120
121
tegoriyalardan birortasining o‘zgartirilishiga ehtiyoj sezadi.
Shularni inobatga olib, tarjimon poetik shakl va mazmunni
qayta yaratish maqsadida erkin yondashuv yo‘lidan borishi
mumkin. Bu holat tarjima nazariyasida erkin ijodga imkon
beradi va o‘z o‘rnida bunday imkoniyat me’yorlariga amal
qilish talab etiladi. Tarjima
matnida mutarjim tomonidan
poetik mazmun va shaklni qayta yaratish uchun erkin yon
dashuv yo‘li tanlanar ekan, asliyatning ekvivalent va adekvat
tarjimasining amalga oshirilishi tarjimonning ikkilanishi
ga olib keladi, ya’ni tarjimon she’r tarjimasini qayta yaratib
bo‘lmagan sharoitda o‘zgartirishlar va yo‘qotishlarsiz ek
vivalentlik va adekvatlik o‘z samarasini bera oladimi, degan
savollar tug‘ilishi tabiiy. Holbuki, adekvatlik, adekvat asliyat
bilan tarjimaning bir-biriga teng bo‘lgan «aynan» natijasidir.
Adekvat tarjimada
asliyat matnining tarjima matnga teng
lashishi mazmunan, estetik va funksional jihatdan o‘zgarish
larsiz, qayta yaratilgan va maksimal tarzda tarjima qilingan
bo‘ladi.
Adekvatlik
tushunchasi asliyat bilan tarjima o‘rtasiga
tenglik ishorasining qo‘yilish natijasidir, ya’ni tarjimada ikki
matn bir-biri bilan shaklan, mazmunan va so‘zma-so‘z yaqin
likni hosil qilib, matnning pragmatik, uslubiy jihatdan
aynan
ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bunday tarjimada ayrim erkinliklarga
– qo‘shishlar va yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilmasligi
uning aso-
siy shartlardan biridir. Tarjimashunos, lingvist,
va adabiyot
shunos olimlar ekvivalent va adekvat tarjima tushunchala-
rining bir necha konsepsiyalarini ishlab chiqqan bo‘lishlariga
qaramay, tarjima nazariyasining bu muhim ikki kategoriyalari
hanuz ilmiy munozaralar doirasida qolmoqda. Taniqli rus
tilshunosi, professor Lev Nelyubin
ekvivalentlik va adekvat
lik atamalarini o‘zi tuzgan «Tarjimashunoslik atamalarining
izohli lug‘ati»ga kiritarkan, olimlar tomonidan ishlangan kon
sepsiyalardan asosiy fikrlarni uyg‘unlashtirib, adekvat va ek
vivalent tushunchalarining umumiy ta’rifini bir necha variant
dagi izohlarda keltiradi. Ushbu ta’riflardan birida «adekvatlik
o‘z mohiyatiga ko‘ra, uch komponentga ega» deb ko‘rsatadi:
1) asliyat mazmunini tarjimada to‘g‘ri, aniq, to‘kis shakllan-
tirish; 2) asliyat til birliklarining to‘g‘ri yetkazilishi; 3) tarjima
qilinayotgan tilda dastlabki matn (asliyat) tilining mufassal
qayta yaratilishi»
1
dan iboratdir. Professor L.Nelyubin ta’kid
laganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: