Agrokimyo va tuproqshunoslik


To‘q tusli bo‘z tuproqlar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

To‘q tusli bo‘z tuproqlar 
zonaning eng yuqori mintaqasini tashkil etib, baland 
tog‘ qiyaliklari va past tog‘larda, daryo vodiylarining tog‘ oraliqlaridagi tekisliklarida
dengiz sathidan 700-1000 m dan 1400-1600 m gacha bo‘lgan balandliklarda
tarqalgan.
To‘q tusli bo‘z tuproqlar yaxshi ifodalangan gumusli gumusli profilga ega.
Gumusli gorizont qalinligi 80 sm dan ortiq bo‘ladi. 
Bo‘z tuproqlarning tipchalari: oddiy (sho‘rlanmagan), sho‘rxoksimon; yaxshi 
rivojlanmagan (profili uncha qalin bo‘lmasligi va shag‘alligi bilan xarakterlanadi)
kabi avlodlarga ajratiladi. Sho‘rlanish darajasi (kam, o‘rtacha, kuchli 
sho‘rxoksimon) va gumusli gorizont qalinligiga qarab (qalin bo‘lmagan A+V 40 sm 
o‘rtacha qalinligdagi 40-80 sm va qalin > 80 sm) ham bo‘ladi. O‘tloq-bo‘z va 
qadimdan sug‘oriladigan tuproqlarda, shuningdek ularning gleylanish (berchlanish) 
darajasiga qarab gleysimon va gleyli tuproqlar ajratiladi. 
O‘tloqi-bo‘z tuproqlar
sizot suvlari 2,5-5 m chuqurlikda bo‘lgan va nisbatan 
kamroq namlanib turadigan sharoitda shakllanadi. O‘tloq-bo‘z tuproqlari avtomorf 


221 
bo‘z tuproqlardan o‘zining ayrim xususiyatlari jumladan, moddalar biologik 
aylanishining kuchliroq bo‘lishi, gumusli qatlamining qalinligi va chirindilarning 
ancha ko‘pligi bilan farqlanadi.
O‘tloqi- bo‘z tuproqlarning aksaryat maydoni sug‘orilib, dehqonchilikda 
foydalaniladi.
O‘tloqi-bo‘z tuproqlari 2 tipchaga; o‘tloqsimon bo‘z tuproq – sizot suvlari 
barqaror (3,5-5m) bo‘lmaydigan sharoitda uchraydi va 2 m dan pastda geliylanish 
alomati ifodalangan. 
Bo‘z tuproqlarning tarkibi va xossalari.
Mexanik va mineralogik tarkibi.och 
tusli va tipik bo‘z tuproqlar orasida yengil va o‘rta qumoqli, to‘q tusli bo‘z 
tuproqlarda esa og‘ir qumoq mexanik tarkibli xillari ko‘proq uchraydi. Allyuvial 
jinslarda rivojlangan bo‘z va o‘tloq-bo‘z tuproqlar uchun yirik chang fraksiyalarini 
ko‘p (40-55 %) saqlashi, yuqori va o‘rta qatlamlari o‘rta qatlamlari biroz loyqa (< 
0,001) zarrachalari bilanboyiganligi xarakterli. 
Yirik fraksiyalarning mineralogik tarkibi asosan kvars, dala shpatlari
gidroslyudalar va kalsitdan iborat. Bu tuproqlarning tarkibi og‘ir fraksiyali 
Minerallarning ko‘pligi (2 dan 10 foizgacha va undan tortiq) bilan ajralib turadi. Turli 
fraksiyalarda slyudalarning ko‘pligi sababli bo‘z tuproqlar har xil asoslar hamda 
o‘simliklar uchun zarur oziq elimentlaga boy.
Bo‘z tuproqlar tarkibida yuqori dispers minerallardan gidroslyudalar
montmorillonit guruppasi minerallari, shuningdek xlorit, vermikulit va avtomorf 
moddalar ko‘p uchraydi. 
Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda slyudalarning parchalanishi 
tezlashadi va o‘simliklar uchun zarur oziq elimentlar (ayniqsa kaliy) ajralib, tuproqqa 
to‘planadi.

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish