Azande balandligi - dengiz satxidan 900 — 1000 m yuqori. U qadimgi kristall jinslardan tuzilgan peneplen bo`lib, qoldiq granit massivlari bor. G`arbda Azande balandligi zina shaklidagi Kamerun tog`ligiga qo`shiladi. Bu tog`likka qadimgi negiz shimoli- sharqiy yunalishdagi razlom bo`ylab lava bilan qoplangan. Kamerun vulkani ham o`sha razlomda paydo bo`lgan. Kamerun vulkani qirg`oq bo`yidagi pastekislikdagi tog`lik qarshisida tanxo qad ko`tarib turadi.
Janubiy Gvineya balandligi. Kongo botig`i ustidan zina-zina bo`lib ko`tariladi. Janubiy Gvineya balandligi ayrim massivlari bo`lak-bo`lakligi jixatidan chinakam tog`lik oblastlariga o`xshaydi.
Lunda-Katanga balandligi-g`arbda kvarsitli baland Biye massivi bilan boshlanadi. Keng va butunlay yassi Lunda platosi massiviga yondoshib turadi. Janubiy balandlikning sharqiy qismi Katangadan iborat. Katanga-qadimgi granitlar va boshqa kristallardan tashkil topgan.
Kongo botig`i iqlimning va landshaftning asosiy xususiyatlari bu botiqning ekvatorial va subekvatorial kengliklarda olgan geografik o`rnidan kelib chiqadi. Quyosh yil bo`yi zenitda yoki unga yaqin o`rinda turganligidan havo xar doim issiq bo`ladi. Havoning kuchli konvektiv oqimlari tufayli tushdan keyin va tunda jala quyadi.
2.4.Baland afrikaning umumiy tabiiy geografik xususiyatlari
Baland Afrika orografik chegaralar tabiiy geografik o`lkalarning chegaralari bo`lib xizmat qiladi, o`lkaning o`zlari- Abessomaliya, Sharqiy va Janubiy Afrika esa Afrika platformasining struktura- morfologik oblastlariga mos keladi. Shundan xar birida o`ziga xos geografik zonalar va struktura - morfologik regionlar uchraydi.
Abessomaliya - Xabashiston tog`ligi, Somali yarim oroli va Afar botig`i Abbesomaliya degan bir butun tabiiy o`lkaga birlashtiriladi. Geologik taraqqiyot birligi, tektonik xarakatlarga parchalanib ketganligi juda ham yakkalangan struktura- morfologik oblastlarda tabiiy sharoitning tafovut qilishi Abbesomaliyaga xarkterlidir.
Abbesomaliya poydevori eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan. Iqlim soxilga tomon quruq bo`lib boradigan soxilda akatsiyali keng chala cho`llar va ichki platolarida cho`llarga aylangan savvanalar ko`p, bu platolarni fakat ikkita doimiy daryo Juba va Vebi-SHebeli daryolari kesib o`tadi. Ana shu daryolarning vodiylarda daraxtsimon o`simliklar qalinrok, jumladan fikus, akatsiya, sutlama o`ziga xos galereyali siyrak o`rmonlarini xosil qiladi.
Sharqiy afrika- juda katta tektonik yoriqlar bilan bo`lingan yassi tog`likdir. Afrikadagi eng baland vulkanli to tepalari shu yassi tog`likda. Sharqiy Afrika yassi tog`ligi Ekvatorial Afrikaning Kongo botig`i bilan Xind okeani o`rtasidagi sharqiy yarmini egalaydi va Xabashiston tog`ligidan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etadi. Yassi tog`likning ko`pchilik qismi iqlimiy xususiyatlarga ko`ra savanalar va siyrak o`rmonlar bilan band, shu bilan birga yassi tog`lik xududi tektonika natijasida bo`linganligi sababli landshaftlari g`oyatda rang barang.
G`arbiy sistema Nil vodiysining bir bo`lagi (Nimulegacha) Alpbert, Eduard, Kivu va Tanganpika ko`llari bilan band bo`lgan chuqur grebenlardan iborat. Bu sistema Tanganpika ko`lidan oqmas Rukva ko`li joylashgan botiq orqali Npyasa ko`lining shimoliy chekkasigacha cho`ziladi.
Alobert va Eduard ko`llarining grebenlari Ruvenzori gorst massivi (5119 m) ajratib turadi, Eduard va Kivu ko`llarining grebenlari orasida Virunga oblastining 7 vulkani qad ko`tarib turadi.
Npyassa ko`li chuqur tektonik qozonsoyni egalaydi. Bu qozonsoy Zambezi daryosining chap irmog`i bo`lgan Shire daryo vodiysi shaklida janubga qarab davom etadi.
Sharqiy Afrikaning baozan “Afrika materigining tomi” deb atashadi, chunki Xind okeaniga quyiladigan daryolar ham, Atlantika okeaniga quyiladigan daryolardan ham, O`rta dengizga quyiladigan Nil daryosi ham Sharqiy Afrikadan boshlanadi.
Sharqiy Afrika daryolarining kalta bo`laklaridagina kema yura oladi; chunki daryolar yon bag`irlar va zinalardan tushishda ostona va sharsharalar xosil qiladi. Ko`llar esa, aksincha, ajoyib suv yo`llaridir. Sharqiy Afrika ko`llarini kattaligi va chuqurligi, shuningdek iqlimga taosiri va suv miqdori Shimoliy Amerika ko`llariga to`g`ri kelishi mumkin. Sharqiy Afrikada: Tanganpika, Npyasa, Viktoriya, Kpoga, Eduard, Alpbert ko`llari bor.
Sharqiy Afrika relyefi va iqlimi rang barang bo`lganiga yarasha tuproq va o`simlik tiplari ham turli-tumandir. Buning sababi shuki, turli oblastlarning landshaftlari rang-barang bo`lib katta tafovut qiladi. Kirg`oq bo`yidagi pastekislik Sharqiy Afrika yassi tog`ligining tik yon bag`irlari bo`ylab davom etadi. Bu yerlarni iqlimi quruq va juda issiq. Yog`in (yiliga 500-700 mm) bug`lanib ketish bilan birga yerga shimiladi, o`simlik qoplami esa siyrak, chala cho`l o`simliklaridan iborat. Daryolarning quyiladigan joylarining qum bosib, daryo delptasi dengizga surilib bormoqda. Chim xosil qiladigan g`allagullilar va tikanli butAzonlar (asosan akatsiya) bo`lsa ham, yalang yerlar ko`rinib turadi. Sayoz daryolar bo`yidagina galereyali siyrak o`rmonlar landshaftni birmuncha jonlantiradi.
Sharqiy Afrikaning g`arbiy chekkasi Npyassa ko`lidan Eduard ko`ligacha uzilma tektonikaning ayniqsa yaqqol ko`rinishi bilan farq qiladi. Ko`llardan juda ko`p namlik bug`lanib ketadi, shu sababli ko`llarning qozonsoylari issiq bo`lish bilan birga juda nam. Tog`larning suvga qaragan yon bag`irlari aralash o`rmonlar (bargini to`kadigan va doimiy yashil daraxtzorlar) va savvanalar bilan qoplangan, tashqaridagi yon bag`irlari esa quruqroq bo`lib, kserofit siyrak o`rmonlar va butAzonlar o`rnida cho`llar paydo bo`ladi.
Eduar, Alpbert, Kpoga va Viktoriya ko`llari oraligidagi oblast ko`llar platosi deb ataladi. Ko`llar platosiga sharq tomondan Keniya vulkanlar platosi yondoshgan. Bu platoni Markaziy razlomlar sistemasi bo`lib yuborgan. Bu platoda Rift vodiysining grebeni, murakkab uzilmalar va tektonik zinalar sistemasi bilan bir qatorda vulkanlar relyefi ayniqsa yaqqol ko`rinadi. Sharqiy Afrikaning tuprog`i unumdor Keniyaning bazalt platolarida o`simlik qoplamining xarakteri avvallo yomg`irgarchilik mavsumining uzunligiga va yillik yog`in miqdoriga bog`liq. U yerda 500 mm gacha va undan ham kam yog`in tushadi, quruq mavsum esa 7 oydan 9 oygacha davom etadi, shu sababli savannalar va siyrak o`rmonlar 2-3 shimoliy kenglikdan o`tmaydi. Savannalar va siyrak o`rmonlar o`rniga chim xosil qiladigan gallagullilar, kserofit o`simliklardan bo`lmish tikanli butalar, yilning aksari vaqtida bargsiz bo`ladigan aksiyalar uchraydi.
Janubiy Afrika - Janubiy Afrikaga Baland Afrikaning toraygan qismi kiradi. Bu qism Lunda-Katanga balandligining va Zambezi daryosi quyi oqimining orqasidan boshlanadi. Kalaxari botig`ining, uning atrofidagi balandliklarni va Kap tog`larini o`z ichiga oladi. Struktura relyefining umumiy manzarasi jixatidan Janubiy Afrika Kongo botig`iga, uning chetidagi plato va massivlarga ko`p xususiyatlari bilan o`xshaydi, ammo balandroq gipsometrik satxda turadi.
Janubiy Afrikani kichik Afrika deb atasa bo`ladi, chunki undagi birmuncha kichik maydonda (qariyb 4,5 mln.km.kv) subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarda xos bo`lgan geografik zonalarning hammasi bor. Janubiy Afrika namlik xarakteri jixatidan materikning shimoliy qismidan katta farq qiladi, chunki Janubiy Afrikada namlik taqsimlanishining mintaqaga aloqadorlik qonuniyatlaridan tashqari sektor qonuniyatlari xar bir mintaqada yaqqol ko`rinadi: janubiy Afrikaning sharqiy chekkasi bo`ylab okean buyidagi cho`l sektori davom etadi. Bu sektorlarning chegaralari Katta Jarlik xisoblanadi.
Katta Jarlikning sharqiy yon bag`ri va qirg`oq bo`yidagi pastekislik. Katta jarlikning tusiqlik roli Janubiy Afrikaning sharqiy chekkasi bo`ylab ayniqsa yaqqol seziladi, bu yerda Katta Jarlik yon bag`irlari soxil ustidan tik ko`tarilib turadi. Pastekislik iqlimi issiq, ayrim joylarda juda nam. Iliq Mozambik oqimi Zambezi daryosining quyilish joyidan to Durbangacha qirg`oq bo`yidagi xaroratni barobarlab turadi (qishda 180S ga yaqin yozda 250-260S). Yog`in rejimida yozgi maksimum yaqqol seziladi, chunki Mozambik shimolidan ayni vaqtda tropik front o`tadi, soxilning qolgan qismida esa janubiy Xindiston maksimumining passatlari taosir etib turadi.
Pastekislikdagi o`simliklarning zonal tipi mavsumiy nam aralash o`rmonlardan iborat bo`lib, namrok sharq tomonida palma ko`prok.
Bu yerdagi daryo vodiylarda deyarli nuqul palmadan iborat bo`lgan daraxtzorlar bor. Yomg`ir kamroq yog`adigan g`arbiy rayonlarda palma ancha kam.
Pastekislikning shakarqamish, paxta va boshqa tropik ekinlar ekilmaydigan ozgina rayonlardagina tabiiy landshaftlar saqlanib qolgan.
Katta Jarlikning nam yon bag`irlarida mavsumiy nam o`rmonlar polosasi 800 — 1000 m balandlikgacha bo`ladi. Bundan yuqorida butAzonlar va tog` vodiylarda asosan igna bargli o`rmonlar, yaylovlar va qurumlar paydo bo`ladi.
Kap tog`larining oldingi janubi g`arbiy tizmalari O`rta dengiz iqlimi tipidagi subtropik iqlim mintaqasida. Okean kuchli taosir etganligi sababli Kap tog`larining iqlimi Atlas tog`larining O`rta dengiz iqlimiga nisbatan namrok. Qishda bu yerda yomg`ir ko`pincha shivallab yog`adi, yomg`irdan oldin qalin tuman tushadi.
Janubi-g`arb landshaftlari O`rta Dengiz bo`yidagi Atlas tog`larining landshaftlariga ko`p jixatdan o`xshaydi. Bu landshaftlarda ham jigar rang tuproq bor, daryolar qishda toshadi, bu landshaftlarda qattiq bargli doimiy yashil butAzonlar va o`rmonlar uchraydi. Ammo, ular fizionomiyasi jixatidan boshqacha o`simliklardir, buning sababi avvalo shuki, o`simliklar turi o`ziga xos, ular orasida endemik va relikt formalar ko`p. Shunga asoslanib, bu o`simliklarni Kap flora o`simlik oblasti deb ajratish mumkin.
Namib cho`li-Oranjevaya daryosining quyilish joyidan janubroqda boshlanib, shimolga- Kunene daryosiga tomon 1500 km dan ortiqrok masofaga cho`ziladi. U cho`kkan qadimgi kristall peneplenning kambar polosasini egalaydi. Uzilmalar bilan bo`linib ketgan bu peneplenning ayrim joylari lava bilan qoplangan.
Cho`lning janubiy va shimoliy rayonlardan tabiiy sharoit xar xil. Shu munosabat bilan quruq o`zanlarning vodiylarda va sizot suvlari yuza joylarda o`simliklar anchagina qalin, jumladan butalar va chala butalar, past bo`y akatsiyalar va qattiq o`tlar ko`p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |