Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Filologiya fakulteti 4-bosqich 401-guruh tolibi
Shokirov Firdavsning Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: F. Shokirov
Tekshirdi: D. Quronov
Cho‘lponning “Tong sirlari” to‘plamidagi “Ko‘klam keladir!” she’rining tahlili
1. Matnshunoslik
1.1. Grafik shakllantirish.
1.1.1. "Tong sirlari" (1926) toʻplamida 6 band, 21 misradan iborat. 1-band 2 misra, 2-3-4-5 band 4 misradan, 6-band 3 misrani tashkil etadi.
1.1.2. "Yana oldim sozimni" (1991) toʻplamida 6 band, 21 misradan iborat. 1-band 2 misra, 2-3-4-5 band 4 misradan, 6-band 3 misrani tashkil etadi.
1.1.3. Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994) toʻplamida 6 band, 21 misradan iborat. 1-band 2 misra, 2-3-4-5 band 4 misradan, 6-band 3 misrani tashkil etadi.
1.1.4. "Oydanda goʻzal" (1997) toʻplamida 6 band, 21 misradan iborat. 1-band 2 misra, 2-3-4-5 band 4 misradan, 6-band 3 misrani tashkil etadi.
1.1.5. "Buloqlar quchogʻida" (2007) toʻplamida bandlarga ajratilmagan, 21 misradan iborat.
1.1.6. Tanlangan asarlar (2016) toʻplamida 6 band, 21 misradan iborat. 1-band 2 misra, 2-3-4-5 band 4 misradan, 6-band 3 misrani tashkil etadi.
“Koʻklam keladir!” sheʼrining grafik shakllantirilishi 6 manba asosida oʻrganildi. Bunda “Tong sirlari” (1926), “Yana oldim sozimni” (1991), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), “Oydanda goʻzal” (1997), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarda she’rning grafik shakllantirilishi bir xil, yaʼni bandlarga ajratilgan. "Buloqlar quchogʻida" (2007) toʻplamida esa bandlarga ajratilmagan. Keltirilgan barcha toʻplamlarda misralarda farqlanishlar yoʻq, yaʼni hammasida 21 misra kelgan.
1.2. Tinish belgilarining ishlatilishi.
She’rning nomi “Koʻklam keladir!”. Barcha manbalarda sarlavhadan soʻng undov belgisi (!) qoʻyilgan.
1-band :
1-misra: “Tong sirlari” (1926), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), “Oydanda goʻzal” (1997), “Buloqlar quchogʻida” (2007) to‘plamlarida “Koʻklam oyim yoʻlga chiqqan, koʻklam oyim qoʻzgʻalgan:” tarzida misra o‘rtasida (,) vergul va misra yakunida ikki nuqta (:) tarzida kelgan boʻlsa, “Yana oldim sozimni” (1991), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarida “Koʻklamoyim yoʻlga chiqqan. Koʻklamoyim qoʻzgʻalgan,” shaklida misra o‘rtasida nuqta (.) va yakunida vergul (,) holatida keladi.
2-misra: “Tong sirlari” (1926), “Oydanda goʻzal” (1997), Tanlangan asarlar (2016), toʻplamlarida “Koʻk koʻylakning bitishiga uncha koʻp ham qolmagan!” misra yakunida undov (!) belgisi ko‘rinishida, “Yana oldim sozimni” (1991), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), “Buloqlar quchogʻida” (2007) toʻplamlarida esa “Koʻk koʻylakning bitishiga, uncha koʻp ham qolmagan!” misra o‘rtasida vergul (,) orttirilgan tarzida ko‘ramiz.
2-band
1-misra: “Tong sirlari” (1926), “Yana oldim sozimni” (1991), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), “Oydanda goʻzal” (1997), “Buloqlar quchogʻida” (2007) toʻplamlarida “Tiniq havo.. Koʻk yuzinda oppoq, harir pardadak” ikki nuqta ketma-ketligi (..) va vergul (,) holda, Tanlangan asarlar (2016) toʻplamida “Tiniq havo... Koʻk yuzinda oppoq harir pardadek” vergulsiz faqat uch nuqta (…) bilan kelgan.
2-misra: “Tong sirlari” (1926), “Yana oldim sozimni” (1991), “Buloqlar quchogʻida” (2007) toʻplamlarida “Oq bulutlar, unda-munda yoyilgʻanlar parishon.” vergul (,), tire (-) va nuqta (.) kelgan bo‘lsa, Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Oydanda goʻzal" (1997), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarida “Oq bulutlar unda-munda yoyilgʻanlar parishon.” vergulsiz, chiqizcha (-) va nuqta (.) tarzida kelgan.
3-misra: “Tong sirlari” (1926), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), “Oydanda goʻzal” (1997), “Buloqlar quchogʻida” (2007) toʻplamlarida “Shuʼlalarning aksi bilan, yiltillagan yignadak,” ikkita vergul (,), “Yana oldim sozimni” (1991) toʻplamida “Shuʼlalarning aksi bilan, yiltillagan, yongandek,” uch vergul (,), Tanlangan asarlar (2016) to‘plamida “Shuʼlalarning aksi bilan yiltillagan ignadek” tinish belgilarsiz kelgan.
4-misra: “Tong sirlari” (1926), “Yana oldim sozimni” (1991), “Kun tigʻlari, qarashlargʻa oʻtkur-oʻtkur sanchilgʻan..” vergul (,), tire (-) va ikki nuqtalar ketma-ketligi (..), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), “Oydanda goʻzal” (1997), “Buloqlar quchogʻida” (2007), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarida “Kun tigʻlari qarashlarga oʻtkir-oʻtkir sanchilgan.” tire (-) va nuqta (.) kelgan.
3-band:
1-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Qip yalangʻoch daraxtlar ham quchoq ochib, koʻz tutub," ikkita vergul (,), "Yana oldim sozimni" (1991), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Oydanda goʻzal" (1997), "Buloqlar quchogʻida" (2007), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarida esa "Qip-yalangʻoch daraxtlar ham quchoq ochib, koʻz tutib," chiziqcha (-) va ikkita vergul (,) holatida kelgan.
2-misra: "Tong sirlari" (1926), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Buloqlar quchogʻida" (2007) toʻplamlarida "Koʻk koʻylakning bitishini, chidamasdan kutalar." bir vergul (,) va bir nuqta (.), "Yana oldim sozimni" (1991), "Oydanda goʻzal" (1997), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarida esa "Koʻk koʻylakning bitishini chidamasdan kutalar." bir nuqta tarzida kelgan.
3-misra: "Tong sirlari" (1926), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Qargʻalar ham qishda qilgʻan, gunohlarni unutub," ikkita vergul (,), "Yana oldim sozimni" (1991), "Oydanda goʻzal" (1997), "Buloqlar quchogʻida" (2007), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarida esa "Qargʻalar ham qishda qilgan gunohlarni unutib," bitta vergul (,) holatida kelgan.
4-misra: "Tong sirlari" (1926), "Buloqlar quchogʻida" (2007) "Uzr aytmasdan, indamasdan, uchub-uchub ketalar." ikkita vergul (,), bir chiziqcha (-), bir nuqta (.), "Yana oldim sozimni" (1991) toʻplamida "Uzr aytmasdan, indamasdan uchib-uchib ketalar." bir vergul (,), bir chiziqcha (-) va bir nuqta (.), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Oydanda goʻzal" (1997) toʻplamlarida "Uzr aytmasdan, indamasdan, uchib-uchib ketalar..." ikkita vergul (,), bir chiziqcha (-) va uch nuqta (…), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamida esa "Uzr aytmasdan, indamasdan uchib-uchib ketalar..." bir vergul (,), bir chiziqcha (-) va uch nuqta (…) tarzida uchratamiz.
4-band:
1-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Sezgilarni uygʻotgʻuchi, hidli gullar toʻplanib:" vergul (,) va ikki nuqta (:), "Yana oldim sozimni" (1991), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Oydanda goʻzal" (1997), "Buloqlar quchogʻida" (2007), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarida esa "Sezgilarni uygʻotuvchi hidli gullar toʻplanib:" faqat ikki nuqta (:) holatida kelgan.
2-misra: "Tong sirlari" (1926), "Yana oldim sozimni" (1991), toʻplamlarida "Biz ham yoʻlgʻa chiqdiq!" deya yuborgʻanlar bir chopar." qo‘shtirnoq (“”), undov (!) va nuqta (.), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Oydanda goʻzal" (1997), "Buloqlar quchogʻida" (2007) toʻplamlarida "Biz ham yoʻlga chiqdik" deya yuborganlar bir chopar." qo‘shtirnoq (“”) va nuqta (.) , Tanlangan asarlar (2016) toʻplamida esa "Biz ham yoʻlga chiqdik!" – deya yuborganlar bir chopar." qo‘shtirnoq (“”), undov (!), tire (–) va nuqta (.) qo‘llanilgan.
3-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Gul hididan, rizq emguchi jonivorlar uygʻonib," ikkita vergul (,), "Yana oldim sozimni" (1991), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Oydanda goʻzal" (1997), "Buloqlar quchogʻida" (2007), toʻplamlarida "Gul hididan rizq emguvchi jonivorlar uygʻonib," bitta vergul (,), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamida esa "Gul hididan rizq emguvchi jonivorlar uygʻonib" tinish belgilarsiz keladi.
4-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Erta, indin boqchalargʻa, chamanlarga tarqalar." ikkita vergul (,) va bir nuqta (.), "Yana oldim sozimni" (1991), Choʻlpon asarlari uch jildlik (1994), "Oydanda goʻzal" (1997), "Buloqlar quchogʻida" (2007), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamlarida esa "Erta-indin bogʻchalarga, chamanlarga tarqalar." tire (-), bitta vergul (,) va bitta nuqta qo‘llanilgan.
5-band:
1-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Koʻklam oyning, ipak koʻylak etaklari sudralib," ikkita vergul (,), Tanlangan asarlar (2016) toʻplamida "Koʻklamoyning ipak koʻylak etaklari sudralib" tinish belgilarsiz, qolgan barcha manbalarda "Koʻklamoyning ipak koʻylak etaklari sudralib," bitta vergul (,) bilan keladi.
2-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Qora yerning boshlarini, silab-siypab keladir." bitta vergul (,), bitta tire (-) va nuqta (.) bilan qolgan barcha manbalarda "Qora yerning boshlarini silab-siypab keladir." bitta tire (-) va nuqta (.) holatida kelgan.
3-misra: Barcha manbalarda "U silashdan, u siypashdan quvvat olib, kuch olib," uchta vergul qo‘llanilgan holda kelgan.
4-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Qora yer ham koʻksidagi, oltunlarni beradir." bitta vergul (,) va bitta nuqta (.) bilan qolgan barcha manbalarda "Qora yer ham koʻksidagi oltinlarni beradir." bitta nuqta (.) holida qo‘llaniladi.
6-band:
1-misra: Barcha manbalarda "Koʻklam bilan yurtimga ham bir koʻkarish kelsaydi," bitta vergul qo‘llanilgan holda bir xil kelgan.
2-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Koʻngillar ham havolardak, koʻklam hidi bersaydi," ikkita vergul (,) bilan qolgan barcha manbalarda esa "Koʻngillar ham havolardek koʻklam hidi bersaydi," bitta vergul (,) qo‘llanilgan.
3-misra: "Tong sirlari" (1926) toʻplamida "Dillarga ham havolardak, koʻklam ruhi kirsaydi!.." bitta vergul (,), undov va ikkita nuqta (!..), qolgan barcha manbalarda esa "Dillarga ham havolardek koʻklam ruhi kirsaydi!.." undov va ikki nuqta (!..) shaklda kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |