Fosfoammofosmagneziya yoki magniy-ammoniy-fosfat MgNH4PO4KH2O — tarkibida 8% azot va 40% P2O5 tutuvchi suvda kam eruvchi murakkab o’g’itdir. Tuproq sharoitida bu o’g’itning ammoniysining nitrifikatsiyasi, ammoniy sulfat yoki ammoniy nitrat kabi tez bo’lib o’tadi. Katta me’yorlarda qo’llanganda ham asosiy o’g’it sifatida solishga yaroqli o’g’it hisoblanadi. Tuzning tarkibiga marganes, mis, ruh mikroelementlarini ham kiritsa bo’ladi. Bunda azotli-fosforligina emas balki tegishli mikroo’g’it ham bo’lib qoladi. Issiqxonalar uchun (gidroponika) muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |