Aerodromlarda sun’iy qoplamalar turlari va vazifalari


Aerodrom sun’iy qoplamalarining tuzilishi



Download 43,19 Kb.
bet2/7
Sana21.01.2022
Hajmi43,19 Kb.
#394707
1   2   3   4   5   6   7
2.Aerodrom sun’iy qoplamalarining tuzilishi.

Sun’iy qoplamalarning konstruksiyasi HK larining hisobiy yuklamasi, tayanchlari sxemasi, aerodromni ekspluatatsiya qilish jadalligi, tabiiy grunt sifati kabi omillarga bog‘liq. Sun’iy qoplamalar bir nechta qatlamdan iborat bo‘ladi (15.1-rasm); qoplamaning o‘zi – 1; tabiiy asos – 2; tabiiy gruntli asos – 3. Birinchi ikkitasi ham, o‘z navbatida, bir nechta qatlam bo‘lishi mumkin. Sun’iy va tabiiy asos ikkovi birgalikda qoplama asosini tashkil etadi

Qoplamaning o‘zi – yuqori qatlam bo‘lib, HK lari g‘ildiraklaridan yuklama oladi va tabiiy omillar ta’siriga bevosita uchraydi. Bu qatlam mustahkam bo‘lishi, er yuzasi suvlarni asosga o‘tkazmasligi, muzlashga chidamli bo‘lishi, eyilishga qarshilik qilishi, HK lari shinalarini sirpantirmasligi va ko‘p edirmasligi, porshenli dvigatellarning havo oqimlari, reaktiv dvigatellarning gaz oqimlari ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Bu qatlam qalinligi hisoblab topiladi.

Sun’iy asos gruntlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini ayniqsa, ular o‘ta namlanib qolganda oshiradi, to‘shamalarning namlik rejimini rostlaydi, pastdagi ivib ketgan grunt HK og‘irligi ta’sirida tashqariga sitilib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi, qoplama ko‘pchib buzilishini oldini oladi. Sun’iy qoplamaga ishlatiladigan materiallar mustahkamligi qoplamaning o‘ziga ishlatiladiganga qaraganda yaxshiroq bo‘lishi mumkin.

Tabiiy grunt asos, ya’ni gruntning yuqori qatlami qoplamadan tushayotgan bosimni o‘ziga oladi va bunda xavfli deformatsiyalarga uchramasligi kerak. Tabiiy grunt asosning mexanik xususiyatlari tabiiy omillarning yillar davomidagi ta’siri ostida ancha o‘zgaradi: namlanadi, quriydi, muzlaydi, eriydi. Namligi oshsa, yuk ko‘tarish qobiliyati pasayadi ayniqsa, uning tarkibida changsimon va tuproq zarralari ko‘p bo‘lsa.

Grunt muzlasa uning g‘ovaklarida muz paydo bo‘ladi, hajmi ortadi, eriganda yana zichligi kamayadi. Qishda grunt yuzasi ko‘pchib qoladi. Bahorda grunt ichidagi muz eriydi, g‘ovaklar suv bilan to‘ladi, asos ko‘p siqilishi tufayli ko‘tarish qobiliyati keskin kamayadi. Qoplamaning turg‘unligi ko‘p jihatdan tabiiy grunt asosni tayyorlashga bog‘liq. SHuning uchun qoplama qurishdan oldin uni tekislab, shibbalash lozim.




Download 43,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish