Asr boshidagi tarixiy sharoit. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qozog‘istonda sanoat va savdo kapitali rivojlanishi natijasida mahalliy burjuaziya shakllandi. Bu esa adabiyotda ham burjuaziya mafkurasiga mos asarlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Oktabr inqilobi, grajdanlar urushi, yer islohoti kabi o‘zgarishlar, bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelib yurgizgan siyosatlari uzoq vaqtlar XX asr qozoq adabiyotining asosiy mavzulariga aylanib qoldi. Lekin qozoq ijodkorlari doimo adolat uchun, haqiqatning g‘alaba qilishi uchun asarlar yozishdan chekinmadilar. Asr boshida qozoq adabiyoti rivojiga yozuvchilardan I.Kubeyev, S.Turaygurov, S.Donitayev, I.Jonsugurov, S.Sayfullinlarning ijodi katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |