Agrokimyo va tuproqshunoslik


Talabaning bilimini sinash uchun savollar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Talabaning bilimini sinash uchun savollar 
1. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni deganda nima tushinasiz ?
 
2. Tog‘ jinslarining yemirilishi qanday sodir bo‘ladi 
?
3. Katta va kichik geologik doira bo‘ylab aylanayotgan moddalarning tuproq 
hosil bo‘lishida ahamiyati nima? 
4.Tuproq qanday paydo bo'lgan ? 
5.Tuproqni tarkibi va uni xossalari nimalardan iborat bo'ladi ? 
 
10- MAVZU. TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA 
QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAYAMITI. 
REJA. 
1. Tuproqshunoslik faning kelib chiqishi va vazifalari 
2.Tuproqshunoslik faning maqsadi 
3.Tuproq qoplamini V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan profil usuli
 
1.Tuproqshunoslik qishloq xo‘jalik fanlarning negizi bo‘lib, tuganmas boylik 
va kerakli xom Ashe yetishtiradigan manba-tuproq haqidagi fandir. 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi-yer, tuproq 
bioqatlamining barqarorligi va ekologik holatini saqlab turishda ham kata rol 


89 
o‘ynaydi. Bo‘lajak agronom-tuproqshunos va agrokimyo mutaxassisligi uchun 
ishlayotgan xo‘jalik tuproqlarini batafsil o‘rganishi va unumdorligini oshirish 
tadbirlarini yaxshi bilishi kerak. 
Tuproqshunoslik-tuproq haqidagi Fan bo‘lib tabiiy jism va ishlab chiqarish 
vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, to’zilishi, tarkibi va xossalari
unumdorligi va geografik tarqalishi qonunlari o‘rganadi. 
Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar qadimgi davrlardan 
boshlab, dehqonchilik talablari asosida yo’zaga kela boshladi. Bu Fan XIX asr 
oxirlarida 
rus 
olimlaridan 
V.V.Dokuchayev, 
P.A.Kostichev, 
N.N.Sibirsev, 
V.P.Vilyams g‘oyalari tufayli shakllandi va rivojlandi. 
V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib tuproqning paydo bo‘lish omillari 
to‘g‘risidagi ilmiy nazariyani yaratdi va tuproq tushunchasiga ta’rif berib, tuproq 
deganda, suv, havo hamda tirik va o‘lik organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda tog‘ 
jinslarining yo’zasining tashqi gorizontlariga aytiladi. 
Tuproq o‘zining kelib chiqishi Bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. 
V.V.Dokuchayev ko‘rsatilishicha, yer yo’zidagi barcha tuproqlar mahalliy iqlim 
o‘simlik va hayvonot organizmlari, ona tog‘ jinslarining tarkibi va to’zilishi 
maydonning relef iva biologik yoshi kabilarning murakkab ta’siri natijasida paydo 
bo‘lgan. 
Olimning tuproq kelib chiqishi yoki genezisi haqidagi g‘oyalari, fikrlari hozirgi 
zamon ilmiy qarashlarining asosini tashkil etadi. Tuproqshunoslik fanining 
asoschilaridan biri N.M.Sibirsev, V.V.Dokuchayevning tuproq haqidagi g‘oyalarini 
rivojlantirib tuproq haqidagi tushunchaga o‘zining ayrim fikrlarini kiritdi. Uning 
tuproqqa bergan ta’siri «Tabiiy tuproqlar deganda, qit’alarning yo’za qismi hosillari 
yoki tog‘ jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, undagi ekodinamik 
hodisalar, shu qatlamgacha kirib borpayotgan organizmlarning ta’siri yoki 
biosferaning tarkibiy qismlaridan yo’zaga kelgan jarayonlarning o‘zaro birgalikdagi 
ta’siri tufayli kechadi. 
P.A.Kostyachev tuproqning hosil bo‘lishida biologik omillar, ayniqsa 
o‘simliklar olami roliga alohida e’tibor beradi va «Tuproq deb, o‘simliklarning 
ildizlari chuqur kirib boradigan yer yo’zasining ustki qatlamini tushunish kerak». 
Tuproqshunoslik Fani tabiiy ilmiy Fan sifatida geologiya, mineralogiya, fizika, 
Kime, mikrobiologiya kabi fanlar Bilan bog‘liq holda tuproqni o‘rganadi va 
rivojlanadi. 
Tuproqning eng muhim xossasi-unumdorlik u tuproqning boshqa xususiyatlari 
kabi tuproq paydo bo‘ladigan va rivojlanadigan tabiiy muhit sharoitlari Bilan 
bevosita bog‘liq. Tuproq unumdorligini rivojlanishida tirik organizmlar, jumladan, 
yashil o‘simliklar va mikroorganizmlarning roli alohida ahamiyatga ega. 


90 
Unumdorlik tuproqning o‘simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda 
issiqlik Bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproqning tog‘ jinslaridan tubdan farq 
qiladigan shu sifat belgisi mashhur olim V.P.Vilyams o‘rgangan va u tuproqqa ta’rif 
berib, «Biz tuproq haqida gapirganda o‘simliklardan hosil olishni ta’minlaydigan, yer 
shari quruqlik qismining yuqori g‘ovak gorizontlarini tushunamiz». Unumdorlik 
xossasini yo’zaga kelishi va rivojlanishi natijasida yer kishilarni zarur oziq-ovqat 
mahsulotlari va sanoatni xom Ashe Bilan ta’minlaydigan qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishning asosiy vositasiga aylanadi. 
Tuproqshunoslik dehqonchilik va agrokimyo kabi muhim agronomik 
fanlardan biridir. Yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, almashlab ekish sistemasini 
qullashni yaxshi bilish, kimyoviy melioratsiyalash, yerning sho‘rlanishiga qarshi 
kurash tadbirlarini olib borishda tuproq xossalarini yaxshi bilish kerak. 
Demak, har bir agronom va qishloq xo‘jalik mutaxassisi uchun tuproq haqidagi 
bilim juda zarur. 
2.Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bо‘lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish 
vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, to’zilishi, tarkibi va xossalari, 
unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini о‘rganadi. Tuproq va uning 
xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar va bilimlar qadimgi davrlardan boshlab 
dehqonchilik talablari asosida yo’zaga kela boshladi. Ilmiy fan sifatida 
tuproqshunoslik 
fani 
Rossiyada 
X1X 
asrning 
oxirlarida 
rus 
olimlari 
V.V.Dokuchayev., P.A.Kostichev., N.M.Sibirsev., V.R.Vilyams g‘oyalari va asarlari 
tufayli shakllana boshladi va rivojlandi. 
V.V.Dokuchayev birinchi bо‘lib tuproqning paydo bо‘lish omillari va 
jarayonlari haqidagi ilmiy nazariyani yaratdi hamda tuproq tushunchasiga 
quyidagicha ta’rif berdi: "Tuproq deganda suv, havo xamda turli tirik va о‘lik 
organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda о‘zgargan tog‘ jinslarining (qaysi xil bо‘lishidan 
qat’iy nazar) "yo’za" yoki tashqi gorizontlariga aytiladi". Tuproq mustaqil tabiiy jism 
sifatida о‘zining kelib chiqishi (genezisi) bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. 
V.V.Dokuchayev kо‘rsatgandek, yer yo’zasidagi barcha tuproqlar "mahalliy iqlim, 
о‘simlik va hayvonot organizmlari, ona tog‘ jinslarning tarkibi va to’zilishi, 
maydonning relyefi va nihoyat joyning yoshi kabilarning juda murakkab ta’siri" 
natijasida paydo bо‘ladi. Hozirgi zamon tuproqshunos olimlarning tuproq haqidagi 
ta’rifida V.V.Dokuchayevning kо‘rsatmalari о‘z ifodasini topgan: «Tog‘ jinslarining 
ustki gorizontlarida tirik va о‘lik organizmlar hamda tabiiy suvlar ta’sirida turli xil 
iqlim va relyef sharoitlarida hosil bо‘lgan yer yo’zasidagi tabiiy tarixiy organo-
mineral jismga tuproq deyiladi». 
Tuproqshunoslik 
asoschilaridan 
biri 
N.M.Sibirsev 
о‘z 
ustozi 
V.V.Dokuchayevning tuproq haqidagi g‘oyalarini yanada rivojlantirib, tuproq 


91 
haqidagi tushunchaga о‘zining ayrim fikrlarini kiritdi. Uning tuproqqa bergan ta’rifi 
V.V.Dokuchayevnikidan unchalik farq qilmasada, ammo tuproq paydo bо‘lish 
jarayonlarining mohiyatini ancha chuqurroq ochib berishga harakat qilgan. 
N.M.Sibirsev о‘zining kо‘plab tadqiqotlari asosida tuproqning quyidagi ta’rifini 
beradi: "Tabiiy tuproqlar deganda qit’alarning yo’za qismi hosilalari yoki tog‘ 
jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, undagi umumiy ektodinamik 
hodisalar, shu qatlamgacha kirib borayotgan organizmlarning ta’siri yoki biosfera 
tarkibiy qismlaridan yo’zaga kelgan jarayonlarning о‘zaro birgalikdagi ta’siri tufayli 
kechadi". Bundan kо‘rinib turibdiki, tuproqning paydo bо‘lishida kо‘plab tabiiy 
omillarning о‘zaro murakkab ta’siri katta rol о‘ynaydi.
Rus olimi P.A.Kostichev tuproqning hosil bо‘lishida biologik omillar, ayniqsa 
о‘simliklar olami roliga e’tibor beradi va shunga kо‘ra tuproqqa quyidagicha ta’rif 
beradi: "Tuproq deganda о‘simliklarning ildizlari chuqur kirib boradigan yer 
yo’zasining ustki qatlamini tushunish kerak". Tuproqning eng muhim xossasi - 
unumdorlikdir. Tuproq unumdorligining rivojlanishida tirik organizmlar, jumladan 
yashil о‘simliklar va mikroorganizmlarning roli alohida ahamiyatga ega. Shunga 
kо‘ra tuproqning yana bir ta’rifini keltiramiz: «Iqlim va tirik organizmlar ta’sirida 
о‘zgargan va о‘zgarayotgan hamda unumdorlik qobiliyatiga ega bо‘lgan yerning 
ustki g‘ovak qatlamiga tuproq deyiladi». 
Unumdorlik tuproqning о‘simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda 
issiqlik bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproqning tog‘ jinslardan tubdan farq 
qiladigan ana shu sifat belgisini mashhur tuproqshunos olim va agronom 
V.R.Vilyams mukammal о‘rgangan. V.R. Vilyamsning tuproq haqidagi ta’rifida ham 
unumdorlik xossasi alohida ta’kidlanadi: "Biz tuproq haqida gapirganda 
о‘simliklardan hosil olishni ta’minlaydigan yer shari quruqlik qismining yuqori 
g‘ovak gorizontlarini tushunamiz".
Tuproq bu qishloq xо‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi, qayta 
tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki 
xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, 
hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi. 
Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g‘amg‘urlik 
qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sotsial-iqtisodga 
daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik masalalari, 
yer tо‘g‘risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy baholash va x.z. 
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12 sessiyalari (30 aprel va 
28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri tо‘g‘risida" gi qonunlar 
muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer umummilliy boylik, 
О‘zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va farovonligining asosi 


92 
sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» 
deb kо‘rsatilgan. 
Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne’matlar bilan tо‘ydirayotgan bitmas-
tuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo 
yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot 
uchun quyosh, havo va suvdek zarur bо‘lib, u biologik tirik jism hisoblanadi.
Yer mehnat vositasi bо‘lishi bilan bir qatorda buyuk laboratoriya, mehnat 
vositasini yaratuvchi xazina (arsenal), mehnat materiali (obyekti), aholi uchun joy va 
kollektiv bazisdir. Tuproq qatlami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan 
himoyalashda о‘ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq 
qoplamining normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog‘liq. 
Tuproqning eng asosiy vazifalaridan biri Yerdagi hayotning mavjudligini, 
davomiyligini ta’minlashdir. Aynan, о‘simliklar, ular orqali esa hayvonot dunyosi va 
insonlar о‘zining yashashi uchun, biomassasini yaratish uchun oziqa moddalar va 
suvni 
tuproqdan 
oladi. 
Tuproqda 
organizmlar 
uchun 
qulay 
va 
zarur 
о‘zlashtirilaoladigan kimyoviy birikmalar shaklida biofil elementlar tо‘planadi. 
Tuproqda barcha yer usti о‘simliklari rivojlanadi, unda mikroorganizmlar va turli xil 
jonivorlar oziqlanadi. Tuproqsiz yerdagi tirik organizmlarning tabiiy assotsiatsiyasi 
faoliyat kо‘rsata olmaydi. Eng muhimi, bunda biosfera jarayonlarining birligini ya’ni: 
tuproq bu hayotning mahsuli va shu bilan birga uning mavjudligining sharti.
Ekosistemada ya’ni inson yashaydigan tabiiy muhitda, tuproq muhim 
ahamiyatga ega, qaysiki aynan tuproq ularni iste’mol qiladigan asosiy oziqa massasi 
bilan ta’minlaydi.
Tuproqshunoslikda ham barcha tabiat fanlaridagidek tuproq qoplami, uning 
jug‘rofiy tarqalishi, xossa va hususiyatlari, mineralogik, kimyoviy va biologik tarkibi 
dala, ko’zatuv, laboratoriya sharoitida har taraflama о‘rganiladi. Ilmiy tadqiqot 
ishlarini amalga oshirishda hozirgi zamon kosmik, elektronika, kompyuter kabi 
jihozlardan bevosita samarali foydalaniladi. Hozirgi davrda tuproq qoplamini 
kompleks ravishda о‘rganish uchun barcha ilmiy – tadqiqot institutlari, 
tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari mavjud bо‘lgan universitet va institutlarda 
ilmiy va amaliy ishlarni bajarish uchun zamonaviy asbob – uskunalar bilan 
jihozlangan va ta’minlangan. Tuproq qoplamini dala, ko’zatuv va laboratoriya 
sharoitida о‘rganish uslublari hozirgi paytda mukammal ishlab chiqilgan. Tabiatda 
tuproq qoplamini yo’za qismidan to uni hosil qiluvchi yotqiziq yoki tog‘ jinslarigacha 
(ona jinsi) V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan profil usuli bilan, genetik kelib chiqishi, 
morfologik to’zilishi, tuproq hosil bо‘lishi jarayoni chuqurligigacha о‘rganiladi.

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish