QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR
Azotobakter bilan ekinlar urug’ini ishlash g’alla ekinlarida hosilni 20 30 %, qand lavlagida 20—25 % oshiradi.
Azotobakter uchun tuproq muhiti pH —6 va undan yuqori
bo’lishi kerak. Molibden mikroelementining ham ahamiyati katta.
Yog’ingarchiliklar bilan har yili 1 ga maydonga 3—16 kg azot tushadi.
Tuproqdan o`simlik ildizlariga fosfor PO43- anioni holida o`tadi va shu holatda hujayradagi organik moddalar tarkibiga kiradi. O`simlik to`qimalaridagi fosforning miqdori, quruq og`irlikga nisbatan 0,2 - 1,3%.
Ayrim lyupin, grechka va no`xot kabi qishloq xo`jalik o`simliklar qiyin eriydigan fosfatlarni ham o`zlashtira oladilar.
O`simliklarga fosfor yetishmasligining tashqi belgilari, bu uning barglarining ko`k-yashil tusga, ayrim hollarda qizg`ish-bronza ko`rinishiga o`tishidir. Shuningdek o`simlik barglari mayda va ingichka o`simlikning o`sishi va mevalarning pishishi sekinlashadi.
Fosfor yetishmaganda kislorod yutilishi tezligi kamayadi, nafas olish jarayonida qatnashuvchi fermentlar faolligi o`zgaradi. Shuningdek fosfor etishmasligi fosfoorganik birikmalarning va polisaxaridlarning parchalanishiga, oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining to`xtashiga olib keladi.
Yuksak o`simliklardan ko`proq dukkakdoshlar oilasi vakillari oltingugurtga nisbatan talabchan bo`ladi, chunki ularda ko`p miqdorda oqsil sintezlanadi.
Agarda atmosfera havosida oltingugurt oksidining miqdori SO2 0,5-0,7 mg/m3 yoki undan ko`p bo`lsa unda o`simlik barglarida nekroz (barglarda sariq-qizg`ish dog`larning paydo bo`lishi) kuzatiladi. Bu o`z navbatida o`simlik to`qimalarida SO2 va HSO3- hamda SO32- to`planganligidan dalolat beradi.
Oltingugurt yetishmasa oqsil sintezi kamayadi. Bu esa xloroplastlar shakllanishimng to`xtashiga va fotosintez jarayonini susayishiga olib keladi.
O`simliklarning oltingugurt bilanyetarli darajada taminlanmaganligi tarkibida olting ugurt saqlovchi aminokislotalar va oqsiliar sintezini to`xtatadi. O`simlikdagi fotosintez jarayonini va uning o`sishini ayniqsayer ustki qismlarining o`sishini sekinlashtiradi. Ayrim hollarda esa xloroplastlar sintezi buzilib ularyemirilishi ham mumkin.
O`simliklarga oltingugurt yetishmasligining belgilari azot yetishmasligiga o`xshab ketadi, ya`ni barglar avval oqaradi so`ngra esa sarg`ayadi. Ammo bu hoi avvalo yosh barglarda boshlanadi. Bu o`z navbatida qari barglardan kelayotgan oltingugurtning metabolizm uchunyetarli miqdorda emasligidan dalolat beradi.
O`simliklar uchun eng yaxshi kaliyli oziq bu umumiy kaliyning 0,5 - 2% ni tashkil qiluvchi kaliyning eruvchan tuzlari tashkil qiladi.
Kaliy elementi o`simliklarga suvning yutilishi va uning tashiluvi uchun xizmat qiladi. Adabiyotlar malumotlariga qaraganda o`simlik tanasidagi suvning pastki harakatlantiruvchi ildiz bosimining 3/4 qismi shirada kaliy ionlarining mavjudligiga bog`liq.
Kaliy ko`pgina fermentlar faolligini oshirishi tufayli fermentativ jarayonlarni faollashtirishi isbotlangan. Hozirgi vaqtda 60 dan ortiq fermentning kaliy ionlari tufayli faollanishi aniqlangan. Kaliy organik moddalarni to`qimalarda to`planishiga ijobiy ta`sir etadi. Kaliy ayniqsa sabzavot ekinlari-bodring, pomidori va karam o`simliklari uchun o`ta zarurdir. Masalan 1 gektar maydondan o`simlik hosili bilan birga K2O hisoblaganda kartoshka bilan 180 kg, karam bilan 280 kg, kungaboqar urug`lari bilan 990 kg kaliy olib chiqib ketiladi. Kaliyyetishmaganda to`qimalarda natriy, kaltsiy, magniy, ammiak va anorganik fosfat to`planishi ortadi. So`ngra o`simlik barglari sarg`ayadi va quriydi. Kurtaklar nobud bo`ladi. Barg tomirlari xlorozga uchrab, rangi qizil binafsha ya`ni kuydirilganga o`xshagan tusga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |