O’smirlik davrida o’qish faoliyatiga nisbatan ichki motivatsiya shakllanishining o’ziga xosligi



Download 28,52 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi28,52 Kb.
#832250
Bog'liq
Shamsuddinov taqriz Yangiboy


Shamsuddinov Botir ning 5A110902 – Psixologiya mutaxassisligi bo'yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun “O’SMIRLIK DAVRIDA O’QISH FAOLIYATIGA NISBATAN ICHKI MOTIVATSIYA SHAKLLANISHINING O’ZIGA XOSLIGI” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Ijtimoiy ong va ijtimoiy faollik , savodxonlik natijasida oʼsmirlar ongida milliy ong, milliy qadriyatlarga xurmat, oʼzaro hamkorlik, qardoshlik, doʼstlik va boshqa koʼplab tushunchalarni oilada, taʼlim muassasalarida singdirib borilishi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Hozirgi davrda fuqorolarning ongiga mustaqillik, vatanparvarlik, sadoqat kabi tushunchalarni singdirish, ularni kelajakka ishonch, buyuk davlatning munosib farzandlari qilib kamol toptirish zamon talabidir. Shu oʼrinda bu vazifalarni oʼsmirlik davrida rivojlantirish va ularni taʼsir darajasini aniklash maqsadga muvofiq.
Oʼsmirlik davri oʼzining fiziologik, psixologik va aqliy rivojlanishi bilan boshqa davrlardan keskin farqlanib turadi. Oʼsmirlik davrida yuqori bilim, koʼnikma va malakalarni shaklllantirish uchun oʼquv-biluv faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasiga oʼquvchilarning oʼquv faoliyatiga nisbatan ichki motivatsiyasini shakllanishi borasidagi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʼsmirlik davrida oʼquv faoliyatiga nisbatan ichki motivatsiyani shakllantirish oʼsmir yoshidagi oʼquvchi bilan faoliyat olib borayotgan pedagoglarning eng asosiy vazifalaridan biridir. Motivatsiyani oʼqituvchi tomonidan toʼgʼri shakllantirilishi taʼlim jarayonida oʼquvchining ijodiy va mustaqil ravishda bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishini taʼminlaydi.
Shamsuddinov Botirning “O’smirlik davrida o’qish faoliyatiga nisbatan ichkI motivatsiya shakllanishining o’ziga xosligi” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiya ishining dolzarbligi shundaki, har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar tomonidan shunday ijtimoiy psixologik axamiyatga ega boʼlgan fikr, gʼoya, nazariya, kontseptsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, baʼzida tushkunlikka uchragan. Аna shu ijtimoiy psixologik taʼsir etuvchi gʼoyalarni har tomonlama chuqur oʼrganish, taxlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib xozirgi davrga, yaʼni xayotga tadbiq etish nixoyatda xam amaliy, xam nazariy muammolardan biridir, chunki ularda koʼp yillik tajriba mujassamlashgan.
Shamsuddinov Botirning 5A110902 – Psixologiya mutaxassisligi bo'yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun “O’SMIRLIK DAVRIDA O’QISH FAOLIYATIGA NISBATAN ICHKI MOTIVATSIYA SHAKLLANISHINING O’ZIGA XOSLIGI” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiya ishiga kirish, 3 bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati hamda ilovalardan tashkil topgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi "OʼSMIRLIK DАVRIDА OʼQUV FАOLIYaTIGА NISBАTАN MOTIVАTSIYANI SHАKLLАNTIRISHDА BILISH JАRАYONLАRI АXАMIYATINING ILMIY, NАZАRIY АSOSLАRI" deb nomlangan bo'lib, unda o'smirlik davrining psixologik va fiziologik xususiyatlari, oʼsmirlik davrida motivatsiya va bilish faolligini shakllantirishda buyuk ajdodlarimiz ilmiy qarashlaridan foydalanishning ahamiyati hamda oʼsmirlik davrida oʼquv faoliyatining ijtimoiy psixologik xususiyatlari ma'lumotlar keltirib o'tilgan.
Magistrlik ilmiy ishining ikkinchi bobi "OʼQUV JАRАYONIDА OʼSMIRLАRDА ICHKI MOTIVАTSIYA FАOLLIGINI SHАKLLАNTIRISHNING АMАLIY АSOSLАRI" deb nomlangan bo'lib, ushbu bobda o'smirlar ichki motivatsiyasining bilish faolligi va ijodiy tafakkur bilan uygʼunligi, oʼquv motivlari va ularning psixologik xususiyatlari, o'quv jarayonida mustaqil ishlar orqali oʼsmirlarni ichki motivatsiyasini shakllantirish yoritib beriligan.
Uchinchi bob esa "OʼSMIRLIK DАVRIDА ICHKI MOTIVАTSIYANI SHАKLLАNTIRISH JАRАYONIDА PEDАGOGIK TEXNOLOGIYALАRDАN FOYDАLАNISNNING АMАLIY TАHLILI" nomlangan. Bobda oʼquv faoliyati va ichki motivatsiyani oʼrganish usullari va boshlangʼich tajriba natijalari keltirilgan. Yakunida esa olingan natijalarni taqqoslash , psixologik taxlili va umumlashtiruvchi fikrlar tahlil etilgan. Dissertatsiyaning har bir bobi uchun alohida hamda asosiy qism yakunida alohida xulosalar keltirilgan.
Ishning yutugʼi bilan birgalikda ayrim juzʼiy kamchiliklar ham mavjud:
Birinchidan, matnda ayrim grammatik va uslubiy xatolar uchraydi.
Ikkinchidan, ishning nazariy qismida keltirilan maʼlumotlar palapartish xolatda boʼlib, maʼlumotlar xronologik yoki mualliflarning tadqiqot amalga oshirilgan vaqti boʼyicha tizimlashtirilmagan.
Uchinchidan, amaliy tadqiqot natijalari tahlili juda tor.
Lekin keltirilgan kamchiliklarni tuzatish mumkin, ular ishning sifatiga va mazmuniga salbiy taʼsir koʼrsatmaydi.
Magistirant Shamsuddinov Botir oʼzining magistirlik dissertatsiya ishi oldiga qoʼyilgan maqsadiga erishgan. “O’smirlik davrida o’qish faoliyatiga nisbatan ichkI motivatsiya shakllanishining o’ziga xosligi” deb nomlangan mavzuni toʼla yoritgan va bu haqida kerakli ilmiy va amaliy maʼlumotlar asoslab berilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishi Nizom talablariga binoan bajarilgan boʼlib, Shamsuddinov Botirning 5A110902 – Psixologiya mutaxassisligi boʼyicha magistr akademik darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi Termiz davlat universiteti
2-kurs magistranti Xo‘shmurodov
Yangiboy Normo‘min o‘g‘li
Download 28,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish