1. Adib haqida ikki og'iz so'z.
Asqad Muhtor – yorqin, barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi. Asqad Muhtorning asarlari o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi.
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.
Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi.
Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi.
Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi.
Sofokl, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, M. Gorkiy, T. Shevchenko, A. Blok, V. Mayakovskiy, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida oʻzbek kitobxonlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida oʻzbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni va Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
Dastlabki dostoni – „Bizning avlodlar“ (1939) Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi.
„Poʻlat quyuvchi“ (1947) poemasi bilan „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Opa-singillar“ (1954), „Tugʻilish“ (1961) asarlari oʻrtasida mushtaraklik bor. „Davr mening taqdirimda“ (1964).
„Chinor“ (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. „Chinor“ romani mazmun va shakliga koʻra oʻziga xos asar boʻlib, unda oʻzbek xalqi bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, kishilar ruhiyati ifoda etiladi.
Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati „Boʻronlarda bordek halovat“ (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. „Amudaryo“ (1986) romani Afgʻonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir.
„99 miniatyura“ (1962), „Sheʼrlar“ (1966), „Sirli nido“ (1984) va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan oʻzbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga toʻla, koʻproq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining oʻtkinchiligi va haqiqati haqidagi oʻylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan.
Soʻngra u „Yosh leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalari, „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishladi. Oʻzbekistondagi birinchi haftalik gazeta – „Oʻzbekiston adabiyoti va san'ati“ning tashkilotchilaridan biri. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi.
„Poʻlat quyuvchi“ (1947), „Hamshaharlarim“ (1949), „Rahmat, mehribonlarim“ (1954), „Chin yurakdan“ (1956), „99 miniatyura“ (1962), „Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1964), „Sheʼrlar“ (1966), „Quyosh belanchagi“ (1971), „Sizga aytar soʻzim“ (1978) singari sheʼriy kitoblar yozdi. Oʻzbek sheʼriyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuygʻular tasvirini olib kirdi.
Prozaik sifatida „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Qoraqalpoq qissasi“ (1958), „Buxoroning jin koʻchalari“ (1980), „Jar yoqasidagi chaqmoq“ (1982), „Kumush tola“ (1987) qissalari, „Opa-singillar“ (1955), „Tugʻilish“ (1960), „Davr mening taqdirimda“ (1964), „Chinor“ (1969), „Amu“ (1984) romanlarini yozdi. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi.
Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |