O’SIMLIKLARNING ILDIZ TIZIMI: TIPLARI,
TUZILISHI VA FUNKSIYALARI
Qo’shimcha ildizlar o’simliklar hayotida katta ahamiyatga ega: ildiz tizimi hajmini oshiradi, asosiy va yon ildizlar nobud bo’lganda, ularning o’rnini bosadi.
Tuproqqa kirib boorish chuqurligi har xil bo’lishi xususiyat asosida A.R. Modestov asosiy qishloq xo’jalik ekinlarini bir nechta guruhga bo’lishni taklif qilgan: A) uzun ildizli o’simliklar — beda, kungaboqar, qand lavlagi, lyupin, g’o’z a — 2,5─4 m va undan chuqur; B) o’rtacha ildizli o’simliklar — g’allagulli don ekinlari, makka ─ jo’xori — 1,5—2 m; D) qisqa ildizli o’simliklar — no’xat, rus no’xati, loviya, grechixa, soya, zig’ir, mosh, kartoshka, ekinbop nasha — 1,5 m gacha.
Ildizning tik va yonlama tarqalishi, massasi va hajmini bilish ekinlarning qator oralariga ishlov berish, o’g’itlash va sug’orishni to’g’ri tashkil qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
O’simliklarning ildiz tizimi bir qator funksiyalarni bajarishga moslashgan bo’lib, suv va unda erigan moddalarni yutish, turli─tuman organik birikmalarni sintezlash, o’zidan har xil moddalarni tuproqqa ajratish, shuningdek, tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish shular jumlasidandir.
Ayrim o’simliklarning ildizida o’ziga xos moddalar sintezlanishi kuzatilgan. Masalan, kanakunjutda resipin, lyupinda lyupanin, tamakida nikotin sintezlanadi. O’simliklar tuproqdan suv va suvda erigan moddalarni suribgina qolmasdan, unga ko’p miqdorda turli─tuman moddalarni ajratib chiqaradi.
Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlar asosida ildiz tizimi o’zidan karbonat kislotadan tashqari aminli birikmalar, organik kislotalar, qand moddalar, fermentlar, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy kabilarni ajratishi aniqlangan. Ildiz ajratmalari tuproqni oziq elementlar bilan boyitish, qiyin eriydigan birikmalarni o’simliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tkazish jarayonlarida, shuningdek, tuproq mikroorganizmlari hayotida muhim ahamiyatga ega.
Oziqlanishga ta’sir etuvchi tashqi omillarning me’yordan u yoki bu tomonga sezilarli og’ishi ildiz ajratmalar miqdorining ortishi va o’simliklar oziqlanishining vomonlashishiga sabab bo’lishi mumkin.
Beda o’simligi hayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillarida mos ravishda 65,2; 86,4 va 102,2 s/ga ildiz va angiz qoldiqlarini qoldiradi, qaysiki tuproqni organik moddalar bilan boyitadi va unumdorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |