Adabiyot fanidan 9-sinf dasturida berilgan Oybekning “Qutlug‘ qon” romani g‘oyasini tushuntirishda “Nuqtai nazaring bо‘lsin” usulidan foydalanib darsni tashkil etish mumkin.
“Nuqtai nazaring bо‘lsin” usulining maqsadi shuki, о‘quvchini bevosita adibning ijodiy ishlari, ma’naviy merosimizga qо‘shgan ulkan hissalari tо‘g‘risida (adibning о‘zidan, yoru-dо‘stlari tomonidan bayon etilgan) video-lavhalarda kо‘satish, asardagi sо‘zlarni о‘quvchi tomonidan о‘qitilmay, balki asar qahramonlari tomonidan video- lavhalar orqali yetkazishni ta’minlashdan iboratdir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning kо‘p qismini kо‘rish va eshitish organlari orqali qabul qiladi. Bu texnologiyalar orqali darsni tashkil etish о‘quvchilarni bir vaqtda kо‘rganlari asosida ishlashga, bu ulardagi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi.
О‘qituvchi tayyorlangan bu lavhalarni kо‘rsatish bilangina maqsadga erishmaydi, uni izohlashi, tо‘ldirib borishi, о‘quvchilarni jalb qila olishi, tanqidiy- mushohadali fikrlarini eshitishi, izohlab, xulosalab borishi lozim.
Tayyorlangan video lavhada “Qutlug‘ qon”asar qahramoni Yо‘lchining Mirzakarimboy xonadoniga ilk marta tashrifi tasvirlanb, (asar matni bо‘yicha)ularning ovozlari ham yozilgan tasvir kо‘rsatiladi.
Tasvirda Yо‘lchi otasi vafot etganda majbur bо‘lib, bir parcha yerni sotganini aytganda Mirzakarimboy unga qarata “Er sotgan er bо‘lmaydi, er kishi yer sotmaydi”- deydi.
Savol – Boyning hayotiy qarashlari qanday? Mirzakarimboyning ushbu fikrlarini kim qanday izohlaydi?
“Nuqtai nazaring bо‘lsin” usuli orqali о‘qituvchi о‘quvchilarning savol yuzasidan har kim о‘zining mustaqil (о‘rnida tanqidiy)fikrini bildirishiga alohida e’tibor qaratadi.
О‘qituvchi fikrlarni umumlashtiradi, xulosalaydi, berilgan savollarning javobini о‘quvchining bildirgan fikrlarida ekanligini ta’kidlaydi, baholaydi.
“Zakovatli zukko” metodi. Bilimlarni puxta о‘zlashtirishda о‘quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish qobiliyatlariga ega bо‘lishlari muhim ahamiyatga ega.
Ushbu metod о‘quvchilarda tezkor fikrlash kо‘nikmalarini shakllantirishga, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Uni qо‘llash о‘z xohishiga kо‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab kо‘rish istagida bо‘lgan о‘quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi.
Bunda о‘quvchilar о‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda tо‘g‘ri, aniq javob qaytara olishlari zarur. Murakkablik darajasiga kо‘ra har bir savolga qaytarilgan tо‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning о‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida о‘quvchi (talaba)larning tafakkur tezligi aniqlanadi.
Mashg‘ulotlarda metodni qо‘llash orqali о‘quvchi (talaba)larning tafakkur tezligi quyidagi sxemaga asoslanuvchi faoliyat yordamida aniqlanadi:
Bunda Oybekning “Qutlug‘ qon” romanini о‘rganishda quyidagi savollarni о‘quvchilarga tavsiya etish mumkin:
Romanda qaysi davr voqealari aks ettirilgan?
“Qutlug‘ qon” romani qahramonlari kimlar?
Mirzakarimboy va uning dunyoqarashini yoritishda yozuvchi mahorati nimada kо‘rinadi?
Yormat obrazini ta’riflang.
Romanda Gulnor va Yо‘lchi muhabbati qanday aks ettirilgan?
Nima uchun romanga “Qutlug‘ qon” sarlovhasi qо‘yilgan?
Umuman, ta’lim tizimida Oybek romanlarini о‘rganishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati katta. Biz darsda interfaol metodlar orqali о‘quvchi bilim va kо‘nikmalarini shakllantirish bilan birgalikda Oybek romanlari mohiyatini chuqurroq anglab yetishlariga erishamiz.
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |