224
Tog‘
tuproqlarining profili yupqa, shag‘alli, unda birlamchi minerallar ko‘p,
ikkilamchilari esa kam, organik moddalar gumus qatlamida 15-20 % to‘planishi
mumkin.
Genetik qatlamlar yaxshi rivojlanmagan. Tog‘larda, tundra tuproqlar eng
yuqori salbiy harorat hukm surgan joylarda rivojlanadi. Tog‘larning 1000-1500 m
balandligida tog‘-o‘tloqi
tuproqlar tarqalgan, profilning to’zilishi
Aa-A-AS-S.
Elyuviy-delyuviyda hosil bo‘ladi. Tog‘ o‘tloqi-cho‘l tuproqlarining morfologik
to’zilishi Ad-
A-As-
Cr chim qatlami 5-10 sm.
Tuproq paydo bo‘lish sharoiti.Iqlimi.
Tekisliklardan tog‘ cho‘qqisiga
ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgaradi, harorat
pasayadi, atmosfera bosimi kamayadi, havo
namligi va yog‘in miqdori ko‘payadi.
Balandlikka ko‘tarilgan sari har 100 m da tempratura 0,4-0,6
0
pasayib, yog‘in
miqdori ko‘paya boradi. Bir yilda tushadigan yog‘in miqdori 800- 1200-1500 mm ga
yetadi. Yog‘in miqdori tog‘li tumanlarda dengiz sathidan ma’lum balandlikkacha
ko‘payib borib, Pomir singari eng baland tog‘ sistemalarining yuqori qismida yana
keskin kamayadi. Tog‘li tumanlarda qishi o’zoq bo‘lib, qor ko‘p yog‘adi, yozi qisqa
bo‘ladi. Vigitatsiya davri 90 kun ko‘pincha 35-40 kunni tashkil etadi. Iqlim sharoiti
xilma- xiligi o‘simliklarning ham turli tuman bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklari.
Tundra zonasidagi tog‘lar bir oz
balandlikkacha lishaynik-
moxlar bilan qoplangan. Janubiy yon bag‘irlarida o‘simliklar xili bir muncha kamroq,
shimoliy yon bag‘irlarda esa kamroqdir. Shimoliy-sharqiy Sibir tog‘larida keng bargli
o‘rmonlar, Oltoy- Sayan tog‘ sistemasida kedr va pixta o‘sadigan qoramtir nina bargli
o‘rmonlar, O‘rta Uralda esa pixta va kedr aralash o‘sadigan qora qarag‘ay (yel)
o‘rmonlari ko‘p tarqalgan. Qora tuproqlar dasht zonasidagi
Janubiy Uralning quyi
qismi qayin o‘sadigan o‘rmon dasht bilan, undan balandrog‘i esa tog‘ o‘tloqlari bilan
qoplangan. Shu zonada joylashgan Sharqiy Karpat tog‘ini dup, buk, grabdan iborat
keng bargli o‘rmonlar qoplagan, yuqorisini nina bargli o‘rmonlar egallagan, ulardan
ham balandda tog‘ subalp o‘tloqlari uchraydi.
Relefi.
Iqlim va o‘simliklar singari tuproq paydo
qiluvchi faktorlar ham har
qaysi tog‘ sistemasida turlichadir. Tog‘li tumanlarning relefi xilma-xil va juda
murakkab. Tog‘li viloyatlarda tuproq
turlarining almashinishi, asosan ororelef
ta’sirida iqlim va o‘simliklarning o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Tog‘li tuproqlarning rivojlanishida ekspozitsiya (kunga yoki soya tomondaligi)
muhim axamiyatga ega. Undan tashqari murakkab va tikka relefli tog‘larda yog‘in
suvlari juda tez oqqanligidan yer yo’zasidagi mayda zarralar (melkozyomlar) ning
ko‘p qismi yoki xammasi yuvilib ketadi. Shuning uchun ham tog‘lardagi ona jins va
tuproqlar ko‘pincha yengil mexanikaviy tarkiblidir. V.V.Dokuchayev
iborasi bilan
aytganda “tog‘li tumanlarda relef tuproq taqdirini hal qiluvchi faktor hisoblanadi.