TASHQI MUHIT OMILLARINING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIGA TA’SIRI
Ekinlar hosildorligi va ularga oziq elementlarining yutilishi birinchi navbatda tuproqdagi oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi. Oziq elementlar tuproqning eritmasi, organik va mineral qismlarida mavjud bo’lib, ularning eruvchan va almashinib─yutiladigan shakllarigina o’simliklarning oziqlanishi uchun yaroqlidir.
Ekinlar tomonidan oziq moddalarning yutilishiga o’simliklarning biologik xususiyatlari va tuproq xossalari (unumdorlik, organik moddalar miqdori, mexanikaviy va mineral tarkiblar, harorat, aeratsiya, pH, eritma konsentratsiyasi) kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |