3.Qoplamalarni havo kemalari ta’siriga chidamliligi bo‘yicha tasniflanishi.
Aerodrom qoplamalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
a) HK lari g‘ildiraklaridan yuk tushganda qoplamaning ishlash xarakteri bo‘yicha; b) xizmat muddati va mukammallik darajasi bo‘yicha.
Birinchisini yana ikki guruhga ajratish mumkin: bikir , nobikir. Bikir qoplama HK lari og‘irligi va tabiiy omillar ta’sirida cho‘ziltiruvchi kuchlanishlarni qabul qila oladi. Ustiga yuk tushgan qoplama elastik asosga ega bo‘lgan plita kabi ishlaydi; qoplamaning deformatsiyasi, odatda, elastik, plitaning gruntga bosimi kam. Qoplama o‘ziga tushgan yukni katta joyga tarqatadi, ya’ni ezilib botadigan joy diametri katta, ezilish balandligi juda kichkina bo‘ladi. (6.2a-rasm). Bikir qoplamalarga quyidagilar kiradi: oldindan kuchlantirilgan monolit beton va temir beton, oldindan kuchlantirilgan temir beton plitalar yig‘masi, monolit temir beton, beton va armobeton qoplamalar.
Nobikir qoplamalar cho‘zuvchi kuchlarni yaxshi qabul qilmaydi. Yuklarga qarshilik qilishi tagidagi gruntning siqilishi va yon tomondan sitilib chiqish darajalariga bog‘liq. Yuk ostida ezilish balandligi katta, botadigan joy diametri kichikroq bo‘ladi (6.2b-rasm).
Bahorgi va kuzgi toshqinlar davrida gruntga tushadigan bosim ko‘payadi, qoplamaning deformatsiyasi elastik-plastik xarakterga ega bo‘ladi. Nobikir qoplamalarga quyidagilar kiradi: asfaltbeton, chaqiq toshli va yopishqoq modda bilan ishlov berilgan boshqa mustahkam material; yopishqoq modda aralashtirilgan grunt vaa chaqiq toshli, grunt va mayda toshli va gruntli.
Sun’iy qoplamalar o‘zining xizmat muddati va mukammallik darajasiga qarab kapital va engillashtirilgan turlarga bo‘linadi. Kapital qoplamalar uzoqqa uchadigan HK lari uchun mo‘ljallanadi. Ularda ko‘tarilish – qo‘nish amallari ko‘p bo‘ladi va uzoq muddat xizmat qiladi. Hamma bikir va asfaltbeton qoplamalar kapital turga kiradi. O‘rtacha HK lari ekspluatatsiya qilinadigan aerodromlarda engillashtirilgan qoplama quriladi. Bunga saralangan va organik bog‘lovchi materiallar qo‘shilgan mustahkam chaqiq toshlardan qurilgan qoplamalar, xuddi shunday ishlov berilgan chaqiq tosh va mayda tishli qoplamalar, organik va noorganik materiallar qo‘shilgan, gruntli va mahalliy mineral materiallardan qurilgan qoplamalar kiradi.
Kapital qoplamalar hamma yo‘l-iqlim zonalarda, gidrogeologik sharoitlari I va II tur bo‘lgan uchastkalarda quriladi; III tur sharoitda qurilmaydi; zarurat tug‘ilib qolsa, II turga yaqinlashtirish uchun qator ishlar qilinadi: quritish, er osti suvlar sathini pasaytirish. Ko‘tarmalar qilish kabi.
Qoplama yuzasini er osti suvlari sathidan ko‘tarish kami bilan 15.1-jadvalda ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak. SHunda er osti suvlari kapillyarlardan chiqib, qoplama asosini namlashi ancha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |