Adabiyotshunoslik kafedrasi


Qozoq realistik adabiyoti shakllanishi



Download 319,55 Kb.
bet26/90
Sana23.01.2022
Hajmi319,55 Kb.
#405740
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
Bog'liq
QARDOSH MAJMUASI

Qozoq realistik adabiyoti shakllanishi XX asr boshlarida qozoq adabiyotida jadidchilikning roli katta bo‘ldi. Ayniqsa, tatarlarda chiqadigan gazeta va jurnallar, tatar tilida nashr qilingan kitoblar qozoq adabiyotining rivojlanishiga ta’sir qildi. Qozoqlarda ham “Oyqon” nomli jurnal va bir qancha gazetalar tashkil etildi. “Alash o‘rda” tashkiloti tuzilib, bu tashkilot a’zolari Qozog‘iston mustaqilligi uchun kurash olib bordi. Bu davr qozoq adabiyotida turkiy xalqlarni birlashtirish, dunyoda yagona “Buyuk turon” davlatini tuzish g‘oyalari ham keng yoritildi. Ozodlikka erishish uchun dastlab xalq ongli, savodli bo‘lishi kerak, ongsiz, sovodsiz xalq bilan hech narsa qilib bo‘lmasligini bilgan ilg‘or qozoq ziyolilari, avval maktablarni isloh qilish kerak, degan takliflar bilan chiqdi. Shuning uchun bu davr qozoq adabiyotida ma’rifatni targ‘ib qilish yetakchi o‘rinda turdi. Isfandiyor Ko‘bayev, Turayg‘urov, Donentoyev, Muxtor Mag‘ovin, Mustafa Cho‘qayev kabi ma’rifatparvar qozoq vatanparvarlari o‘z asarlarida erk, ozodlik uchun kurashayotgan qahramonlar obrazini yaratdi. Ular taraqqiyot uchun to‘siq bo‘layotgan turli illatlarga, jaholatga qarshi kurash olib bordi.

XX asr boshida Turkistonda eng ilg‘or ziyolilardan biri Mustafo Cho‘kayev (1890 - 1942) edi. U Oqmachit shaxrida tug‘ilgan. Turkistonning eng savodli, fikri teran kishisi sifatida Rossiya Davlat Dumasining deputati bo‘lib, mahalliy xalq haq huquqlarini ana shu yuqori minbarda turib himoya qilgan. 1917 yilda Orenburgda Umumqozoq Kongressini tuzishda ishtirok etdi. Shu yili dekabr oyida esa Turkiston Muxtoriyatini tashkil qildi. Dastlab Muxtoriyatning raisi qilib “Alash o‘rda” partiyasi raxbarilaridan biri Tinishboyev saylandi. Bir xaftadan keyin uning o‘rniga Mustafo Cho‘kayev tayinlanadi. Bu Muxtoriyat uch oylar chamasi faoliyat ko‘rsatdi. Bolsheviklar turli nayranglar bilan uni tarqatib yubordi. Muxtoriyat Qo‘qon shahrida demokratik asosda qurilgan edi. Unda 54 kishilik xalq kengashining 36 tasi maxalliy millat, 18 tasi yevropalik edi. Lekin bu Muxtoriyatni uzoq vaqtlar “Millatchi va panturkistlar to‘dasi” deb ayb qo‘yib qoralab keldi. Qo‘qon militsiyasi boshlig‘i Ergash kichik otryad bilan Muxtoriyatni himoya qildi. Lekin Qizil Armiya shafqatsiz terrorni amalga oshirdi, arman dashnoqlariga erk berib, tinch axolini talash uchun tashladi. Bu armanilar guyoki, turklar va ozorbayjonlardan azob chekkanligi uchun boshqa turk qavmlaridan o‘ch oldi. “O‘shanda Qo‘qonning o‘zida o‘n mingdan ortiq odam o‘ldirildi. Qirg‘in shu bilan tugagani yo‘q. 1918 yilning birinchi yarmida Marg‘ilonda 7000, namanganda 2000, Andijonda 6000, Bo‘z qo‘rg‘onda 4500 odam o‘ldirildi. Shu jarayonda 180 qishloqqa o‘t qo‘yildi. Minglab oilalar xonavayron bo‘lib, boshponasiz qoldi.

Mustafa Cho‘qay bu xunrezliklarning barchasining aybdori deb bolsheviklarni bildi va chet elga chiqib ketdi. U 20 yildan ko‘proq Parij, Berlin, Turkiya kabi joylarda yashadi. Lekin doimo Turkiston ozodligi uchun kurash olib bordi. U chet ellarda “Ulug‘ Turkiston”, “Svobodniy Turkiston”, “Birlik tuvi” kabi gazetalarini chiqardi. Bu gazetalarda Turkiston xalqining ozodligiga bag‘ishlangan maqolalar bosilib chiqib turdi. Bulardan tashqari, M.Cho‘qayev ingliz, fransuz, nemis, polyak tillarida Turkiston ozodligiga bagishlangan ko‘plab risolalar chiqargan. Ayniqsa uning “Turkiston sho‘rolar hukumati davrida” nomli kitobi juda mashhur bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida M.Cho‘qayev nemislarga asir tushgan Turkistonliklarni o‘limdan saqlab qolish maqsadida “Turkiston legioni”ni tuzdi. Nemis konslagerlarida azob chekayotgan yurtdoshlarini bir joyga to‘pladi. Ana shu davrda sil kasalligini yuktirib, o‘zi ham 1942 yil Berlinda vafot etdi.


Download 319,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish