3.3. Oʻzbek va xalqaro tizimlar faoliyati hamda ta'lim oluvchilar ta'limda erishgan yutuqlarini baholash dasturlarining maqsad, vazifa va natijalari
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini erishgan yutuqlari faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson oʻzining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini oʻylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha boʻlgan murakkab yoʻlni bosib oʻtdi. Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga oʻzining aks ta’sirini koʻrsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va boʻshliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb e’lon qildilar. Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yoʻliga oʻtmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan boʻlsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda boʻlayotgan tezkor oʻzgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbek va xalqaro tizimlar faoliyati ta'limda erishgan yutuqlarini baholash dasturlari
Halqaro talabalarni baholash dasturi (ing. Program for International, Student Assessment, PISA) - dunyoning turli mamlakatlaridagi talabalarning funktsional savodxonligini va bilimlarni amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholaydigan test dasturi. Har uch yilda bir marta oʻtkaziladi. Sinov 15 yoshli oʻsmirlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu dastur 1997 yilda ishlab chiqilgan va birinchi marta 2000 yilda ishga tushirilgan. Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tashkil etiladi. Yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida olib boriladi. Niderlandiya Milliy Taʼlim Oʻlchovlari Instituti (CITO), AQSh Taʼlim Sinov Xizmati (ETS), Yaponiyadagi Milliy Taʼlim Tadqiqotlari Instituti (NIER) faol koʻmagida Avstraliya Taʼlim Tadqiqotlari Kengashi (ACER) konsorsiumiga rahbarlik qiladi; AQSh Westat (WESTAT) va ta'lim olamidagi boshqa nufuzli ta’lim muassasalari ham ushu dastur imkoniyatidan foydalanadilar. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotiga a'zo davlatlar , shuningdek, OECD bilan oʻzaro aloqada boʻlgan mamlakatlarni oʻz ichiga oladi. Bunday mamlakatlar soni har safar sezilarli darajada oshadi. PISA tadqiqoti monitoring boʻlib, u turli mamlakatlardagi ta’lim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, ta’lim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi.
PISA ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringi toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha amalga oshiriladi:
3.1. – rasm. PISA ta’lim sifat monitoring.
PISA 2000—2015 tadqiqoti natijalariga koʻra, Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropa yetakchi oʻntaligidagi eng yaxshi oʻrta taʼlim Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya davlatlari foydalanib qelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |