b) Geterogen (Bir jinsli bo‘lmagan) aralash moddalar – Toza moddadan oddiy ko‘z bilan ham farqlab bo‘ladigan aralashmalar. Masalan: neft, tuproq, un, bromli suv, ohakli suv, jez, latun, po‘lat, cho‘yan, bo‘yoqlar, sok, dorilar va h.z.
ODDIY MODDALAR – molekulasi bir xil atomlardan hosil bo‘lgan moddalar. Masalan: O3 – ozon, S – oltingugurt, Fe – temir, Au – oltin, P4 – fosfor va h.z. Oddiy moddalar metalmaslarga va metallarga bo‘linadi.
Metalmaslar – Bolg‘alanmaydigan, yaltiroq bo‘lmagan, issiqlik va elektr tokini deyyarli o‘tkazmaydigan moddalar. Hammasi bo‘lib davriy sistemada 22 ta element atomlari metalmas shulardan, 11 tasi (H2 – vodorod, N2 – azot, O2 – kislorod, F2 – ftor, Cl2 – xlor, He – geliy, Ne – neon, Ar – argon, Kr – kripton, Xe – ksenon, Rn – radon) odatdagi sharoitda gaz moddalar, 1 tasi (Br2 – brom) suyuqlik, 10 tasi (B – bor, C – uglerod, Si – kremniy, P – fosfor, As – mishyak, S – oltingugurt, Se – selen, Te – tellur, I2 – yod, At2 – astat) qattiq moddalar. Metalmaslardan ftor, xlor, brom nisbatan suvda eriydi, qolganlari esa deyarli suvda erimaydi.
Metallar – Bolg‘alanadigan, yaltiroq, issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan moddalar. Davriy sistemadagi qolgan barcha element atomlari metallar. Ulardan 1 tasi (Hg – simob) odatdagi sharoitda suyuqlik, qolganlari qattiq moddalar.
Oddiy moddalar orasida allatropiya mavjud.
Allatropiya – Ayni bir element atomining turli oddiy moddalar ko‘rinishda mavjud bo‘lishi. Masalan: Uglerod elementi tabiatda 4 xil (Olmos – P, Grafit – P, Karbin – P, Fulleren – C60) oddiy modda ko‘rinishida uchraydi, Kislorod elementi 2 xil (Kislorod gazi – O2, Ozon gazi – O3) ko‘rinishida, Fosfor elementi 3 xil (Oq fosfor – R4, Qizil fosfor –P, Qora fosfor – R) ko‘rinishida, Oltingugurt elementi 2 xil (Monoklinik – S, Rombik – S2, S6) ko‘rinishida uchraydi yana temir (α – temir, β – temir), qalay (oq va kulrang), selen, tellur kabi elementlar ham turli allatropik ko‘rinishlarga ega. Inert gazlar, galogenlar, ishqoriy va ishqoriy-er metallar, vodorod kabi elementlarda allatropik ko‘rinishi borligi hozirgi kungacha isbotlanmagan. Allotropik shakllar quyidagilar bilan farqlanadi ya’ni allotropiyaning sabablari:
Molekulasida atomlar sonining turlicha bo‘lishi
Atom orbitallarining turlicha gibridlanishi
Molekulaning turli fazoviy shaklda bo‘lishi
Turli kristall panjara hosil qilishi
Har xil rangda bo‘lishi va h.z.
VALENTLIK – ayni bir element atomlarining muayyan sondagi boshqa element atomlarini biriktish qobiliyati. Valentlik tushunchasini Eduard Frankland 1854 yil fanga kiritgan. Valentlik – lotin tilidan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi. Elementlarni valentlik hosil qilish imkoniyatiga qarab;
Do'stlaringiz bilan baham: |