Kaliyli selitra KNO3 ham murakkab o’g’itlar jumlasiga kiradi. Tarkibida 13% azot va 45% gacha K2O bo’ladi, uning 1 s miqdori kaliyli tuzning 1 s va ammiakli selitraning deyarli 0,4 s o’rnini bosadi. KNO3 tarkibida kerak bo’lmagan oshiqcha modda umuman bo’lmaydi va fizik xossalarining yaxshiligi bilan ajralib turadi. Xlor ioniga nisbatan sezgirlikni namoyon qiladigan ekinlar uchun kaliy manbayi sifatidagi qimmati juda baland bo’ladi. Uning kamchiligi azot va kaliyning o’zaro nisbatidagi farq katta (1:3,5) boiishidir. Shuning uchun undan foydalanilganda, tuproqqa yana qo’shimcha ravishda azotli va fosforli o’gitlarni ham solish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |