Fosforli o`g`itlar. Fosforning juda ko’p birikmalari mineral o’g’it sifatida ishlatiladi. Eng ko’p qo’llaniladigan fosforli o’g’itlar quyidagilardir:
I. Fosforit yoki apatit uni mayin kukun xolatdagi fosforit yoki apatitdan iborat. Bu o’g’it tarkibida 16 - 35% ga qadar P2O5 bo’lishi mumkin. Lekin fosforit uni yoki apatit unidagi fosfor - Ca3(PO4)2 tarkibli modda shaklida bo’ladi; bu modda suvda yomon eriydi; shu sababli kislotali bo’lmagan tuproqlarda fosforit yoki apatit unini o’simliklar kam o’zlashtiradi.
Superfosfat. Fosforit yoki apatitning sulfat kislota bilan o’zaro ta’siridan, suvda eruvchan fosforli birikma xosil bo’ladi:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 --> Ca(H2PO4)2 + 2 CaSO4
Uning tarkibida 20% ga qadar P2O5 bo’ladi. superfosfat tarkibidagi Ca (H2PO4)2 suvda yaxshi erishi tufayli o’simliklar uni yaxshi o’zlashtiradi.
Qo’sh superfosfat tarkibi faqat kalsiy digidrofosfatdan iborat bo’lgan qimmatli o’g’it. Uning tarkibida 40 - 50% P2O5 bo’ladi. Qo’sh superfosfat tabiiy fosforitga konsentrlangan fosfat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 --> 3Ca(H2PO4)2.
IV. Presipitat. Suvda kamroq eriydigan kalsiy gidrofosfatdan iborat bo’lib, kukun xolatdagi oxaktoshning fosfat kislota bilan o’zaro ta’siridan olinadi:
2 CaCO3 + 2H3PO4 --> 2CaHPO4 . 2H2O + 2CO2.
Presipitat CaHPO4 . 2H2O oq kukun bo’lib havoda saqlanganda nam tortib yopishib qolmaydi. Uning tarkibida 30-35% P2O5 bo’ladi. Bu o’g’itni kuchsiz kislotali tuproqlarga solinganda o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi.
V. Termofosfatlar (yoki ftordan tozalangan fosfatlar). Tabiiy fosforitni turli qo’shimchalar (soda, potash, natriy sulfat va xokazolar) bilan birga yuqori xaroratda suyuqlantirib, fosforit tarkibidagi ftor yo’qotiladi. Buning natijasida tarkibida 32% ga qadar P2O5 bo’lgan o’g’it termofosfat xosil bo’ladi.
Tarkibida xam fosfor, xam azot, xam kaliy bo’ladigan murakkab o’g’itlar xam tayyorlanadi. Ulardan ammofos NH4H2PO4, diammofos (NH4)2HPO4, leynafos (NH4)2SO4. (NH4)2HPO4 lar ana shunday azot va fosforli murakkab o’g’itlardir. Ammofos tarkibida 10% azot va 50% P2O5 bo’ladi. Ammofos olish uchun fosfat kislota ammiak ta’sirida neytrallanadi:
3NH3 + H3PO4 --> NH4H2PO4 (NH4)2HPO4.
Ammofos donador maxsulot sifatida chiqariladi.
Nitrofoska va azofoska nomli aralash o’g’it tarkibida azot, fosfor va kaliy elementlari bo’ladi. Tarkibida xam fosfor, xam azot, xam kaliy bo’ladigan murakkab o’g’itlar xam tayyorlanadi. Ulardan ammofos NH4H2PO4, diammofos (NH4)2HPO4, leynafos (NH4)2SO4. (NH4)2HPO4 lar ana shunday azot va fosforli murakkab o’g’itlardir. Ammofos tarkibida 10% azot va 50% P2O5 bo’ladi. Ammofos olish uchun fosfat kislota ammiak ta’sirida neytrallanadi:
3NH3 + H3PO4 --> NH4H2PO4 (NH4)2HPO4.
Ammofos donador maxsulot sifatida chiqariladi. Nitrofoska va azofoska nomli aralash o’g’it tarkibida azot, fosfor va kaliy elementlari bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |