biri har bir muayyan vaziyatga doir maslahat berish yoki axborot bilan ta’minlash emas, balki qishloq xo‘jaligida band tadbirkorlar o‘z boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qila olishi uchun ularning bilim saviyasini oshirishdir. Chunki qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bevosita tovar ishlab chiqarish jarayonida kechiktirilmasdan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlar faqatgina qishloq tadbirkori vakolati doirasiga kiradi.
Qishloq xo‘jaligining ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor tizimiga o‘tishi davrida, axborot-maslahat xizmatlarining ahamiyati yanada oshib boradi.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklari asosiy xo‘jalik yuritish shakllaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda. Fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari uzoq muddatli ijaraga berilgan bo‘lib, ularning boshqa mol-mulklari xususiy mulk hisoblanadi. Respublikada 2016 yilning iyun holatiga fermer xo‘jaliklari soni 160 ming 372 tani tashkil etmoqda.
Bugungi kunda fermer tobora ilm-fan yutuqlariga muxtojlik sezmoqda. Chunki:
- keyingi yillarda yangi intensiv bog‘lar va tokzorlar yaratilmoqda, sabzavot ekinlari va kartoshka yetishtirish hajmi ko‘paymoqda;
- respublika hududida yangidan paydo bo‘lgan xavfli zararli organizmlarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda;
- hozirda Germaniya, AQSh, Italiya, Fransiya va Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan zamonaviy qo‘shma korxonalarda yangi qishloq xo‘jaligi traktorlari va mashinalari ishlab chiqarilib, mashina-traktor parklari va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Masalan, “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasida “Keys-2022” rusumli paxta terish mashinalari va “Keys-1200” rusumli chigit ekish seyalkalarini, “O‘zKeystraktor” qo‘shma korxonasida TL-100, TS-6070 hamda “O‘zKlaasagro” qo‘shma korxonasida AXOS-340S va ARION-360S rusumli g‘ildirakli traktorlarni yig‘ish ishlari tashkil etildi;
- ekinlarning yuqori hosilli, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga chidamli, sifati bozor talabiga javob beruvchi hosil beruvchi ekinlar navlarini joylashtirish zarurati doimo mavjud;
- meva, sabzavot, poliz mahsulotlarining sifati jahon andozalariga javob beradigan, eksportbop qilib yetishtirish ustida ish olib borish talab qilinmoqda;
- chorvachilik tarmog‘ining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, naslchilikni yaxshilash, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish sifati va assortimentini oshirish;
- qishloqqa kichik sanoatni olib kirish orqali meva, poliz, sabzavot mahsulotni quritish va qadoqlash texnologiyalaridan foydalanish vazifalari qo‘yilmoqda;
- mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan ta’min etishda qishloq xo‘jaligi yer maydonlari yetishmasligi, qishloq xo‘jaligi uchun sarflanayotgan suv resurslari jami suv sarfining 95 % ni tashkil etayotgan bir payda, suv tanqisligi kuchaymoqda. Qishloq xo‘jaligida suv tejash va agrotexnologik jarayonlarni takomillashtirish yo‘li bilan suv tanqisligini yumshatish ahamiyati ortmoqda.
Bularning barchasi fermerdan bilimni talab qiladi. Uni egallash esa oson emas. Bu borada mutaxassisning maslahati zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-sonli Farmonida konsalting markazlarini tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilgan.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish