4.2. GIPSDAN O’G’IT SIFATIDA FOYDALANISH
Gips sho’rxok tuproqlarni kimyoviy jihatdan melioratsiya qilish uchungina foydalanilib qolmasdan, balki yutilgan natriy bo’lmagan tuproqlarda kalsiy va oltingugurt tutuvchi o’g’it sifatida ham foydalaniladi. Oltingugurt — o’simlik uchun eng muhim elementlardan bo’lib, ularning ta’siri muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Oltingugurt yetishmasa o’simlikning o’sishi va rivojlanishi susayadi hamda hosildorlik sezilarli darajada kamayadi. Oltingugurt tuproqdan o’simlikka SO42- anioni tarzida yutiladi, uning manbayi sulfat kislotaning har xil tuzlari: CaSO4, MgSO4, K2SO4, (NH4)2SO4 va boshqalardir. O’simliklar oltingugurtni havodan barglari orqali SO4 — sulfit angidrid tarzida ham o’zlashtirishi mumkin. Yutilgan oltingugurtning asosiy qismi o’simlik to’qimalarda qaytariladi va shu qaytarilgan shaklda har xil organik birikmalar: oqsillar, ba’zi vaqtda lipidlar, ba’zi vaqtda fermentlar, o’simlik moylari va boshqalar tarkibiga kiradi. Oltingugurtning ko’p qismi o’simliklarda oqsillar tarkibiga kiradi. Oltingugurtning asosiy qismi o’simliklarda oqsillar tarkibiga kirganligi sababli, uning miqdori urug’ va barglarda novda hamda ildizlardagiga nisbatan ko’proq bo’ladi. Masalan, qand lovlagisi ildizida oltingugurtning miqdori (quruq moddaga nisbatan SO2, ni foiz miqdori hisobida) 0,2 atrofida, bargida 0,1 gacha, kartoshka tuganaklarida 0,35, poyasida 0,55; g’allasimonlarning somonida 0,12, donida 0,3—0,45; dukkaklilar donida g’allasimonlardagiga nisbatan ancha ko’p, ya’ni 0,6—0,8 ni tashkil qiladi. Oltingugurt aminokislotalardan metionin, sistin va sisteinlarning tarkibiga kiradi, ular oqsil molekulasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Sistinda disulfid -s-s, sisteinda esa sulfgidril (-sh) bog’lanish mavjud bo’ladi. O’simliklarda sistein oksidlanish natijasida osongina sistinga sistin esa qaytarilish natijasida sisteinga aylanadi. Disulfid va sulfgidril guruhlarining “sistin-sistein” tizimidagi o’zaro bir biriga o’tishi ularning o’simlik hujayrasida yuz beradigan oksidlanishqaytarilish jarayonlaridagi faol ishtirokini belgilaydi. Sistein bundan tashqari glutation tripeptidining tarikbiga kiradi. Qaysikim ba’zi fermentlaming faollashtiruvchi omili hisoblanadi. Oltingugurt vitaminlar: tiamin (B1) va biotinlarning tarkibiga kirib, bu vitaminlar o’z navbatida o’simliklarda sodir bo’ladigan modda almashinuv jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Tiamin ba’zi organik va aminokislotalarning dekarboksillanishini (katalizlovchi) fermentlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, biotin havelevouksus kislotasini dekarboksillanishida va ba’zi aminokislotalarning reaksiyalarida faol ishtirok etadi. Shuning uchun oltingugurt o’simliklardagi karbon suv va azot almashinuvida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Oltingugurt ba’zi maxsus organik birikmalar: butgullilar (gorchisa, raps va boshqalarning) urug’ida uchraydigan gorchisali moylar; lolagullilar o’llasiga mansub o’simliklar (xususan, piyoz, sarimsoq) ning sarimsoq moylari tarkibiga kiradi. Oltingugurt eng ko’p miqdorda dukkaklilar va butgullilar vakillarida, biroz kamroq miqdorda G’alla ekinlari hamda kartoshkada uchraydi. G’alla ekinlari hosili 1 gektarga 20 s bo’lganda va kartoshka hosili 1 gektarga 200 s bo’lganda oltingugurtning tuproqdan olinish miqdori 7— 15 kg ni, dukkakli o’tlarda bu miqdor 20—30 kg ni, ildiz mevalilarda — 30—40 kg va karamda esa — 50—80 kg ni tashkil qiladi. Oltingugurtning ko’p qismi hosilning tovar mahsuloti bo’lmagan qismida bo’ladi. Shuning uchun xo’jaliklarda undan unumli foydalanilganda o’simliklar tomonidan yutilgan oltingugurtning ko’p qismi yana tuproqqa qaytariladi. Tuproqda, odatda, yetarli miqdorda oltingugurt bo’ladi. Uning asosiy qismi (70—90%) o’simlik tomonidan qiyin o’zlashtiradigan organik modda shaklida bo’ladi, shuning uchun chirindining miqdori qancha ko’p bo’lsa, oltingugurtning tuproqdagi zaxirasi shuncha ko’p bo’ladi. Tuproqning organik modda qismidagi yoki organik o’g’it tariqasidagi va yer qatlamining ag’dariladigan o’simlik qoldiqlaridagi oltingugurt o’simlik uchun o’zlashtiriladigan holatga o’tishi faqat ularning to’liq parchalanishi va minerallanishidan so’nggina amalga oshadi. Bunda oltingugurt bakteriyalari oltingugrtni SO4-2 gacha oksidlaydi va tuproqda sulfat kislotaning har xil tuzlari hosil bo’ladi. Odatda, o’simlik tomonidan o’zlashtiriladigan darajadagi oltingugurtning mineral birikmalari tuproqda uncha ko’p bo’lmaydi. Oltingugurt ayniqsa sanoati rivojlangan ba’zi tumanlarda yil davomida sulfit angidrid (SO4) sifatida havodan tushib tuproqda yig’iladi. Sanoat korxonalarida yoqilg’ini yoqilganda havoga chiqadigan SO4 namgarchxilik bilan tuproqqa tushadi. Bundan tashqari, oltingugurt go’ng bilan va ba’zi mineral o’g’itlar — ammoniy sulfat, kaliy sulfat, kaliy rnagneziya hamda tarkibida 400 dan ziyodroq gipsi bo’lgan oddiy superfosfat tarzida tuproqqa kirib turadi. Shuning uchun ko’p tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlari oltingugurtga nisbatan tanqislikni sezmaydi. O’simlikning oltingugurtga bo’lgan talabi va tuproqqa qo’shimcha ravishda uni kiritib turish talabi oltingugurtsiz konsentrlangan mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish va utardan foydalanish kuchaygan sari osha boradi. Bundan tashqari, mineral o’g’itlardan yanada ko’proq foydalanish natijasida oltingugurtning tuproqdan o’simlikka o’tishi kuchaygan sari bu elementni tuproqqa kiritishga oid talab kuchaya boradi. Kalsiy va oltingugurt tutuvchi o’g’it sifatida gips asosan dukkakli yem-xashak ekinlari (yo’ng’ichqa va beda) ga qo’llaniladi. Ularga gipsning ijobiy ta’siri faqat o’simlikni kalsiy va oltingugurt bilan yaxshi ta’minlanishi tufayli sodir bo’lmay, balki o’g’it tarkibidagi kalsiy tomonidan yutilgan holatdagi kaliyning siqib chiqarilishi natijasida o’zlashtiriladigan shaklga o’tishi orqali namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |