Darsga oid jihozlar:Markerlar, flamaster, plakatlar, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Noa'nanaviy amaliy mashg‘ulot: Talablarda yetarli bilim va ko‘nikmalar mavjud.O‘qituvchi buni ”Aqliy hujum” orqali tasdiqlaydi va shundan so‘ng talabalarni guruhlarga bo‘lib, ularga vazifalarini bajarishga ruxsat beradi.
Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara
Nazorat uchun test savollari
Sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish :
1.Sug‘oriladigan yerlarda suv tanqisligini vujudga keltiradi.
2. Suvni tejaydi
3. Suvni ko‘p isrof qiladi
4. Suvdan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini oshiradi.
|
Tabiiy unumdorlik nima?
1.3 yil davomida tuproqda to‘planib qolgan gumus miqdori uning kimyoviy va biologik xossasidir.
2.Uzoq yillar davomida tuproqda to‘planib kelgan gumus miqdori uning kimyoviy va biologik xossasi.
3.Malum bir davr davomida tuproqda to‘planib kelgan gumus miqdori, uning fizik va kimyoviy xossasi.
4.Uzoq davr ichida tuproqda to‘planib kelgan fizik kimyoviy va biologik xossa.
|
Yomg‘irlatib sug‘orish usulining afzalligi
bu usulda sug‘orish jarayoni to‘liq mexanizatsiyalashadi, o‘q ariqlar soni kamayadi, belgilangan suv me'yori aniq va bir tekisda sarflanadi, tuproq yuzasida mikroiqlim vujudga keladi, yomg‘irlatib sug‘orishda sizot suvlari ko‘tarilmaydi, shu sababli tuproqda sho‘rlanish va botqoqlanish sodir bo‘lmaydi.
suv o‘simliklarning ildizi tarqalgan faol qatlamida uzluksiz mo‘tadil namlik, havo, ozuqa va tuz rejimlarini vujudga keltiradi.
suv tuproq ustidan taqsimlanadi hamda shu orqali namlanadi.
suv maxsus nasoslar yordamida quvurlar orqali bosim bilan ekin maydoniga tuman holatida parchalab beriladi. Bu usul asosan yerning mikro ob-havo sharoitini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Afzalligi – yuqori havo harorati me'yoriga keltirilishi evaziga suv tejaladi.
|
Qishloq xo‘jaligida texnikaviy servis xizmati qaysi korxonalar yordamida amalga oshiriladi?
1.MTP, muqobil MTPlar, texnik servis markazlari va ta'mirlash ustaxonalari, xususiy servis xizmat ko‘rsatish korxonalari.
2.Xo‘jalikda mavjud bo‘lgan MTPlar.
3.Texnik servis markazlarining yig‘indisi.
4.Barcha javoblar to‘g‘ri
|
Tomchilatib sug‘orish usuli
suv o‘simliklarning ildizi tarqalgan faol qatlamida uzluksiz mo‘tadil namlik, havo, ozuqa va tuz rejimlarini vujudga keltiradi.
suv maxsus nasoslar yordamida quvurlar orqali bosim bilan ekin maydoniga tuman holatida parchalab beriladi. Bu usul asosan yerning mikro ob-havo sharoitini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Afzalligi – yuqori havo harorati me'yoriga keltirilishi evaziga suv tejaladi.
bu usulda sug‘orish jarayoni to‘liq mexanizatsiyalashadi, o‘q ariqlar soni kamayadi, belgilangan suv me'yori aniq va bir tekisda sarflanadi, tuproq yuzasida mikroiqlim vujudga keladi, yomg‘irlatib sug‘orishda sizot suvlari ko‘tarilmaydi, shu sababli tuproqda sho‘rlanish va botqoqlanish sodir bo‘lmaydi.
suv tuproq ustidan taqsimlanadi hamda shu orqali namlanadi.
|
O‘zgarish, xilma-xil taraqqiyot ma'nosini bildirib, u korxonalarning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishini anglatadigan so‘z
Modernizatsiya
Restavratsiya
Texnologiya
Diversifikatsiya
|
Do'stlaringiz bilan baham: |