Bu grafik bog`lanish k va p qiymatlarining nechaga tengligini ko`rsatadi.
TAJRIBA MASHG’ULOTLARI
Ishning maqsadi: Qattiq-suyuqlik sirtidagi adsorbsiya jarayonini o’rganish
Qattiq-suyuqlik sirtidagi adsorbsiya.
1-tajriba. Sirka kislotaning tuproqda adsorblanishi.
Ishga kerakli asbob va reaktivlar:
250 ml sig`imli 12 ta konussimon kolba;
20 ml li o`lchov silindrlari 4 ta voronka;
Byuretka;
Sirka kislotaning 0,2; 0,1; 0,05; 0,025 normal eritmalari;
fenolftalein,
0,1n NaOH eritmasi,
tuproq.
Ishning borishi: 12 kolba olib ular 1 dan 12 gacha nomerlanadi. 1-4 kolbalarda 200 ml dan sirka kislotaning 0,025M, 0,05M, 0,1 M, 0,2M konsentratsiyalari eritmalari tayyorlanadi.
1-4 kolbalardagi eritmalardan 100 ml dan olib mos ravishda 5-8 kolbalarga solinadi (ya'ni 1- kolbadan 5 -kolbaga, 2- kolbadan 6- kolbaga va h.k).
Texnokimyoviy tarozida 10 grammdan tuproq o`lchab olinadi va ular 5-8 kolbalardagi sirka kislota bilan aralashtiriladi. Aralashma 30 daqiqa davomida chayqatiladi. So`nga 5-8 kolbalardagi eritmalar 9-12 kolbalarga (ya'ni 5-kolbadagi eritma 9-kolbaga, 6-kolbadagi eritma 10-kolbaga va h.k) filtrlanadi. Demak 1-4 kolbalarda dastlabki, 9-10 kolbalarda adsorbsion muvozanatdagi eritmalar bo`ladi. Ana shu kolbalardagi eritmalardan 20ml dan olib unga 1-2 tomchi fenolftalein qo`shilib 0,1 n NaOH eritmasi yordamida titralanadi va olingan natijalar 9- jadvalga yoziladi.
Adsorbilangan sirka kislota miqdori 100 gr tuproqda yutilgan kislotaning milli ekvivalentlar soni bilan ifodalanadi va quyidagi tenglama bilan ko`rsatiladi.
X-100 gr tuproqda adsorbilangan kislota miqdori (T1-T2)- 0,1 n NaOH eritmasi millilitrlari soniga ekvivalent bo`lgan 20 ml eritmadan tuproqda adsorbilangan sirka kislotaning miqdori.
V1-titrlash uchun olingan sirka kislota hajmi,
V-adsorbsiya uchun olingan kislota hajmi,
N-ishqorning normalligi.
m –har bir kolbaga solingan tuproqning massasi.
100-adsorbilangan kislota miqdorini 100 grammga qayta hisoblash uchun ishlatiladigan son.
2-jadval
Kislota
konsen-tratsi-yasi
|
20ml CH3 COOH eritmasini titrlash uchun sarf bo`lgan 0,1n NaOH eritmasi
|
Kolba
№
|
Dastlabki eritma
|
Kolba
№
|
Muvozanat konsentratsiyasi
|
|
I
titr
|
II
titr
|
III
titr
|
O`rta-cha titr
|
|
I
titr
|
II
titr
|
III
titr
|
O`rta-cha titr
|
T1
T2
|
0,025M
0,05 M
0,1 M
0,2 M
|
1
2
3
4
|
|
|
|
|
9
10
11
12
|
|
|
|
|
|
Berilgan qiymatlarni formulaga qo`yib quyidagini yozish mumkin.
X= 5 (T1-T2)
Kislotaning muvozanat kontsentratsiyasi 1 litr eritmada bo`lgan millekvivalent soni bilan o`lchanadi va u quyidagi formuladan aniqlanadi.
V1=20ml; T=0,1 n S=5∙T2
Tajriba natijalari jadvalga yoziladi:
Kislota konsentratsiyasi
|
X
|
S
|
0,025 n
0,05 n
0,1n
0,2n
|
|
|
Tajribada topilgan qiymatlarga asoslanib millimetrli qog`ozda adsorbsiya izotermasini chizing. Buning uchun adsorbsiyasi o`qiga C ning, ordinata o`qiga X ning qiymatlari qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |