Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/62
Sana21.02.2022
Hajmi1,86 Mb.
#40731
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
Adabiyot. 5-sinf. 1-qism (2015, S.Ahmedov, B.Qosimov)

Sаvоl vа tоpshiriqlаr
1. mаqsud Shаyхzоdаning hаyoti vа ijоdi hаqidа so‘zlаb bеring.
2. Shоirning qаndаy dоstоn vа shе’riy to‘plаmlаrini bilаsiz?
3. mаqsud Shаyхzоdаning drаmаtik аsаrlаridаgi tаriхiy vоqеаlаr 
vа tаriхiy shахslаr hаqidа so‘zlаb bеring.
4. «iskаndаr Zulqаrnаyn» dostonidagi qahramonlar obrazlari or-
qali ijodkor qanday ibratli fikrlarni ifoda etgan?
5. dunyoda hech qanday yomonlikni yashirib bo‘lmasligi dos-
tonda qaysi ramz orqali o‘z ifodasini topgan?
Foydalanilgan asosiy manba:
M. Shayxzoda. Asarlar. 2-jild. – t.: G‘afur G‘ulom nomidagi Ada-
biyot va san’at nashriyoti, 1971.


94
jonatan 
SvIFT
(1667–1745)
buyuk ingliz adibi Jonatan Svift 1667-yilda irlandiyaning 
poytaxti dublinda tug‘ildi. otasidan erta ajralgan yosh Jonatan 
uzoq yillar muhtojlikda kun kechiradi. badavlat qarindoshlarining 
ba’zan ko‘rsatadigan yordamini hisobga olmaganda uning tirikchi-
ligi nochor edi. tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o‘n to‘rt 
yoshida maktabni bitirgach, dublin universitetining diniy bilimlar 
fakultetiga o‘qishga kiradi, uni bitirmay Angliyaga ketadi. U bir 
necha yil Qirollikning sobiq ministri Vilyam templning saroyida 
kotib bo‘lib ishlaydi. templning boy kutubxonasidan foydalanish 
Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo‘ladi. ke-
yinchalik Svift universitetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab, magistr-
lik unvonini qo‘lga kiritadi.
Svift badiiy ijod bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari 
tezda xalq o‘rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «ki-
toblar jangi», «bochka cho‘pchagi», «movutfurush xatlari» kabi 
hajviy kitoblari nashr etiladi. biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning 
«Gulliverning sayohatlari» romani olib keldi. Asarning to‘liq nomi 
«lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga, 
avvalo, jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida 
qilgan sayohatlari» deb atalib, u 1726-yilda yaratilgan.
Roman ajoyib-g‘aroyib voqealarga, kulgili holatlarga boy. Asar 
bir qarashda shunchaki kulgi uchun bitilgandеk tuyulsa-da, uning 


95
zamirida achchiq kinoya, zaharxanda yotibdi. muallif bu asar or-
qali Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan ku-
ladi. «Gulliverning sayohatlari» romani to‘rt qismdan tashkil top-
gan. birinchi qismda Gulliverning liliputlar – mitti odamlar mam-
lakatidagi sarguzashtlari hikoya qilinadi. mitti odamlarning hayot 
tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga o‘xshash. mitti odamchalar 
yashaydigan mamlakatda ham qirol, ministrlar, harbiylar, dengiz 
floti va turli-tuman qonunlar mavjud. liliputiyada ham Angliya-
dagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o‘z manfaat-
larini o‘ylab janjallashadilar, bahslashadilar. bu partiyalar baland 
poshnalilar va past poshnalilar deb ataladi. mazkur partiyalar va-
killari qanchalik mitti bo‘lsalar, ularning maqsad va o‘ylari ham 
o‘zlari kabi arzimas va jo‘n. Ularning siyosatlari orasidagi farq 
poshnalarining baland yoki past bo‘lganligida. liliputiya davlati-
ning qo‘shni blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas 
va kulgili – ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha ol-
maydi. birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak, desa, birlari 
poynak qismidan sindirish kerakligini uqtiradi. Svift ularning bu 
kelishmovchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular 
ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabab-
lari hech qanday ahamiyatga molik bo‘lmagan ixtiloflar ekanini 
uqtirgandek bo‘ladi.
Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti –
brobdingnegga sayohati hikoya qilinadi. bu mamlakatda Gulli-
ver teskari holatga tushadi – liliputiyadagi odamlardan nafrat-
langan bo‘lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, 
ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi.
Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati – 
lapu tadagi sayohatlariga bag‘ishlangan. bu yerdagi buyuk aka-
demiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishi-
ni ko‘radi. Ularning real hayotdan ajrab, foydasiz ixtirolar bilan 
bandligi muallif kulgisini qo‘zg‘aydi. Ayniqsa, bir olimning bod-
ringdan quyosh energiyasini ajratib olib, undan yoz sovuq kelgan-


96
da foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poy-
devoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti haqidagi loyi-
hasi – buning isboti sifatida hasharotlar – asalari va o‘rgimchak 
faoliyati misol qilib keltirilganini ko‘rib kishi o‘zini kulgidan tiya 
olmaydi. yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishi-
lari ustidan kuladi.
Romanning to‘rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamla-
katiga qilgan sayohati haqida. muallif Gulliverning bu sayohatini 
o‘tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. bu mamlakat-
da inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar – yexular va aqlli, 
dono, halol mehnat bilan kun ko‘ruvchi otlar yashaydilar. yexular 
jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban kimsalar. Ular Sviftning 
Angliyadagi vatandoshlarini eslatadi. Ular o‘z manfaatlari uchun 
bir-birlarini halok qilishga tayyor.
Asar bilan tanishadigan bo‘lsangiz, romanda Svift tasvirlagan 
mamlakatlar dunyo xaritasida yo‘q. bu shaharlar badiiy uydirma 
mahsuli, ularni yozuvchining o‘zi o‘ylab topgan. Adib yashagan 
jamiyatda tanqidiy fikr bildirish, amaldorlаr kirdikorlarini ochiq 
aytish juda xavfli edi. Svift o‘zi yashagan Angliya qirolligidagi 
barcha kamchiliklar ustidan xayoliy mamlakatlar odamlari xatti-
harakatlarini fosh qilish orqali kuladi.
buni аsаrdаn kеltirilаdigаn quyidаgi pаrchа mаzmunidаn hаm 
bilib оlsаngiz bo‘lаdi.

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish