2.3. Past afrikaning umumiy tabiiy geografik xususiyatlari Afrika tabiatining umumiy xususiyatlariga, undagi geografik zonalarning xarakteriga asoslanib Afrika materigi Past Afrika va Baland Afrika deb ataluvchi ikki qismga bo`linadi.
Saxroi Kabir shimoldan janubga tomon 2000 km masofaga cho`ziladi. Maydoni 8,7 mln. km.kv. bo`lib, Yevropa maydoning 1/3 qismiga barobar keladi va Avstraliya maydonidan 1 mln.km.kv. dan oshadi.
Past Afrikada tekislangan keng xududlar ko`prok. Quruqlik maydonining kattaligi, xududning u qadar baland emasligi va Yevrosiyoga yaqinligi sababli, kenglik zonalarning yuzaga chiqishi uchun deyarli ideal sharoit bor.
Atlas tog`laridan keyin tomon deyarli 2000 km masofada va materikning g`arbiy chetidan sharqiy chetigacha tropik cho`llar zonasi - Saxroi Kabir davom etadi. Saxroi Kabir tengi yo`q ajoyib o`lka bo`lib, uning chegaralarini relyefga qarab xech bir joyda aniqlab bo`lmaydi.
Saxori Kabirdan janub tomonda Sudan savannalari va siyrak o`rmonlari bor. Shimoldan janubga tomon namlikning ortib borishi landshaftda o`simlik qoplamining qalinlashuvidan, avval, qurib qoladigan, so`ngra esa doimiy daryolarning paydo bo`lishida o`z ifodasini topadi.
Namlikning ko`payishi, shu sababli Sudan va Shimoliy Gvineya landshaftlarining sekin-asta yashil tus olishi, tropik xarakteri va daryolar rejimining o`zgarishi Sudan bilan Yuqori Gvineyani subekvatorial va ekvatorial geografik mintaqalardan bir butun tabiiy o`lkaga ajratish imkonini beradigan asosiy xususiyatlardir.
Sudandan Kongo botig`iga o`tishda landshaftlarning o`zgarish sababi ham namlikning ko`payishidir. Kongo botig`ining relyefda yaqqol ko`rinishi uni va atrofidagi balandliklarni aloxida o`lka qilib ajratishga imkon beradi.
Atlas tog`lari - kenglik yo`nalishiga yaqin yo`nalishda 2000 km masofaga cho`zilagan va juda ham murakkab tarmoqlangan o`rta xisob bilan 1200-1500 m balandlikdagi tizmalari Ar-Rif va Tell-Atlas tizmalari neogen davridagi burmalanishda xosil bo`lgan. Atlas tog`larining qolgan qismi tuzilishida gersin strukturalari qatnashgan.
O`rta dengiz bo`yi landshaftlarning mavjudligiga asosiy sabab orografiyadir, chunki Atlas tog` tizmalaridan tashqarida Saxroi Kabir Liviya soxiliga deyarli zich yondashib turadi. Ammo O`rta dengiz bo`yinning tipik landshaftilari qirg`oq bo`yidagi eng ko`pi bilan 150 km keladigan kambar polosada rivojlangan. Bu polosadagi tog` zanjirlari Atlantika okeanidan, O`rta dengizdan esadigan nam shamollarni to`sib qoladi.
Shu sabablarga ko`ra Atlas tog`lari bir-biri bilan katta tafovut qiladigan ikkita rayonga: O`rta dengiz bo`yi landshaftlari mavjud bo`lgan shimoliy rayonga va Saxroi Kabir oldidagi chala cho`l landshafti mavjud bo`lgan janubiy rayonga ajratiladi. Shimoliy rayonga Ar-Rif, Tell-Atlas tizmalari va qirg`oq bo`yidagi pastekisliklarning kambar polasasi kirai. Ar-Rif murakkab tog` tizmasi bo`lib, unda burmali strukturalardan tashqari, siljima (nadvig) va qoplamlar ham bor deb faraz qilinadi. Tog`lar eroziya natijasida parchalanib ketgan va markaziy qismi ko`prok ko`tarilgan.
Tell-Atlas Ued SHeliff vodiysining sharq tomonidan shimoli-sharqqa qarab ketgan kalta tizmalardan boshlanadi, bu tizmalar qirg`oqqa paralell uchta zanjirni xosil qiladi. Jazoirdagi qirg`oq bo`yi tizmalarida antiklinal burmalarining yadrolarida qadimgi kristall jinslra cho`kindi qatlam ostida chiqib qoladi, ko`prok ko`tarilgan va bo`linib ketgan Jurjur massivi ana shu jinslardan to`zilgan.
Yuqori Atlasdan Sharq tomonda O`rta Atlas savlat tortib turadi. Uning sharqiy yarmida yuksak paralel antiklinal burmalar ko`prok. O`rta Atlasning orqa tomonida yuksak platolarning keng qozonsoylari boshlanadi. Qadimgi eroziya va xozirgi zamondagi denudatsiyada yemirilgan yotiq balandliklar o`sha qozonsoylarni bo`lib turadi.
Atlas yemirilgan yotiq balandliklar o`sha qozonsoylarni bo`lib turadi. Atlas tog`larining sharqiy chekkasida Yuksak platolar torayadi, endi bu sharoitlarni meridional yo`nalishga yaqin yo`nalishdagi palaxsali kalta tizmalar va massivlar bo`lib turadi. Yuksak platolardan janub tomonda Saxroi Kabir Atlasi va Anti-Atlas tizmalari bor.