Adsorbsiya



Download 283,22 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2022
Hajmi283,22 Kb.
#682627
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ADSORBSIYA

Adsorbent xili

Ssol,
m2/g

Dispersligi va strukturasi

Vakillari

Nog`ovak

1-10

Dag`al dispers mikrog`ovak struktura

Oksidlar, tuzlar

Adsorbentlar

100

Yuqori dispers mikrog`ovak struktura

Grafitlangan qurum, oq qurum, aerosil*

G`ovak adsorbentlar

100-1000

Korpuskulyar, po`rsildoq va kristallik strukturalar

Silikagel, alyumogel, aktivlangan ko`mir, g`ovak shixta, seolitlar

*Aerosil – SiCl4 va SiF4 ning suv bug`i ishtirokida gidrolizlanishi natijasida hosil bo`lgan kukun modda.
Aktiv ko`mir gidrofob adsorbent bo`lib, suv bug`ini yomon, uglevodorodlarni yaxshi adsorbilaydi.
Suv bug`ini yuttirish uchun silikat kislotani suvsizlantirish natijasida hosil bo`ladigan gidrofil adsorbent – silikagel ishlatiladi. Sanoatda turli markali silikagellar ishlab chiqariladi.
Kichik konsentratsiyadagi gaz qattiq adsorbentga yutilganda gaz molekulalari adsorbentning faqat aktiv markazlariga adsorblanib, monomolekulyar qavat hosil qiladi.
Temperaturaning ortishi va bosimning pasayishi yutilgan gazni desorbsiyaga uchratadi. Shu sababli moddalarni havo muhitidan ajratib olishda, gaz va bug`larni tozalashda adsorbsion –desorbsion metodlar sanoat miqyosida qo`llaniladi.
Qattiq adsorbent sirtiga eritmadagi modda adsorbilanganida, albatta, erigan modda bilan erituvchi modda ham yutiladi. Shunga ko`ra eritmada bo`ladigan adsorbsiya “raqobatli” xarakterga ega; erituvchi bilan eruvchi adsorbent sirtini band etishga intiladi. Eritmadan elektrolitlar ham, noelektrolitlar ham adsorbilanishi mumkin. Shunga ko`ra adsorbsiya monomolekulyar adsorbsiya va ionli adsorbsiya deyiladigan 2 sinfga bo`linadi. Ko`pincha moddalar adsorbentga tanlab yutiladi. Desorbsiyani amalga oshirishda adsorbent sirtini suyuqlik bilan yuvishda foydalaniladi va bu jarayon elyutsiya, yuvish uchun ishlatilgan suyuqlik esa elyuent deb ataladi.
Ionli kolloid zarrachalar sirtida ayniqsa yaxshi adsorblanadi, shu sababli, kolloidlarda elektr zaryadining miqdori va ishorasi shu ionlarning borligiga bog`liq.
Qattiq jismga birinchi navbatda shu jismning kristallik panjarasi tarkibida bo`lgan ionlar adsorblanadi.
Ba`zan adsorbent o`z tarkibidagi ionlardan birini elektrolit ionlariga almashtiradi. Bunday adsorbsiya almashinish adsorbsiyasi deyiladi.
Agar elektrolit eritmasidagi anion va kation ekvivalent miqdorda adsorbilansa, molekulyar adsorbsiya yuzaga chiqadi. Agar tarkibida bir necha modda aralashmasi bo`lgan eritma qalin adsorbent ustunidan (masalan, adsorbent to`ldirilgan naydan) o`tkazilsa aralashmadagi har qaysi modda adsorbentning ma`lum qismlariga adsorbilanadi, natijada adsorbent qavatida bir necha zona hosil bo`ladi. bu hodisani M. S. Svet 1903 yilda tekshirgan. Uni xromatografik adsorbsion analiz deb atagan.
Suyuqlik sirtida bo`ladigan adsorbsiyalar musbat va manfiyga adsorbsiyalarga bo`linadi. Masalan, suvga organik kislota yoki spirt (yoxud, aldegid, keton, murakkab efir, oqsil va hokazolar) aralashtirilsa bu moddalar suvning sirt qavatida ko`p yig`ilib qolib, suvning sirt tarangligini ancha kamaytiradi. Bu hodisa musbat adsorbsiya deyiladi.
Lekin shunday moddalar borki, ular suv sirtiga tushib qolsa, suvning sirt tarangligini oshirib yuboradi, bular qatoriga osh tuzi va boshqa elektrolitlar kiradi. Bu yerda bo`ladigan hodisa manfiy adsorbsiya deyiladi. Suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar sirt-faol moddalar, suyuqlikning sirt tarangligini ko`paytiruvchi moddalar esa sirt-nofaol moddalar deb ataladi. Sirt faol moddalar moddalarning sirt tarangligi suyuqlikning sirt tarangligidan kam bo`ladi.
Sirt-faol va sirt-nofaol moddalardan tashqari shunday moddalar ham borki, ular suyuqlikka qo`shilsa suyuqlikning sirt tarangligi o`zgarmaydi. Bunday moddalar sirt farqsiz moddalar deyiladi. Bular qatoriga disaxarid va polisaxaridlar kiradi.
Keng ma`noda qaraganda barcha organik moddalarni ham sirt-faol moddalar jumlasiga kiritishga to`g`ri keladi, chunki har qanday organik moddani olmaylik, uning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan kichik, u suvga nisbatan sirt-aktivlik ko`rsatadi. Lekin qattiq jismlarning sirt tarangligi suyuqliknikidan ancha katta, demak suv qattiq moddaga nisbatan sirt-aktivlik namoyon qilishi kerak. Bundan ko`ramizki, suv fazalar chegarasining xarakteriga qarab, ba`zan sirt-noaktiv, ba`zan sirt-aktiv modda bo`lishi mumkin.
Lekin “sirt faol modda” degan tushuncha bu kabi keng ma`noda ishlatilmaydi. U maxsus, ancha tor ma`noda ishlatiladi. Umumtomondan qabul qilingan ta`rifga ko`ra sirt-faol modda molekulalari difil ravishda tuzilgan hamda ancha katta sirt faollikka ega bo`lgan organik birikmalardan iboratdir. Bunday modda molekulasining bir qismi suvga nisbatan kattaroq moyillik namoyon qiladi, bu qismini gidrofil guruh tashkil etadi; 2-qismi uglevodorod radikali bo`lib, u gidrofob guruhdan iborat. Spirt, fenol, karbon kislotalar, organik aminlar, sulfokislotalar va ularning tuzlari ana shunday difil molekulalardan tuzilgan. Sirt-faol moddalar assimetrik tuzilishga ega; shuning uchun ular suv-havo (suv-bug`), suv-uglevodorod (suv-yog`), suv-qattiq jism kabi sirtlarga adsorbilanadi.

Download 283,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish