Molibden (Mo). Tuproqdagi umumiy molibden miqdori 1 kg tuproq hisobiga 0,20 dan 2,4 mg gacha, harakatchan shakldagi miqdori esa 0,10 dan 0,27 mg gacha bo’ladi. Odatda, tuproqning haydalma qatlamida harakatchan shakldagi molibden, umumiy molibdenning 8—17 foizini tashkil etadi. Yengil mexanik tarkibli, kam chirindili tuproqlar tarkibida molibden eng kam miqdorda uchraydi. Molibdenning eng kam miqdori podzol va qum tuproqlarda (1 kg ga 0,005 mg) uchraydi. Umumiy harakatchan shakldagi molibdenga eng boy bo’lgan tuproqlar, qora tuproqlar hisoblanadi. Demak, bu o’z-o’zidan bu tuproqlarning biologik akkumulatsiya qobiliyati borligidan dalolat beradi. Odatda, tuproqda molibden oksidlangan holatda kalsiy va boshqa metallarning molibdatlari tarzida uchraydi. Nordon tuproqlarda molibden, aluminiy, temir va marganes bilan qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Ishqoriy tuproqlarda esa oson eriydigan natriy molibdenga aylanadi. Tuproq eritmasining nordonligi pasaytirilsa, molibdenning suvda eriydigan shakli ortadi. Ohaklash natijasida molibdenning o’simliklar tomonidan yutilishi kuchayadi, lekin pH 7,5—8 bo’lgan tuproqlarda karbonatlarning miqdori ko’payganligi sababli pasayadi. Molibdenning tanqisligi chimli-podzol, quritilgan nordon torf tuproqlar va qora tuproqlarda kuzatiladi. Gumusga boy tuproqlar o’z tarkibida molibden yalpi miqdorining ko’pligi bilan ajralib turadi. Molibden bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarda o’simliklar azot, fosfor va kaliyni yaxshi o’zlashtiradi. Azot oqsil tarkibiga to’liq o’tadi, natijada sabzavot va poliz ekinlarida azotning nitrat shaklida to’planishining oldi olinadi. Shuning uchun molibdenni dukkakli ekinlarga fosfor va kaliy bilan, boshqa ekinlarga esa azot bilan birga qo’llash tavsiya etiladi.
Rux (Zn). Ruxning umumiy miqdori qora tuproqlarda 1 kg tuproqqa nisbatan 24,90 mg, tundra tuproqlarida 55,76 mg ni tashkil etib, uning kam miqdori chim podzol tuproqlarida 20,67 mg ga teng bo’ladi. Rux tanqisligi ko’pincha neytral va kuchsiz ishqoriy karbonat tuproqlarda uchraydi. Nordon tuproqlarda rux ko’proq harakatchan va o’simliklar tomonidan o’zlashtiradigan holatda bo’ladi. Yana rux tanqisligi nordon, kuchli podzollangan, yengil tuproqlarda harn, ruxi kam karbonatli tuproqlarda va yuqori darajadagi chirindili tuproqlarda ham namoyon bo’lishi mumkin. Ruxli o’g’itlarni noqoratuproq zonasining tuproqlarida harakatchan ruxning miqdori har bir kg tuproq hisobiga 0,2—1,0 mg, qora tuproq zonasida 0,3—2,0 mg va Markaziy Osiyoning bo’z va kashtan tuproqlari uchun esa 1,4—1,8 mg dan kam bo’lgan holatlarda qo’llash lozim. O’ita Osiyoning mo’tadil va kuchsiz ishqoriy tuproqlarida ruxning tanqisligi kuzatiladi. Mintaqamiz tuproqlarida rux miqdori 1,4—1,8 mg/kg dan kam bo’lganda ruxli o’g’itlar qo’llashga to’g’ri keladi.
Kobalt (Co). Kobalt tutuvchi o’g’itlarni noqora tuproqlarda har bir kg tuproqda 1,0—1,1 mg, qora tuproq zonasida 0,6—2,0, Markaziy Osiyoning bo’z va kashtan tuproqlarida 1,0— 1,5 mg bo’lganda qo’llash yaxshi samara beradi. Bo’z tuproqlar tarkibida kobalt miqdori 1,0 mg/kg dan kam bolsa, kobaltli mikroo’g’itlar qo’llanishi mumkin. Lekin chorva mollari uchun sifatli oziqa yetishtirish maqsadida tuproq tarkibidagi kobalt miqdori 2,0—2,5 mg/kg bo’lganda ham kobaltli mikroo’g’it qo’llash mumkin. Yem-xashak tarkibida kobalt miqdori 0,07 mg/kg dan kam bo’lsa, chorva mollarida akobaltos xastaligi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |