1.4. She’rning qiyosiy-tanqidiy matni.
“Tong sirlari” (1926) to‘plamidagi she’rning asli:
Koʻklam keladir!
Koʻklam oyim yoʻlgʻa chiqqan, koʻklam oyim qoʻzgʻalgʻan:
Koʻk koʻylakning bitishiga, uncha koʻp ham qolmagʻan!
Tiniq havo.. Koʻk yuzinda oppoq, harir pardadak
Oq bulutlar, unda-munda yoyilgʻanlar parishon.
Shuʼlalarning aksi bilan, yiltillagan yignadak,
Kun tigʻlari, qarashlargʻa oʻtkur-oʻtkur sanchilgʻan..
Qip yalangʻoch daraxtlar ham quchoq ochib, koʻz tutub,
Koʻk koʻylakning butishini, chidamasdan kutalar.
Qargʻalar ham qishda qilgʻan, gunohlarni unutub,
Uzr aytmasdan, indamasdan, uchub-uchub ketalar.
Sezgilarni uygʻotgʻuchi, hidli gullar toʻplanib:
"Biz ham yoʻlgʻa chiqdiq!" deya yuborgʻanlar bir chopar.
Gul hididan , rizq emguchi jonivorlar uygʻonib,
Erta, indin boqchalargʻa, chamanlarga tarqalar.
Koʻklam oyning, ipak koʻylak etaklari sudralib,
Qora yerning boshlarini, silab-siypab keladir.
U silashdan, u siypashdan quvvat olib, kuch olib,
Qora yer ham koʻksidagi, oltunlarni beradir.
Koʻklam bilan yurtimga ham bir koʻkarish kelsaydi,
Koʻngillar ham havolardak, koʻklam hidi bersaydi,
Dillarga ham havolardak, koʻklam ruhi kirsaydi!..
Andijon, 1924, 18-fevral
Qiyosiy-tanqidiy matn:
Koʻklam keladir!
Koʻklamoyim yoʻlgʻa chiqqan, koʻklamoyim qoʻzgʻalgʻan;
Koʻk koʻylakning bitishiga uncha koʻp ham qolmagʻan!
Do'stlaringiz bilan baham: |