Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA
TAHLILIY FAOLIYATNING O’RNI VA AHAMIYATI 
 
QARSHIYEV SH.S., QALANDAROVA M.K., TDPU. 
 
Bugungi kunda ta’lim tizimi xodimlari uchun eng dolzarb vazifa ta’limning sifat va samaradorligini 
oshirishdir. Ta’limning sifat va 
samaradorligini oshirish esa, asosan muallim murabbiylarning mehnatiga, о‘quvchiga 
berilayotgan bilim va 
tarbiyani nechog‘liq tо‘liq, puxta ekaniga bog‘liqdir. Pedagogik jarayonning aniq variantlarini 
tahlil qilishga yo’naltirilgan metodik faoliyat nihoyatda zarur hisoblanib, dars jarayonini muvaffaqiyatini ta’minlovchi 
asosiy jarayon hisoblanadi. 
O’quvchilar orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish orqali ular orasida hamkorlik o’rnatishning o’ziga 
xos vositalari mavjud. Bunda quyidagilarga tayanish maqsadga muvofiqdir: 
- o’quvchilar orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish sinfdagi muhitni yaxshilab, o’quvchiar orasida 
o’zaro xamkorlik o’rnatish imkonini berishi lozim
- qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga oid tajribalarni o’zlashtirish o’quvchilar uchun xam quyidagilarni 
chuqurlashtirish imkonini berishi kerak: o’zi va sinfdoshlarining faoliyatini tahlil qilish, o’zi va sinfdoshlarining 
yutuqlarini baholash, o’z faoliyatini mustaqil boshqarish, fikriy ijodkorlikka erishish kabilar;
- qarama-qarshiliklarni bartaraf etish jarayonida o’quvchilarning ijobiy xulq-atvor va o’zaro munosabat 
tajribasini egallashlari ularning bo’sh vaqtlarini birgalikda mustaqil bilim olishga safarbar qilishlariga imkoniyat 
yaratishi zarur; bu esa kelishuv yo’llarini izlash va hamkorlikka kirishish, qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun 
muhim ahamiyatga ega. 
Biz kuzatishlarimiz asosida o’quvchilar orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish vaziyatlarini aniqlashga 
harakat qildik. Qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yo’naltirilgan vaziyatlar o’ziga xos pedagogik mexanizm bo’lib, 
o’quvchilarni yangi vaziyatga olib kirib, ularda xulq-atvor va fikrlash, qayta fikrlashning yangi uslubini tarkib toptiradi. 
Vaziyatli yondashuv o’quvchilar hayotiy faoliyatining muayyan usullarini loyihalashtirish asosida amalga oshiriladi. Bu 
jarayonda o’quvchilar hamkorlik qilish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bunday rivojlanishning asosini 
shaxsiy hayotiy vaziyatlarni his qilish tashkil etadi. 
O’quvchining shaxsiy rivojlanishini ta’minlovchi vaziyatlar o’ziga xos pedagogik imkonyatlarga ega. 
154 


Bugungi kunda ta’lim jarayonini insonparvarlik tamoyili asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Chunki hamkorlikdagi pedagogik jarayonlarda o’qituvchi xam, o’quvchilar ham yangicha mavqeni egallaydilar. 
Mazkur vaziyatda o’quvchi ta’lim jarayonining sub’ekti sifatida namoyon bo’lsa, o’qituvchi esa ustoz, maslahatchi, 
boshqaruvchi va hamkor sifatida faoliyat ko’rsatadi. Ular orasida do’stona munosabatlar va hamkorlik muhiti vujudga 
keladi. Shu tariqa, o’qituvchininhg yangi mavqeyi sinf jamoasi orasida teng huquqlilik hamda o’zaro hurmatga 
asoslangan do’stona munosabatni shakillantirish imkonini beradi. O’qituvchi pedagogik faoliyatning sub’ekti sifatida 
o’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan vaziyatlarni tashkil etishga mas’uldir. Bunda u o’zining shaxsiy 
tajribasiga tayangan holda o’ziga xos jarayonni vujudga keltiradi. 
O’quvchilar shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan vaziyatlar ularning rivojlanishlari va o’zaro hamkorlik 
qilishlariga yo’l ochadi. Bu quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
- qo’zg’atuvchi, bu nazarda tutilgan hamkorlikdagi faoliyatning maqsadini birgalikda belgilashga qaratilgan; 
- faollashtiruvchi, bu o’quvchilarning rivojlanishlari va o’zaro hamkorlik qilishlariga yo’naltirilgan; 
- fikrni shakllaniruvchi, bu o’quvchilarning bir-birlarini yutuqlarini baholash, ular ustida fikrlash va tahlil 
qilishlari asosida ob’ektiv fikrni shakillantirish jarayoni; 
- dinamiklik, bu o’quvchilar orasidagi hamkorlikning rivojlanish jarayonini ifodalaydi. 
O’quvchilarni rivojlantirishga yo’naltirilgan hamkorlikdagi pedagogik vaziyatlar sub’ektlar orasidagi qarama-
qarshiliklarni bartaraf etish asosida shaxslararo ijobiy munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Qarama-
qarshiliklarni bartaraf etuvchi vositalar sifatida muayyan ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga xizmat qiladigan 
holatlar, hodisalar hamda harakat usullarini ko’rsatish mumkin. 
O’zaro hamkorlikka asoslangan pedagogik vaziyatlarning muhim vazifalaridan biri – sub’ektlar orasidagi 
qarama-qarshiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun zarur bo’lgan taxliliy faoliyat tajribasini shakillantirishdan 
iborat. 
Biz quyida xuddi mana shu xodisaning tahlili ustida batafsil to’xtalamiz. Tahliliy faoliyat shaxs 
mavjudligining muhim mehanizmi hisoblanadi. Tahliliy faoliyat o’quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega, ularda 
intellektual quvvatlarning shakillanishini jadallashtiradi. O’quvchilarning hayotiy tajribalari, hissiyotlari, kechinmalari, 
tuyg’ularining shakillanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ular bunday tajribani o’qituvchilar, ota-onalari va atrofdagi 
tengdoshlari ta’sirida o’zlashtiradilar. O’quvchilarning alohida hodisalarga bo’lgan munosabatlari, unga bergan 
baholari, kelajakda egallaydigan hayotiy mavqelarini belgilaydi. 
Tahliliy faoliyat yordamida o’quvchilar o’zlari va tengdoshlarining imkoniyatlarini bilishga muvaffaq 
bo’ladilar, o’zlari, sinfdoshlari va o’qituvchilarning ichki olamlarini anglaydilar, bir-birlarining shasiy qarashlari, 
kechinmalari, tashvishlarini tahlil qiladilar, natijada ularda o’zlari va atrofdagilar haqida muayyan fikr hosil bo’ladi. 
Atrofdagilar ularni qanday qabul qilishlarini anglaydilar, o’zlarini fikran boshqalar o’rniga qo’ya olish ko’nikmasiga 
ega bo’ladilar. O’quvchilarda rivojlanadigan tahliliy fikrlash jarayoni o’zlari va sinfdoshlarining xatolarini aniqlash, 
ularni tuzatish va kelajakda takrorlamaslik ko’nikmasini egallaydilar. Bu o’z navbatida o’quvchilar orasidagi o’zaro 
munosabatlar va hamkorlikning rivojlanishiga sezirarli ta’sir ko’rsatadi. 
Shu bilan bir qatorda, tahliliy faoliyat o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarining asosini ham tashkil qiladi. 
Shaxsning tahliliy faoliyati uning asosiy shaxsiy sifatlari – tahlil qilish layoqati, yuksaklikka ko’tarilishi, 
muvaffaqiyatlari, o’zining haqiqiy holati, tabiatini ifodalaydi. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish