6.5. FOSFORLI O’G’LTLARNI ISHLAB CHIQARISH USULLARI
Bir almashingan fosfatlar
(Suvda eriydigan fosfatlar)
Donadorlangan superfosfatning bahosi kukunsimondan baland va donador o’g’itning ta’siri kukunsimonga qaraganda, ayniqsa ekish vaqtida urug’, ko’chat va tuganakka yaqin solinganda ancha yaxshi samara beradi.
Donador superfosfatni eng yaxshi xomashyodan tayyorlanadi, u kam miqdorda namlikka ega (1—4%) va o’zlashtiriladigan P2O5 ning miqdorini ko’pligi — 19,5—22,0%, nordonligi, namligi—1—2,5 % (kukunsimonda 5—5,5% o’rniga) va eng yaxshi fizik xossalari bilan ajralib turadi, bu kabi xususiyatlari o’g’itning yaxshi sepiluvchanligini ta’minlaydi.
Donador superfosfatni urug’, kartoshka tuganaklari va ko’chatlarning ildizi atrofiga solish yaxshi samara beradi. Bir sentner donador superfosfat 3 sentner kukunsimon superfosfatning o’rnini bosadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |