Qirg‘iz xalqi tarixi haqida. Qirg‘iz xalqi nomi tarixiy manbalarda ko‘p uchraydi. Hatto eramizdan oldingi davrga mansub yodgorliklarda ham “qirg‘iz xalqi” degan nomga duch kelamiz. Ular asosan chorvachilik bilan shug‘ullanib, ko‘chmanchilik hayotini uzoq asrlar boshidan kechirdi. Qirg‘iz halqi ko‘p asrlar davomida chet el bosqinchilarining zulmi ostida bo‘ldi. Markaziy Osiyo hududiga bostirib kelgan arablar, mo‘g‘ullar, qoraxitoylar, qirg‘iz xalqini ko‘p yillar ekspluatatsiya qildi. Keyinchalik qirg‘izlar Qo‘qon xonlarining zulmini boshidan kechirdi. XIX asrda esa qirg‘izlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi.
Qirg‘iz xalqi yozuvga ancha kech, ya’ni 1924 yili ega bo‘ldi. Tarixiy taraqqiyot tufayli XX asrda qirg‘izlar o‘z davlatiga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |