FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI CHET TILLARI FAKULTETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O'QITISH( INGLIZ TILI) YO'NALISHI 18.99-GURUH TALABASI ADHAMOVA MAHSUMANING ADABIYOTSHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Asqad Muhtorning "Chinor" romani tahlili
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Adib haqida ikki og'iz so'z.
2. Romanning mazmun-mohiyati.
3. Roman ko'targan mavzu to'g'risida.
III. Xulosa
Kirish
Ma’lumki, o‘zbek milliy nasri o‘zining muayyan tarixiy bosqichlariga ega. XX asr boshida shakllangan tom ma’nodagi nasr namunalari, xususan roman va qissalar hozirgacha milliy prozamizda salmoqli o‘rin tutib kelmoqda. Hamza, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon nomlari bilan bog‘liq nasrimizning ilk namunalari yangi o‘zbek adabiyotining keyingi bosqichlarida jadal davom etdi, janr, mavzu va uslub jihatdan takomillashdi. Yangi o‘zbek nasrining 30-80 yillardagi rivojida G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Mirmuxsin, Shukur Xolmirzayev, Said Ahmad, O‘lmas Umarbekov, O‘tkir Hoshimov va boshqa adiblarning xizmatlari katta bo‘ldi. Ular badiiy nasrning ocherk, hikoya, qissa, roman, epopeya kabi shakllarida turli mavzudagi asarlar yaratdilar va o‘zbek adabiyoti xazinasini boyitdilar. O‘zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri Asqad Muhtor badiiy til bobida o‘ziga xos maktab yaratgan so‘z san’atkoridir. Uning betakror til mahorati juda ko‘p yozuvchilarga ibrat bo‘lganligi va bundan keyin ham badiiy so‘z olamiga qadam qo‘yadiganlarning necha-necha avlodlari bu badiiy mo‘jiza sirlaridan saboq olishi shubhasizdir. Alohida ta’kidlamoq joizki, Asqad Muhtor o‘zining barakali badiiy ijodi bilan o‘zbek adabiy tilining rivoji va boyishiga jiddiy hissa qo‘shgan xassos adibdir. Uning she’riy, nasriy, dramatik, publitsistik va boshqa asarlarida o‘zbek tilining go‘zalligi, boyligi, tuganmas ifoda imkonlarini o‘zini to‘liq namoyon eta olgan. Bu asarlarni o‘qiganda mahoratli adibning o‘zbek xalq tili xazinasini nechog‘li tugal egallaganligiga, betakror so‘z ijodkori sifatida bu xazinadagi unsurlarni o‘z badiiy niyatiga muvofiq tarzda saylay bilganiga, tildagi tovlanishlarga yanada sayqal-u jilo bera olganligiga, bu birliklardagi ma’no injaliklaridan juda ustalik bilan foydalana olganiga takror va takror amin bo‘lmoq va hayratlanmoq mumkin. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |