Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MILLIY ONG VA MAFKURANI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

 
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MILLIY ONG VA MAFKURANI 
RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV 
 
ISAQULOV M., AZIZOV O., JDPI.
 
Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug‘atida ta’kidlanganidek: “Milliy ong – har bir millat yoki elatning uzoq 
tarixiy taraqqiyoti, turmush tarzi, ma’naviy-diniy e’tiqodi, madaniy rivoji jarayonida shakllangan dunyoqarashi, 
tafakkuri, e’tiqod va ishonch tuyg‘ularini ifodalovchi tushuncha” dir[3].
Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy ong qachon paydo bo‘ladi degan savolga u ijtimoiy 
ishlab chiqarish faoliyati jarayonlarida va boshqa millatlar bilan faol muloqot, munosabatlari jarayonlarida paydo bo‘ladi. 
“Mafkura” so‘zi esa fikrlar majmui ma’nosini bildirsada, lekin bu tushuncha muayyan jamiyat va davlatning 
taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan g‘oyaviy – nazariy qarashlar tizimini ifodalovchi atamadir. Shu jihatdan milliy 
mafkura tushunchasi va uni shakllantirish masalasi ilk bor birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 
quyidagicha ilgari surilgan: “Mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu muddao va vazifalarni aniq –ravshan belgilab 
olmasdan turib, millatimizning asriy an’ana va urf odatlarini, o‘zligimizning asosiy xususiyatlarini mujassam etadigan 
milliy mafkurani shakillantirish mumkin emas” [2]. Bu vazifalar ijtimoiy, ilmiy va ommaviy jihatdan ham qilinib, 2004 
yilda milliy mafkuraning milliy g‘oya tushunchalari va ma’naviyat qonuniyatlariga asoslangan tayanch g‘oyalari va 
tamoyillari belgilab olindi. Unga ko‘ra, jamiyatimiz uchun milliy mafkura – bu O‘zbekiston xalqining etnosotsial birlik 
sifatida mavjudligi va rivojlanishi, uning erkin va ozod taraqqiyotini asoslash hamda ta’minlashga qaratilgan g‘oyaviy – 
nazariy qarashlar tizimidir. Milliy mafkuramizning bunday mazmunga ega bo‘lishi uning maqomi jamiyat mafkurasi 
ekanligini anglatadi. 
Zero, milliy mafkuramizning bosh g‘oyasi “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish”, asosiy 
g‘oyalari esa Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq farovonligi, Millatlararo totuvlik, Ijtimoiy hamkorlik, Dinlararo 
bag‘rikenglik va Komil insondirShu sababli mamlakatimiz milliy mafkurasi quyidagi xususiyatlarga ega.

Vatan ozodligini saqlash va uni obod qilish; 

erkin va farovon hayot barpo etish; 

jamiyatda vatanparvarlik, xalqparvarlik, millatparvarlik, hamkorlik va bag‘rikenglik fazilatlarini 
qarortoptirish; 

jamiyat a’zolarini ijtimoiylashtirish va Komil Inson sifatida voyaga etkazish.
137 


Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy ong va milliy mafkurani rivojlantirish bugungi 
kunning dolzarb masalasidir. Shu ma’noda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy ong va milliy mafkurani 
rivojlantirish mazmuniga innovatsion yondoshish hal qilishini lozim bo‘lgan muammolardan biridir. Mazkur masala 
quyidagi jihatlari bilan dolzarb hisoblanadi: 
- o‘quvchi-yoshlarga milliy ongni shakllantirishda milliy g‘oyaga asoslanish va bunda o‘qitish mazmunini 
kuchaytirish; 
-o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlarning mavzularini bugungi kun talabalaridan kelib chiqib 
takomillashtirib borish; 
- milliy ong va mafkurani rivojlantirishga xizmat qiladigan milliy tarbiyaviy ishlarni maqsadli tashkil qilish; 
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy etukligini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish. 
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy ong va milliy mafkurani rivojlantirishda innovatsion vositalar 
ta’kidlangan muammolarni hal qilish uchun tezkor va qulay yondashuvlarni taqdim qiladi. Shu ma’noda quyidagi 
innovatsion ta’sirlar bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy ongi va mafkurasini rivojlantirishda muhim omil vazifasini 
bajaradi: 
Ushbu innovatsion ta’sir vositalarining mazmuni quyidagicha idrok etiladi: 
G‘oyaviylik. Innovatsion vositalar yangi g‘oyalarni izchil va uzviy holda taqdim qilib boradi. Misol uchun, 
bugungi kunda jahon innovatsion ta’limida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi g‘oyasi ilgari surilmoqda. 2011 yil 11 
sentyabrida AQSHda ro‘y bergan terroristik harakatlardan keyin ana shu g‘oya tanlandi. Bunga qadar ta’limda 
demokratik tamoyillar ustuvor hisoblanar edi.
Milliylik. Innovatsion vositalarda samaradorlik bosh maqsad bo‘lgani uchun tarbiyaviy jarayonga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadigan har qanday vositani qabul qiladi. Shu ma’noda milliylik va uning vositasida tarbiya samaradorligini 
oshirish nazarda tutadi. 
Onglilik. Innovatsion vositalarning xalqaro miqiyosda qabul qilinishi asoslaridan biri ularning ongliligiga 
asoslanishidir. Shu jihatdan innovatsion vositalar talabalar ongini to‘g‘ri shakllantirishda yondashuvlar ta’sirini 
kuchaytiradi. 
Ijtimoiylik. Innovatsion vositalar talaba shaxsini kutilgan darajada ijtimoiylashtirish imkonini beradi. Bunda 
qulaylik va maqbullik asosiy masala hisoblanadi. 
Etuklik. Innovatsion vositalar bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini har tomonlama etuk darajada voyaga etkazish 
asoslarini va ularni yangilab borish, o‘zgartirish omillarini beradi. 
Mazkur innovatsion ta’sirlarni quyidagi holatlarda qo‘llash mumikin: 
A) ma’naviy targ‘ibot ishlarida; 
B) ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish jarayonida; 
V) bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish ishlarida: 
G) talabalarning milliy ongi va milliy mafkurasini maqsadli rivojlantirishda va h.k. 
Zero, e’tibor berilsa, mazkur innovatsion yondoshuv mavzuni tushuntirishda yangi mazmunan va faktik 
materiallar beradi. Buning natijasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining milliy ongi, dunyoqarashi va 
ma’naviy olamida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ladi. 
Innovatsion yondashish natijasida milliy ong va milliy mafkura mazmuni yangi g‘oyalar, fikrlar, faktlar va 
ma’lumotlar bilan boyib boradi. Innovatsion yondashish oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar 
fanlarning mavzularini yangicha talqinlar bilan tushuntirishga asos bo‘ladi. Innovatsion yondashish oliy ta’lim 
muassasalarida olib borilayotgan g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshiradi va ularning asosiy 
yo‘nalishlarini belgilab olish imkoniyatlarini beradi. 
Oliy ta’lim muassasalari talabalari etuklik bosqichida bo‘lganligi uchun ular g‘oyaviy, ma’naviy va axloqiy 
jihatdan mustaqillashish, rivojlanish va takomillashish bosqichida bo‘ladi. Bu hol ularning milliy ongi va milliy 
mafkurasini rivojlantirish jarayonida turli xil innovatsion vositalarga asoslanishni taqozo etadi. Negaki “mamlakatimiz 
Innovatsion 
ta’sir vositalari 
G’oyaviylik 
Milliylik 
Onglilik 
Ijtimoiylik 
Yetuklik 
Shakllanayotgan 
o’quvchi shaxsi 
138 


kelajagi ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiya sohasidagi innovatsion o‘zgarishlarga” bog‘liqdir. Shu ma’noda oliy ta’lim 
muassasalari talabalarining milliy ongi va milliy mafkurasini rivojlantirishda zamon talablaridan kelib chiqib 
yangilanib, takomillashtirilib va maqbullashtirilib borish kerak.

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish