Adabiyotshunoslik kafedrasi


Qozoq dramaturgiyasining rivojlanishi



Download 319,55 Kb.
bet28/90
Sana23.01.2022
Hajmi319,55 Kb.
#405740
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
Bog'liq
QARDOSH MAJMUASI

Qozoq dramaturgiyasining rivojlanishi.Atoqli qozoq adibi Muxtor Avezovning nomi ham juda mashhurdir. Uning ijodi ham asosan 20-yillarda boshlanib, dastlab dramatik asarlar yozgan. “Yenlik kebek”, “Qora ko‘z”, “Xon kene” singari pesalarida yozuvchi qozoq xalqi hayotining muhim qirralarini tanlab oldi.

Muxtor Avezov qozoq adabiyotining XX asrdagi eng yirik figurasi. Uning ijodi rang-barang bo‘lib, turli janrlarda asar yaratgan. Dastlabki dramasi «Yenlik-kebek» 1917 yilda yozilgan. Bu asar qozoq teatrining shakllanishiga asos bo‘ldi desak adashmaymiz. O‘sha yili hali hayot bo‘lgan Abayning xotini Aygirimning o‘tovida bu asar birinchi marta sahnaga qo‘yilgan. Asarda Yenlik nomli qiz bilan Kebek nomli yigitning otashin muhabbati kuylangan. Bu asarni qozoqlarning «Romeo va Juletta» si deb ataydi. Ikki yoshning bir-biriga yetishishi uchun chekkan iztiroblari, ularga to‘sqinlik qilgan yaramas urf-odatlar juda ta’sirli ifodalangan. Asar voqialari bosh qahramonlarning fojiali o‘limi bilan tugasa ham, unda qandaydir xayot baxsh umid hukmron.

Keyinchalik Avezov “Tungi sarin”, “Abay” nomli dramalar yozib, qozoq dramaturgiyasi va milliy teatrining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shdi. Urush davri va undan keyingi yillarda Muxtor Avezov “Sinov soatlarida”, “Yalang‘och qilich”, “Nomus gvardiyasi”, “Olma bog‘ida” singari o‘nlab g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk dramatik asarlar yaratdi. M.Avezov prozaga dramaturgiya orqali kirib keldi. Uning “Izlar”, “Burgutli ovchi”, “Yelkama yelka” singari dastlabki nasriy asarlari ham ancha muvaffaqiyatli chiqqan.

M.Avezov to‘rt tomdan iborat Abay to‘g‘risidagi roman-epopeya yaratdi. Bu nafaqat qozoq adabiyotida, balki jahon adabiyotidagi tarixiy-biografik romanlarning eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Bu asarni yaratish jarayonida yozuvchi ko‘plab tarixiy hujjatlarni ko‘rib chiqdi. Abay nomi bilan bog‘liq xalq orasidagi rivoyatlarni o‘rgandi. Natijada dastlab “Abay” nomli pyesa yaratildi. Abay haqida ko‘plab ilmiy-publitsistik maqolalar e’lon qilindi. Keyinchalik “Abay” va “Abay yo‘li” kabi romanlar vujudga keldi. “Abay” tarixiy-biografik romandir. Unda bir tomondan qozoq ma’rifatparvari Abayning hayoti tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan XIX asrdagi qozoq xalqining ijtimoiy hayoti, o‘sha davrdagi siyosiy tuzum, tarixiy voqealar tasvirlangan. Asarda bir-biriga o‘xshamaydigan har qaysisi alohida bir tabaqa va guruh vakili bo‘lgan obrazlar berilgan. Abayning otasi Qunonboy, onasi Uljon, buvisi Zere kampir, akasi Takejon, turmush o‘rtog‘i Aygerim, do‘sti Erbo‘l, advokat Andreyev singarilarning har biri o‘ziga xos xarakterlarga ega.




Download 319,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish