Agrokimyo va agrotuproqshunoslik



Download 187,56 Kb.
bet11/14
Sana17.07.2022
Hajmi187,56 Kb.
#817757
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Berdiqulova Guloyim

Kas-suyuq azotli o’g’it. Suyuq azotli o’g’it (KAS) - karbamid va ammiakli selitradan iborat bo’lgan suyuq holdagi o’g’itdir. KAS qishloq xo’jaligida mineral o’g’it sifatida qo’llash uchun mo’ljallangan.


Kompleks o’g’it – o’g’itli aralashma. Kompleks o’g’it - o’g’itli aralashma, o’simliklarda rux yetishmovchiligida va tanqisligida, ularga ishlov berish uchun qo’llaniladigan maxsus tarkibdir. U kukun holida yoki suvli eritma holida qo’llaniladi.


Texnikaviy magniy sulfat. Texnikaviy magniy sulfat - tarkibida 9% gacha magniy bo’lgan o’g’itdir. Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, yaxshi sochiladi. Magniy o’simliklarni tuproqdan fosforni olishini va o’simliklar tomonidan uning o’zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni marmar tusga kirishini va o’simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda magniy o’g’itini qo’llash zarur.


Fosfomochevina. Fosfomochevina - azotli o’g’it karbamid va fosforli o’g’it - ammofosni mexanik aralashtirish yo’li bilan hosil bo’ladigan aralashtirilgan o’g’itdir. Nordon va nordon bo’lmagan tuproqlar uchun karbamidni fosforli o’g’itlar bilan birga qo’shilgan holda qo’llash ayniqsa samarali hisoblanadi.


Sulfomochevina. Sulfomochevina qishloq xo’jaligi uchun o’g’it sifatida mo’ljallangan, karbamid va ammoniy sulfat - mineral o’g’itlarning ikki turini birga qo’shish bilan olinadigan mahsulotdir.


1.5. Yurtimizda o`g`it ishlab chiqarish

Tarix : Navoiy kimyo kombinati qurilishining dastlabki odimlari





  1. O’zbekiston kimyo sanoati Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlanishiga qadar sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan mineral o’g’itlarning 7% dan ko’prog’ini bergan. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilishi bo’yicha ittifoqdagi o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori edi.




  1. Shunga qaramasdan respublikada mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishi hajmi qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini qoplamas edi, shuning uchun ularni mamlakat boshqa hududlaridan, masalan, G’arbiy Sibir va Ukrainadan, chet eldan olib kelishga to’g’ri kelinardi. O’zbekistonning mineral o’g’itlarga bo’lgan ehtiyoji 1965 yilda 3460 ming tonnani, shu jumladan azotli o’g’itlarga – 2032 ming tonnani tashkil qilgan. Buxoro viloyatida tabiiy gazga boy konlarning ishga tushirilgandan so’ng O’zbekistonda mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishini ko’paytirish istiqbollari ochildi. Buxoro konidagi tabiiy gazning xom ashyo sifatida ishlatilishi - azotli o’g’it ishlab chiqaruvchi zavodlarni ularni ishlatish hududlariga maksimal yaqinlashtirishga yordam berdi. Buning hammasi hamda Navoiy GIES qurilishi Navoiy shahrida tabiiy gazni majmuaviy qayta ishlash bazasida organik birikmalar ishlab chiqarilishi sexlari guruhi, ammiakli selitra va nitron tolasi ishlab chiqarilishi bo’yicha kimyo kombinati quriishining dastlabki sharti hisoblangan.




    1. Navoiy kimyo kombinatining loyihalashtirilishi Navoiy kimyo kombinatini loyihalashtirishda sobiq Ittifoqning 10 dan ortiq loyiha tashkilotlari ishtirok etgan. Bundan tashqari, ammiak ishlab chiqarishi III navbati loyihasi ishlab chiqarilishida Chexoslovakiya loyiha tashkilotlari qatnashgan. Kombinat bosh loyihalovchisi azot sanoati davlat instituti (ASDI) bo’lgan, 1970 yildan boshlab esa – ASDI Chirchiq filiali. Navoiy kimyo kombinati uchun quyidagi asosiy ishlab chiqarishlar bo’yicha loyihalar ishlab chiqilgan edi:

1.ammiak

2.kuchsiz azot kislotasi (5,6 at va 7,3 at bosimi ostida);



    1. ammiak selitrasi;




    1. atsetilen ishlab chiqarilishi organik majmui;

    1. sirka kislotasi;




    1. atsetaldegid;




  1. nitril akril kislotasi;




  1. sulfat ammoniy;




  1. sianid kislotasi;




  1. natriy sianidi;




  1. nitron tolasi ishlab chiqarishi

Kuchsiz azot kislotasi I - II navbati ishlab chiqarishi loyihasi 1959 yilda ASDI Severodonetsk filiali tomonidan ishlab chiqilgan va o’sha vaqtdagi azot sanoati texnikasining oxirgi yutug’i hisoblangan. Kuchsiz azot kislotasi III navbati sexi loyihalashtirilishi va qurilishi davrida 7,3 at bosimi ostidagi absorbsiya jarayoni ko’proq progressiv hisoblangan. Ushbu sxema bo’yicha Navoiy kimyo kombinati uchun sex loyihasi 1968 yilda Dneprodzerjinsk ASDI filiali tomonidan ishlab chiqilgan. Bu sxema Dneprodzerjinsk kimyo kombinatida o’zlashtirilgan edi va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar, qayta ishlash jarayonida paydo bo’luvchi zararli gazlar bo’yicha sanitariya organlari talablarini qondirishi nuqtai nazaridan ham muhim afzalliklarga ega edi. Navoiy kimyo kombinati ammiak selitrasi sexlarining loyiha topshiriqlari Lisichan ASDI va Kemerovo filiallari tomonidan ishlab chiqilgan edi. Organik majmui va nitron tolasi ishlab chiqarilishi sexlarini loyihalashtirishda GOSNIIXlorloyiha, Dzerjinsk ASDI va Severodonesk filiallari, VNIIVP va boshqa loyiha tashkilotlari ishtirok etgan.





  1. Navoiy kimyo kombinatining ishga tushirilishi va kengayishi 1964 yil 31 dekabrda Davlat qabul komissiyasi tomonidan kuchsiz azot kislotasi va ammikli selitra ishlab chiqarilishi bo’yicha ob`ektlar umumiy «yaxshi» bahosi bilan ishga tushirishga qabul qilinsin degan qarori imzolangan. Ikki kun oldin 1964 yil 29 dekabrda Soipov Islomqul Jumaboevich smenasida birinchi ammiakli selitra olingan.




  1. Uch oy o’tgandan keyin 1965 yil 8 martda Vladimir Grigorevich Usachyov smenasida birinchi ammiak olingan. Ungacha mineral o’g’itlar boshqa joydan keltirilgan ammiakdan ishlab chiqarilgan. 1965 yil martda ishlab chiqarish loyiha quvvati o’zlashtirildi (yiliga 110 ming tonna). 1965 yil 31 martda ammiak ishlabchiqarishi I navbati ob`ektlarini ishga tushirish-topshirish haqidagi dalolatnoma imzolandi. Buxoro viloyati qurilish maydonchalari va korxoda ahli kutgan, texnikaviy kislorod bilan ballonlarni to’ldirish bo’linmasi 1965 yil noyabrda ishga tushirilishi, Navoiy sanoat uchastkalari, ayniqsa qishloq xo’jaligining ehtiyoji katta bo’lgan ammiakli suvning birinchi tonnalarining 1967 yil yozida ishlab chiqarilishi muhim voqea bo’lgan. 1968 yil iyundauglerod oksidi bo’linmasi ishga tushirilgan.

Organik majmuasi sexlarining qurilishi 1965 yilda boshlangan, 1968 yil avgustdan esa karbonat kislota, natriy sianidi, sirka va sianid kislotasi, asetilen, asetaldegid va sulfat ammoniy ishlab chiqarishi sexlari foydalanishga topshirilgan. 1973 yil 21 aprelda nitril akril kislotasining (NAK) birinchi tonnalari olingan edi. Yangi barpo etilgan kombinat jadallik bilan yuksalib bordi va rivojlandi. 1970 yil 31 dekabrda yiliga quvvati 35 ming tonna bo’lgan asetilen ishlab chiqarilishi ob`ektlari va yiliga quvvati 20 ming tonna bo’lgan asetaldegid ishlab chiqarilishi ob`ektlari foydalanishga qabul qilindi.


1971 yil 7 yanvarda gaz holidagi ammiak, sakkizinchi sanaga o’tar kechasi – azot kislotasi ishlab chiqarilgan. 1971 yil 9 yanvarda granulyatorga suv berildi va tomchilar oqimi pastga qarab oqdi. Transporter selitra bilan to’ldirildi. Shu tarzda kimyo kombinatining III navbatida birinchi ammiakli selitra olindi.


1971 yil 31 martda:





    1. yillik quvvati 480 ming tonna bo’lgan kuchsiz azot kislotasi sexi uchinchi

navbati;




  1. yillik quvvati 300 ming tonna bo’lgan ammiakli selitra ishlab chiqarishi uchinchi navbati obyektlari;




    1. yillik quvvati 218 ming tonna bo’lgan ammiak ishlab chiqarishi uchinchi navbati ob`ektlari ishga tushirilgan. Nitron tolasi ishlab chiqarishi I navbati qurilishi 1970-1971 yillarda amalga oshirilgan. 1971 yil 25 oktyabrda (boshqa joydan keltirilgan NAK da) ishlab chiqarishning birinchi texnologik tarmog’i ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 1973 yil iyun oyida to’liq o’zlashtirilgan. 1975 yilda Navoiy kimyo kombinati «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. Korxona uchun muhim voqealar 1988 yilda ham ro’yberdi. Shu yilda tiomochevina ishlab chiqarish bo’linmasi ishga tushirildi hamda xlorid kislotasi chiqarilishi yo’lga qo’yildi 2001 yilda kaustik sodasi va suyuq xlor chiqarish sexi ishga tushirildi. Bu sex qurilishi Germaniyaning «Lurgi» MChJ kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 9 martdagi 119-sonli Qaroriga muvofiq «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi xorijiy investorlarni jalb qilish orqali xususiylashtiriluvchi korxonalar ro’yxatiga kiritildi. Ushbu qarorga muvofiq 2002 yil 29 martda «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi («Navoiyazot» IChB) ni «Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati («Navoiyazot» OAJ) ga o’zgartirish haqidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulki qo’mitasining buyrug’i chiqdi.


Download 187,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish