Adabiyotshunoslik kafedrasi


Qozoq adabiyoti vakillari haqida



Download 319,55 Kb.
bet29/90
Sana23.01.2022
Hajmi319,55 Kb.
#405740
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
QARDOSH MAJMUASI

Qozoq adabiyoti vakillari haqidaQozoq adabiyotining yirik vakillaridan biri G‘abiddin Mustafinning “Qarag‘anda” romani ham katta shuhrat topgan asarlardan biridir. Bunda Qozoq ishchilar sinfining shakllanishi va rivojlanishi badiiy obrazlarda ishonarli qilib tasvirlangan. Qarag‘andada ko‘mir konining ochilishi, u yerda yashayotgan xalqning ongini o‘zgartirib yubordi. Yangi shaharlar bunyod bo‘la boshladi. Kechagi qozoq cho‘pon yigitlarining ilg‘or shaxtiyor bo‘lib yetishgani tasvirlangan.

Yozuvchining “Shig‘onak Bersiyev” nomli romanida qozoq intelligensiyasi obrazi yaratilgan bo‘lsa, “Millioner” nomli romanida esa Qozog‘istonda kolxoz tuzumining o‘rnatilishi haqida gap boradi. Bu roman bizga Oybekning “Oltin vodiydan shabbodalar” romanini eslatadi. G‘abiddin Mustafin keyingi yillarda Qozog‘istondagi fuqorolar urushi yillarida bo‘lgan voqealar tasviriga bag‘ishlangan “Dovuldan so‘ng” nomli asarini yozib, anchagina maqtovlarga sazovar bo‘ldi.

Yozuvchi G‘abit Musrepov o‘zinnig “Qozoq soldati” romani bilan juda mashhur bo‘ldi. Bu Tvardovskiyninng mashhur “Vasiliy Tyorkin” asariga o‘xshatma tarzda yozilgan. Bunda urushdan oldingi va urush davri qozoq qishloqlarida bo‘lib o‘tgan voqealar, frontdagi dahshatli to‘qnashuvlar oddiy qozoq yigiti hayotini tasvirash jarayonida ochila boradi. “Uyg‘ongan o‘lka” romanida esa Qozog‘iston cho‘llarining qazilma boyliklarga mo‘l ekanligi va bu sohadagi o‘zgarishlar tasvirlangan.

Yozuvchining «Kiron qush qo‘shig‘i» hikoyasi jahon hikoyachiligining eng yaxshi namunalari bilan yonma-yon turadi. Negaki, bunda ozodlikka, erkka intilgan burgut obrazi orqali insonning ozodlik haqidagi eng muqaddas tuyg‘ulari ifodalangan.

Erjon ovchining Qiron qushi butun atrofga dongi ketgan. U ovga chiqqanda doim katta o‘lja bilan qaytadi. Qanchadan-qancha kakliklar, quyonlar, tulkilarni ovlamadi, deysiz. Kunlardan bir kun tulkining terisini archiyotgan Erjonga qarab, qafasda turgan burgutning avzoyi buziladi, Buni tajribali ovchi Erjon darhol payqagan edi, lekin unchalik e’tibor qilmagan edi. Hikoyada burgutdagi o‘zgarish qo‘yidagicha tasvirlangan.

«Burgutda esa rostakam o‘zgarish sodir bo‘lgan edi. U uchishni istardi, u – bepoyon dalalarda kezishni istardi, u osmonni istardi. Burgut qanotlari bilan taxta qo‘noqni shart-shurt urib, uni bu yerda ushlab turgan kayish bandlarni cho‘yan tumshug‘i bilan cho‘qib, yulib-yulib tashlardi. Uning qalbidagi ozodlik sog‘inchi, ozodlik qo‘shig‘i, osmon qo‘shig‘i butun jismini o‘rtab, tobora ulg‘ayib boraradi».

Shundan ikki kun o‘tgach, Erjon ovga chiqadi. Butalar orasidan sakrab chiqqan quyonga burgutni qo‘yib yuboradi. Burgut esa quyonga e’tibor ham bermasdan tobora yuqorilab ketaverdi. Ovchi uni qancha chaqirmasin, u qayrilib ham qaramadi. Burgut ko‘k uzra ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Hikoyaning ikkinchi qismida burgutning o‘z qavmi orasidagi hayoti ham juda qiziqarli qilib tasvirlangan. Burgutlarning nasl qoldirish haqidagi hikoyalari va asar yakunida keksa burgutning yosh burgutchalarga bergan o‘git-nasihatlari barchasi falsafiy teran ma’nolarda ifodalangan.

«O‘zlaringiz osmonda, o‘ylaringiz tubanda yurgandan, o‘zlaringiz tubanda o‘ylaringiz osmonda yursin, chirog‘im. Yuksaklik nima-yu, tubanlik degan nima? Shunda tushunasizlar». Ana shu parchaning o‘zida qanchadan-qancha ma’no borligi ham bu hikoyaning katta mahorat bilan yozilganligidan darak beradi.

XX asr qozoq adabiyotining yirik vakillaridan Anvar Olimjonov «O‘tror tangasi», «Yashil tog‘lar», «Quyosh sari borayotgan karvon» kabi qissalarni yozib o‘quvchilar orasida ancha mashhur bo‘ldi. Ayniqsa uning «Mahambet nayzasi» nomli tarixiy romani qozoq adabiyotidagi eng yaxshi tarixiy romanlardan biri sifatida baholangan. Bu asarda tarixiy shaxs Mahambet oqinning xalq ozodligi uchun olib borgan kurashi tarixiy voqialar vositasida juda ishonarli tarzda tasvirlangan. Mahambetning Xiva xoni bilan olib borgan muzokoralari, uning nihoyatda aqlli, sermulahoza kishi ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari kitobda qozoqlarda o‘rta juz xonligining tashkil topishidagi tarixiy voqialar ham qiziqarli tarzda aks ettirilgan. Pavel – 1-ning qozoq xalqiga nisbatan olib borgan siyosati, uning urug‘lar o‘rtasida kelishmovchilikdan foydalanib qozoq yerlarini asta-sekinlik bilan egallab borishi, xon Bekey, Xon Jangir kabilarning o‘z xalqiga o‘tkazgan zolimliklari bu asarda haqqoniy tasvirlab berilgan.

XX asr taniqli qozoq yozuvchisi Dukenboy Do‘sjanovning ijodi hikoyalar yozish bilan boshlangan. Adibning «O‘tror», «Forobiy» nomli tarixiy qissalari ancha muvaffaqiyat qozongan.

Uning «Ipak yo‘li» romanida qozoq xalqining tarixiga murojaat qilingan. Mug‘ul bosqinchilarining dashti qipchoqni zabt etishi, ularga qarshi kurishgan qozoq vatanparvarlarining obrazi berilgan.Qadimgi Ipak yo‘lidagi savdo karvonlari va turli xalqlarning vakillari obrazlari juda yaxshi berilgan.

O‘tror hokimi Ilonchiq Qodirjon obrazi aqlli, tadbirkor davlat arbobi sifatida gavdalanadi. U oxirgi nafasigacha qalani himoya qilib mug‘ul bosqinchilariga qarshi kurashdi. Juda ko‘p sonli mug‘ul lashkarlariga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatdi. Oshaqboy, Qipchoqboy, Barchinoy kabilarning mug‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi ham juda ishonarli berilgan kitobda xalq xayotidan olingan lavhalar juda yaxshi chiqqan. Xalqning turli urf–odatlari, bayramlari, milliy sport o‘yinlari, tabobati kabilar haqida ham ma’lumot olamiz. Qipchoqlarning qadimgi davlatining bosh shaharlaridan biri O‘trorning chingiziylar tomonidan qamal qilinishi, shahar himoyasidagi xalqning jasorat va qahramonliklari turli xarakterlar orqali berilgan.

Xorazmshohning xotasi, Temur Malikning elchini o‘ldirishi, 450 ga yaqin sovdogarlarning qatl etilishi, keyin mug‘ullarning urush e’lon qilishi tarixiy faktdir. Yozuvchi ana shu tarixiy voqialarni badiiy haqiqatga aylantira olgan.

O‘tror kutubxonasi tasviri, Hisomitdin, Pirmuxammad, Ismoil kabi olimlar obrazi ham durust berilgan. Kitob sho‘rolar davrida yozilganligi uchun bo‘lsa kerak, avtorning Rus davlatiga xayrixohligi sezilib turadi. Rus sovdagarlarining bilimdon, adolatparvar qilib tasvirlanishi, Ilonchiq Qodirxonning rus davlati bilan aloqa bog‘lash uchun harakatlari bunga misol bo‘la oladi. Kitob qozoq xalqining qadimda chet el bosqinchilariga qarshi kurashini, qahramonliklarini aks ettirib bergan.

Ilyos Yesenberlinning «Ko‘chmanchilar» nomli roman- epopeyasi ham tarixiy asar bo‘lib, u uch katta qismdan iborat. Asarda Chingizxon davridan tortib to X1Xasrgacha bo‘lgan tarixiy voqialarga munosabat bildirilgan.

Albatta asarda tarixiy faktlarni ba’zan buzib ko‘rsatilgan joylariga ham duch kelamiz. Masalan, Abulxayron va uning nevaralari Shayboniyxonga nisbatan qo‘yilgan ayblarning ko‘pchiligi asossizdir. Bularga qaramasdan adib juda ko‘plab tarixiy shaxslar haqida to‘g‘ri fikrlar aytgan. Qo‘qon xonlari bilan Qozoq xonlari o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘ri yoritilgan. Xalq oqinlaridan Hasan Qayg‘u, Buxor Jirovlarning obrazlari ham durust chiqqan.

Keyingi yillarda qozoq adabiyotida Jadid yozuvchilarining asarlari ham qayta nashr qilinmoqda. Ana shulardan biri Muxtor Mag‘avin bo‘lib, u o‘z asarlarida turkiy xalqlarni birlashtirishga harakat qilgan.

So‘ngi yillarda qozoq adabiyotiga bir qator talantli yozuvchilar ijod qilmoqda.




Download 319,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish