Suyultirilgan ammiak — NH3 Konsentratsiyasi yuqori (82,3% azot) ballastsiz o’g’it. Ammiak gazini yuqori bosim ostida siqib, suyultirish asosida olinadi. Rangsiz harakatchan suyuqlik. Solishtirma og’irligi 0,61 bo’lib, 34°C da qaynaydi. NH3 ning uchib ketishining oldini olish uchun maxsus metall idishlarda saqlanadi va tashiladi. Suyultirilgan azot tuproqqa kiritilganda, tezda gaz holatga o’tadi va tuproqning kolloid fraksiyasi tomonidan yutiladi. Fizik-kimyoviy yutilishdan tashqari suyultirilgan ammiak nitrifikatsiya jarayoniga ham uchraydi. Suyultirilgan ammiakning tuproqqa yutilishi undagi gumus miqdori, mexanikaviy tarkibi, namligi va ko’milish chuqurligiga bogliq. 1 t ammiakli selitra uchun sarflanadigan xarajat bilan 2,5 t suyultirilgan ammiak olish mumkin.
Chopiq talab ekinlarni qo’shimcha oziqlantirish uchun suyuq azotli o’g’itlar ishlatiladi. Nihollarni kuydirib yubormaslik uchun o’g’itlar qator oralarining o’rtasiga yoki o’simlikdan 10—12 sm uzoqlikda kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |