Elementning belgisi – XIX asrning boshlarida SHved kimyogari YA.Berselius taklifi bilan elementlarning latincha nomlarini bosh harflari yoki bosh va yordamchi harflari elementga belgi sifatida qabul qilindi. Masalan: Ferrum – Fe, Sulfur – S, Carbonium – C, Cuprum – Cu, Aurum – Au, Argentum – Ag, Hidrogenium – H, Oxigenium – O va h.z.
Moddaning kimyoviy formulasi – modda molekulasining tarkibini undagi atomlarning belgilari va indekslar yordamida shartli belgilanishi. Masalan: H2O – suv molekulasi 2 ta vodorod va 1 ta kislorod atomlaridan tashkil topganligi, NH3 – ammiak molekulasi esa 1 ta azot va 3 ta vodorod atomlaridan tashkil topganligi, H2SO4 – sulfat kislota molekulasi 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomlaridan tashkil topganligi atomlarning belgilari va indekslar yordamida ifodalangan. Moddalarning kimyoviy tarkibini besh xil formula yordamida tasvirlash mumkin:
1.
|
Molekulyar (empirik) formula
|
H2O, CH4, H2SO4, C6H12O6, C6H6, C2H2
|
2.
|
Grafik (struktura) formula
|
H – O – H,
|
3.
|
Qisqa struktura formula
|
|
4.
|
Elektron formula
|
|
5.
|
Molekula modeli
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |