Beton qoplamalar
Beton qoplamalar bir va ikki qatlamli bo‘ladi. Bir qatlamli qoplamalarning eng katta qalinligi beton yotqizish mashinalarining texnik imkoniyati va qabul qilingan qurilish texnologiyasidan kelib chiqadi. SHundan ham qalin qoplama yotqizish zarur bo‘lsa, ikki qatlamli qilinadi (22.1-rasm).
Ikki qatlamli qoplamaning tagidagisiga oriq beton, qumbeton, shlakbeton yoki keramzitbeton ishlatiladi. SHlakbeton va keramzitbetonning termoizolyasiya xususiyati yaxshi, shuning uchun ularni grunti ko‘pchiydigan joylarda, erning muzlash chuqurligini kamaytirish uchun qo‘llanadi. Ikki qatlamli qoplamaning yuqorisini bir qatlamli qoplamadagi singari qilinadi. Pastki va yuqori qatlam plitalari orasiga polimer yoki rulon materialdan ajratib turuvchi qatlam yotqiziladi, u ham ikki qatlam bo‘ladi yoki buning o‘rniga 0,5...1,0 sm qalinlikda qum bitum qatlam yotqiziladi. Pastki qatlam ostida sun’iy asos barpo qilinadi. Ikki qatlamli beton qoplama qurish qamroq mustahkamlikka ega bo‘lgan mahalliy materiallari (oriq beton, qum sement va b.) bor rayonlarda samarali.
Beton qoplama ichki zo‘riqishlar tufayli yorilib ketmasligi uchun bir qatlamli bo‘lganda yoki ikki qatlamning yuqorisini tomonlari 1:1dan 1:1,5 gacha nisbatli to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida loyihalanadi. Plitaning tomoni ko‘pi bilan 5 m (qalinligi 0,3 m gacha bo‘lsa)dan ortmasligi kerak; qalinligi 0,3 m dan ortiq bo‘lsa – 7...7,5 m. pastki qatlam plitasining tomoni 10m gacha bo‘lishi mumkin.
Beton qoplamalar SUQM, RY, TJ, perron va boshqa uchastkalar bilan tutashgan joylarda nostandart plitalar qilinadi. Ularning eng kichik tomoni 2,5...3,0 m bo‘lishi kerak, aks holda plitaga tez-tez yuk tushganda turg‘unligi yo‘qoladi.
To‘g‘ri burchakli standart plitalar beton qoplamani ko‘ndalang va bo‘ylama choklar siqilish choki)ga ajratib hosil qilinadi (16.1-rasm). Amalda ko‘p chok hosil bo‘ladi, bu - uning kamchiligi, chunki choklar emirilish boshlanadigan joy bo‘ladi.
Beton qoplamalardagi siqilish choklari tirqishsiz qilinadi. Tirqish keyin, plitalar siqilganda hosil bo‘ladi. Siqilish choki perron, rulon materialdan yupqa qistirmali bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha, soxta chok ko‘rinishda bo‘ladi, buning uchun plitani tepasidan ¼ qalinlikkacha qirqiladi. Plitada ichki zo‘riqish hosil bo‘lganda shu joyidan darz ketadi va soxta chok rostakam siqilish chokiga aylanib qoladi. CHoklar orasidagi masofa plita o‘lchamlariga bog‘liq, 5,0...7,5 m dan ortiq bo‘lmaydi.
Kengayish choklari tirqishli qilinadi. Choklar orasidagi masofa qancha katta bo‘lsa, chok ham shuncha keng bo‘ladi. Kengayish choki siqilish choki vazifasini bajarishi mumkin, lekin aksincha bo‘lmaydi. Ikkala xil chok suv o‘tkazmasligi kerak. Qoplamani ekspluatatsiya qilish jarayonida choklarning eni doim o‘zgarib turadi; uni suv o‘tkazmaydigan material bilan yopib turiladi. Bunday material sifatida polimer zichlagich, elastik qistirma, izol mastikasi va rezinobitumli bog‘lovchi material ishlatiladi.
Beton qoplamalarda plitalarning tutash joylari shtir yoki shpunt ko‘rinishida qilinadi.
SHtirli birikmada bir plitadagi kuch boshqa plitaga metall shtir orqali o‘tadi. Bunday birikma ko‘ndalang va bo‘ylama choklarda ishlatiladi. Shtirlar A.1 klass dumaloq, silliq po‘latdan ishlatiladi, diametri 20...40 mm, uzunligi 40...50 sm bo‘ladi). Shtirlar qoplamaning yuzasiga, unga parallel va chokka perpendikulyar qilib, har 30...50 sm masofaga qo‘yiladi. Kengayish choklaridagi shtirning bir uchi plitaga mahkam birlashtirib yuboriladi, ikkinchi uchi, qo‘shni plitada erkin turadi, ya’ni beton bilan yaxlit qotib ketmaydi. Buning uchun o‘sha uchiga karton, tol yoki tunukadan qalpoqcha kiygiziladi, plitaning o‘lchami kengaysa yo toraysa, shtir qo‘zg‘almay turaveradi (16.3a-rasm). Qalpoqcha ichidagi bo‘sh joyga yog‘och yoki namat tiqin qo‘yiladi, plita kengayganda u siqiladi. Plitalar orasiga yumshoq yog‘ochdan tayyorlab, chirimaydigan ishlov berilgan taxta qo‘yiladi, qalinligi plita qalinligidan 4 sm kichik bo‘lishi kerak. Chokning yuqori qismiga bitum qo‘yiladi. Soxta chok shaklidagi ko‘ndalang, siqilish chokida shtirning bor bo‘yi bitum bilan qoplanadi va betonga muftasiz va taxtasiz qo‘yib yuboriladi.
Plitaning yuqori qismidagi ariqchaga plita qalinligining ¼ qismicha bitum qo‘yiladi. SHtirlarning loyiha xolatini ta’minlash uchun ularni yagona konstruksiya sifatida yig‘ib, tayyorlab o‘rnatish joyiga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |