O’zbekiton Respublikasi yer fondi
№
1986
1987
1988
1989
1990
1
Shudgor qilinadigan
erlar
4276,6
4353,0
4367,4
4248,1
4176,5
2
Ko’p yillik o’simliklar
322
329,0
337,1
351,6
366,8
3
Bekor yotgan erlar
50,5
54,4
52,5
60,4
62,1
4
O’tloq va yaylovlar
23560,1 23477,2 23516,3 23506,3 23475,0
5
Tomorqalar
239,3
249,5
257,0
399,2
451,3
6
O’rmonlar
1405,0
1431,2
2021,9
1404,9
1410,1
7
Tayyorlanayotgan erlar
136,1
145,7
1380,0
101,6
103,7
8
O’zbekiston
Respublikasi maydoni
44884
44884,4 44884,4 44884,4 44884,4
Tuproq eroziyasi paydo bo’lish muammolarini aniqlash
Talabaning bilimini sinash uchun savollar
1. Tuproq deb nimaga aytiladi?
2. Tuproqning qanday qatlamlari mavjud?
3. Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri.
4. Tuproq eroziyasining qanday turlari mavjud?
5. Cho’llashish jarayoni haqida tushuncha bering.
6. Antropogen eroziya deganda nimani tushunasiz?
Tuproq
eroziyasi
qanday paydo
bo’ladi?
Gumusning
kamayib
ketishi
Noto’g’ri
agrotexnika
qo’llanilishi
Nima
uchun?
O’z sohasini
yaxshi
bilmaslik?
Nima
uchun?
Nima
uchun?
202
28-MAVZU. QURUQ SUBTROPIKLARNI TOG‘ OLDI VA BO‘Z
TUPROQLARI.
1. Zona chegarasi, maydoni va tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlari.
2. Bо‘z tuproqlarning genezisi, morfologik tо‘zilishi va klassifikatsiyasi.
3. О‘tloq-bо‘z tuproqlar ularning shakllanishi, tipchalari, tо‘zilishi,
tarkibi va xossalari.
4. Sug‘oriladigan bо‘z tuproqlar.
5. Bо‘z tuproqlarning tarkibi va xossalari.
6.Bо‘z tuproqlardan qishloq xо‘jaligida foydalanish va unumdorligini
oshirishning asosiy tadbirlari.
1. Zonaning asosiy territoriyasi О‘rta Osiyo va Kozogistonning tog‘ oldi
noxiyalarida va shuningdek, uncha katta bо‘lmagan maydonlari Kavkaz orti
(Ozarbayjonning Kо‘ra Araks pasttekisligi)da joylashgan.
Zonaning О‘ziga xos tabiiy-iqlim sharoitlari, jumladan 10
0
S dan yuqori
samarali harorat (3400-4000
0
S)ning kо‘pligi va kish baxor davrlarida
yog‘ingarchiliqning ancha kо‘pligi bilan bog‘liq, О‘ziga xos nam rejimi (umuman
yerda namning yetarli emasligi)ning bо‘lishi, bu xududlarni quruq subtropiklar
jumlasiga kiritish imkonini beradi. Tog‘ oldi chо‘l-dasht zonasida asosan bо‘z
tuproqlar tarqalgan.
О‘tloq-bо‘z tuproqlar va о‘tloq tuproqlar bilan birga xisoblaganda bо‘z
tuproqlar zonasining umumiy maydoni 41,3 mln.gektar.
Tuproqlarning zonallik sistemasida bо‘z tuproqlar alohida urin tо‘tadi va
Turon tuproq-iqlim balandlik mintaqasining kuyi bulimini tashkil etadi. Bо‘z
tuproqlari tog‘ tizmalarining uncha baland bо‘lmagan qismlarida, tog‘ yonbagri
kiyaliklari va dungliklari (adirlarda), tog‘ etagi prolyuvial tekisliklarida va
shuningdek daryolarning yuqori terrasalarida tarqalgan.
Bо‘z tuproqlar kо‘proq tarqalgan xududlarda, bu zonaning yuqori chegarasi
dengiz satxidan 1400-1600 m, kuyi chegarasi esa 250-300 dan 250-500m gacha
bо‘lgan balandlikdan о‘tadi.
Tog‘ yonbag‘irlaridagi tekisliklarda tog‘ etaklarining yuqori qismlariga
qarab mо‘tloq balandlikning ortib borishi bilan, iqlim sharoitlari va shunga kо‘ra
о‘simliklar olami, tuproqda kechadigan jarayonlar jadalligi va uning yunalishi ham
о‘zgarib boradi.
Shunday kilib, bо‘z tuproqlar turlicha balandliklar bо‘ylab tarqalganligi
sababli, ularni Osiyo kit’asi tog‘ sistemasi vertikal zonalligining dastlabki kuyi
boskichiga kiritiladi.
Zonaning tog‘ oldi tekisliklari va kiyaliklarida tarqalganligidan uning
tabiiy sharoitlarida ham vertikal zonallik xususiyati yaxshi ifodalangan.
203
Iqlimi kontinental, quruq va issik bо‘lib, kishi ancha yumshok va iliq. 10
0
S
dan yuqori haroratli davr davomiyligi 170-245 kun bо‘lib, harorat yigindisi 3400-
5400
0
S ni tashkil etadi.
Joyning absolyut balandligi oshishi bilan yog‘inlar miqdori kо‘payadi,
lekin harorat pasayib boradi. Tog‘ oldi tekisliklarida yog‘inlar eng kam (100-
250mm) bо‘lib, tо‘q tusli bо‘z tuproqlar tarqalgan tog‘li noxiyalarda 450-600 mm
ni tashkil etadi.
Zonaning relyefi kо‘plab daryo va dara-soylar bilan bulinib ketgan
nixoyatda katta tog‘ oldi kiya pasttekisliklardan iborat. Tog‘larga yaqinlashgan
sari tog‘oldi tekisliklari adirlarga о‘tadi. Bо‘z tuproqlarning anchagina maydoni
daryolarning yuqori terrasalarida joylashib, asosan lyoss va lyossimon jinslar bilan
koplangan bо‘lib, uning tagida qatlamli qum-shagal, qumli mayda zarralar
keltirilmalari yotadi.
Kо‘ra-Araks provinsiyasida allyuvial va dellyuvial yо‘l bilan hosil bо‘lgan
og‘ir qumoq va soz tarkibli jinslar keng tarqalgan.
О‘simliklari ham joyning absolyut balandligiga qarab о‘zgaradi. Zonaning
kuyi qismi Qalin bо‘lib usadigan va 5-8 sm gacha zich chim hosil qiladigan rang-
k0ngirbosh- kovrak о‘simliklari formatsiyasidan tashkil topgan.
Zonaning 0rta va baland qismlarida k^ngirbosh bilan birga yaltirbosh,
kizgaldok, geran kabi efemerlar usadi. Ular orasida kurgokchiliqka chidamli
bо‘lgan kо‘p yillik О‘simliklardan okkо‘ray, karrak, yaltirbosh tarqalgan.
Zonaning yuqori qismida bugdoyik (Agropirum trichophorum), taktak
(Hordeum bulbosun) Usadi. Bu О‘simliklarning balandligi 40-100sm bо‘lib,
efemerlar kabi qisqa muddatda kurib ketadi.
Bо‘z tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi)ga doir kо‘plab tadkikotlar
V.Dokuchayev,
N.M.Sibirsev,
K.D.Glinka,
P.S.Kossovich,
N.A.Dimo, L.I.Prasolov, A.I.Bessonov va boshqalarning faoliyati bilan bog‘liq.
Ayniqsa S.S Neustruevning bu soxada olib borgan ishlari alohida Urin
tо‘tadi. Olim 1908 yilda Sirdaryo viloyatida olib borgan tadkikotlari asosida b о‘z
tuproqlarning kelib chiqishi xakida dastlabki tUla ma’lumotlarni beradi.
S.Neustruev
mustakil tip sifatida ajratib «bо‘z tuproqlar»
atamasini fanga kiritgan. «Bо‘z tuproqlar» termini (atamasi) xozirgi vaqtda
vatanimiz va xorijiy mamlakatlar adabiyotiga kiritilgan.
Keyinchalik bо‘z tuproqlarning genezisi soxasidagi ancha tо‘liq va
mukammal tadkikotlar mashxur tuproqshunos N.A.Rozanov tomonidan olib
borildi hamda uning «
1
rta Osiyo bо‘z tuproqlari» (1951)monografiyasida batafsil
bayon etildi.
204
О‘zbekiston olilarining kо‘plab ishlari ham bо‘z tuproqlarni urganishga
karatilgan (M.Baxodirov, M.Umarov, A.Rasulov va b.).
Bо‘z tuproqlar xakidagi kо‘pgina materiallar ^rta Osiyo jumxuriyatlari
tuproqlariga doir kо‘plab monografik asarlarda yoritilgan.
Kursatilgan asarlarda bayon etilgan va shuningdek, olib borilgan keyingi
tadkikotlar asosida bо‘z tuproqlarning genezisi xakidagi nuktai nazarga kо‘ra bо‘z
tuproqlarning kelib chiqishi va xossalari xozirgi zamon omillri va jarayonlari bilan
bog‘liq (I.S.Kaurichev, 1982). Bunda bо‘z tuproqlarda kechadigan biologik va
biokimyoviy jarayonlar jadalligi hamda maromini belgilovchi о‘ziga xos
gidrotermik rejimlarga alohida e’tibor beriladi.
Boshqa bir nuktai nazarga kо‘ra о‘z tuproqlar eng Qadimgi tuproqlar
jumlasiga kiradi. Mо‘zliklar davrida ham bо‘z tuproqlarning tо‘zilishi deyarli
bо‘zilmagan va bir necha ming yillik murakkab shakllanish, shuningdek,
rivojlanish tarixiga ega. Bо‘z tuproqlar kо‘plab boskichlarni, jumladan, bir qancha
о‘ta namlik davrlarini kechirgan bо‘lib, shu sababli tuproqda gil tо‘planishi
(gillanish) va profilining ancha mikdorda temir bilan boyishi singari alomatlar
rivojlanmagan (N.A.Rozanov,1951).
Uchinchi nuktai nazarga asosida (V.Kovda, 1973, I.N.Stepanov, 1980) bо‘z
tuproqlar dastlab gidromorf va sungra yarim gidromorf tuproq paydo bulish
boskichlarini о‘tgan. Shu sababli bu tuproqlarda gumusning, shuningdek, kalsiy,
magniy karbonatlari, gips va boshqa moddalarning kо‘p tо‘planishi rо‘y bergan.
Keyinchalik bо‘z tuproqlar ishqorsizlanib, quruq (arid)lashgan tabiiy sharoitlarga
uchragan. Bu fikr О‘rta Osiyodagi lyoss va lyossimon jinslarning allyuvial,
prolyuvial, delyuvial kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Demak, bо‘z tuproqlar
genezisini yagona bir xil nazariya bilan tushuntirish mumkin emas. Xullas, bо‘z
tuproqlarda xozirgi zamon jarayonlarining belgilari bilan bir katorda kachonlardir
boshqacharok omillar tufayli yuzaga kelgan xususiyatlar ham aks etgan.
Bо‘z tuproqlar uchun umuman kuyidagi asosiy belgilar va xossalarning
bо‘lishi: tuproqning uncha anik genetik gorizontlarga ajralib turmasligi,
gumusning kam bо‘lishi (tо‘q tusli bо‘z tuproqlar bunga kirmaydi), ammo
chirindili qatlamning ancha chо‘zikligi; mikroagregatlarning kо‘p bо‘lishi bilan
birga makroagregatlarning ham yaxshi ifodalanmaganligi; yuqori kovakligi va
ancha g‘ovak qovushmasi; barcha tuproq profilining karbonatli bо‘lishi, ammo
tuproq yuqori gorizotlarida karbonatlarning sezilarli ravishda kamayishi,
karbonatlarning kо‘pligi sababli tuproqning ishqoriy reaksiyaga ega ekanligi, ona
jinslarga nisbatan tuproq profilida gillanishning kо‘proq bо‘lishi, tuproqning
barcha profili bо‘ylab turli jonivorlar faoliyatining yuqori ekanligi kabilar
xarakterlidir.
205
Bо‘z tuproqlar о‘ziga xos tо‘zilishga ega. Odatda tuproq profilining yuqori
qismida gumus kam bо‘lganidan uning rangi och va ona jinslar tusidan uncha farq
kilmaydi.
Umumiy tarzda bо‘z tuproqlarning morfologik tо‘zilishi kuyidagicha A
1
-
gumusli gorizont, qalinligi 12-17 sm, usti chimlangan, bо‘z yoki och-bо‘zgish
tusli, kо‘pincha changsimon-qumoq, tangasimon-mayda uvokli strukturali;
AB-о‘tuvchi gorizont, 15-25 sm; sargish malla bо‘z, asosan changli
qumoq, tez uvalanib ketadigan chidamsiz uvokli strukturali, chuvalchang va
xasharotlarning uyalari va izlari kо‘p bо‘lganidan, bu gorizont teshikli tо‘zilishga
ega; ba’zan bushliklar va teshiklarning devorlarida mogorsimon kо‘rinishli
karbonatlar uchraydi;
BK-karbonatli illyuvial gorizont, qalinligi 60-100sm; och k^ngir-sargish
(malla), kо‘pincha changsimon qumoqli, zichlangan, jonivorlarning inlari, uyalari
siyrak uchraydi, ok doglar («ok kо‘zanaklar») konkretsiyalar («tugunchalar») va
mogorlar shaklidagi karbonatlar yaxshi kurinib turadi.
Sk – sarg’ish yoki malla tusli, changsimon-qumoq: yuqori qismida tо‘zlar
ajralib turadi: 1,5-2,0 m da mayda gipsning taram-taram tо‘zilishli kristallari va
drо‘zalari uchraydi.
Tuproq yuzasidan boshlab xlorid kislota ta’sirida qaynaydi.
Tо‘q tusli bо‘z tuproqlarda gumusli gorizont yaxshi ifodalangan.
Qishloq xо‘jaligida foydalanib, о‘zoq muddatlarda sugorilganda bо‘z
tuproqlarning profilida keskin о‘zgarishlar rо‘y beradi va turli Qalinlikdagi
madaniy agroirrigatsion gorizontlar yuzaga keladi. Shunga kо‘ra tuproqning
fizikaviy xossalari ham kUrik yerlardagidan keskin farq qiladi.
Bо‘z tuproqlar zonaning asosiy avtomorf tuproqlari jumlasiga kiradi. Bо‘z
tuproqlar bilan bir katorda, bu yerda, sizot suvlari ancha yuqori joylashgan
sharoitda shakllanadigan о‘tloq-bо‘z tuproqlar tipi va shuningdek sugoriladigan
bо‘z (madaniy voxa) tuproqlarning bir necha tiplari ajratiladi. Ana shu tuproq
tiplaridan tashkari zonada gidromorf tuproqlardan: shurxoklar, о‘tloq tuproqlar,
о‘tloq-botqoq va botqoq tuproqlar hamda ular bilan birga uchraydigan turli
tuproqlar tarqalgan.
Bо‘z tuproqlar tipi uchta tipchaga: och tusli bо‘z tuproqlar, tipik bо‘z
tuproqlar va tо‘q tusli bо‘z tuproqlarga ajratiladi.
Och tusli bо‘z tuproqlar zonaning ancha quruq (arid) mintaqasida tarqalgan
tipcha bо‘lib, bо‘z tuproq zonasining chо‘l zonasi bilan tо‘tashgan kuyi qismida,
odatda dengiz satxidan 300-400 dan 500-600 m gacha bо‘lgan balandliklarda
joylashgan.
206
Och tusli bo’z tuproqlar tog‘ tizmalari kiyaliklarining kuyi qismlarida, tog‘
etagidagi kiya tekisliklar va kir adirlarda Qoratog‘ tizmalarining yonbag‘irlarida,
Mirzachо‘l va Karshi chо‘llarida, Fargona chukmasida, Zarafshon vodiysining
о‘rta qismlarida, Surxondaryo xavzasi va boshqa xududlarda tarqalgan.
Och tusli bо‘z tuproqlarda gumusning kamligi sababli, uning morfologik
tо‘zilishidagi genetik gorizontlarning uncha yaxshi ajralib turmasligi va umuman
barcha qatlamlarning yaxshi ifodalanmaganligi, xlorid kislota ta’sirida hamma
gorizontlarining shiddatli kaynashi hamda xasharotlar, turli jonivorlar inlarining
kо‘p bо‘lishi xarakterli.
Kam gumusli (chirindili) goriznot (A+B) ning qalinligi 40-50 sm dan
oshmaydi. A- gorizonti 6-12 sm bо‘lib, och-bо‘zgish tusli, kurik yerda
chimlangan, B
1
gorizonti biroz malla tusli, bо‘zgish, bu gorizont ancha zichlangan
va rangi och, karbonatlarning ok kо‘zanakli doglari bо‘lgan Bk gorizonti bilan
almashinadi. 1 m chukurlikka kadar tuproqda nam tо‘planishi mumkin.
Tuproqning 150-180 sm chukurligida gips va suvda oson eruvchan tо‘zlar
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |