Molibdenli o’g’itlar. Molibden bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarda o’stimliklar NPK ni yaxshi o’zlashtiradi. Oqsil azot tarkibiga to’liq o’tadi, natijada sabzavot va poliz ekinlarida azotning nitrat shaklida to’planishining oldi olinadi. Shuning uchun molibdenni dukkakli ekinlarga fosfor va kaliy bilan, boshqa ekinlarga esa azot bilan birga qo’llash tavsiya etiladi. Molibden o’g’it sifatida kislotali va karbonatli tuproqlarda ijobiy natija beradi, paxta hosildorligini 3—3,5 s gacha oshiradi, beda pichanining sifati va oqsil, tarkibini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |