219
Iqlimi
kontenental, quruq va issiq bo‘lib, qishi ancha yumshoq va iliq.
Yanvaordagi o‘rtacha harorat +2 dan...-5
0
C gacha va iyulda 26 dan 30
0
C ga qadar
o‘zgarib turadi. 10
0
C dan yuqori haroratli davr davomiyligi 170-245 kun bo‘lib,
harorat yig‘indisi 3400 5400
0
C ni tashkil etadi.
Joyning absolyut balandligi oshishi bilan yog‘inlar miqdori ko‘payadi,
lekin
harorat pasayib boradi. Tog‘oldi tekisliklarida yog‘inlar eng kam (100-250mm) bo‘lib
to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Tog‘li tumanlarda 450-600 mm ni tashkil etadi.
O‘rtacha yillik harorat zonaning shimolida +9-11
0
C, yozda 23-26
0
ga yetadi. Yog‘in
miqdori esa 150-300 mm , markaziy qismida (Toshkent va Samarqand viloyatlari)
+12-13,6
0
C va yog‘inlar 250-500 mm, zonaning janubida (Tojigiston,Turkmaniston
va janubiy O‘zbekistonda) iqlim eng issiq bo‘lib, o‘rtacha yillik harorat +14-15
0
C,
yog‘in miqdori esa 250-600mm ni tashkil etadi. Bo‘z tuproqlarning cho‘l zonasi bilan
chegaradosh quyi qismida iqlim ancha issiq va quruq. Bu yerda havoning nisbiy
namligi past( 20-30%) joyning balandligi oshib borishi bilan nisbiy namlik ham ortib
boradi. Sug‘oriladigan vohalarda
iqlim ancha yumshaydi, havoning nisbiy namligi
40% dan kam bo‘lmaydi.
Relefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari.
Zonaning relefi ko‘plab daryo
va dara – soylar bilan bo‘linib ketgan, nihoyatda katta tog‘oldi
qiya past
tekisliklardan iborat. Tog‘larga yaqinlashgan sari tog‘oldi tekisliklari adirlarga o‘tadi.
Bo‘z tuproqlarning anchagina maydoni daryolarning yuqori terassalarida joylashib,
asosan lyoss va lyossimon jinslar bilan qoplangan bo‘lib, uning tagida
esa qatlamli
qum- shag‘al, qumli mayda zarralar keltirilmalari yotadi. Mirzacho‘l, Tyanshanning
G‘arbiy qismi, Xisor tog‘ tizmasining tog‘oldi qiyaliklarida katta maydonlari lyossli
tekisliklar tashkil etadi. Tog‘larga yaqinlashgan sari tog‘oldi
qiyaliklarining
nishabligi ortib boradi va tekisliklar o‘rniga daryo vodiylari, soylar,
jarlar bilan
bo‘linib ketgan o‘r- qirli yerlar boshlanadi.
O‘simliklari ham joyning absolyut balandligiga qarab o‘zgarib boradi.
Zonaning quyi qismi qalin bo‘lib o‘sadigan 5-8 sm gacha zich chim hosil qiladi.
Zonaning o‘rta va baland qismlarida qo‘ng‘irbosh bilan yaltirbosh, qizg‘aldoq
kabi efemerlar o‘sadi. Ular orasida qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan ko‘p yillik
o‘simliklardan oqquray, karrak, yaltirboshlar tarqalgan.
Tog‘ oralig‘i vodiylarning sohil qismida chakalakzorlar uchrab, unda terak, tol,
jiyda kabilar o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: