Maksirnichning havasini, hatto hasadini keltirayotgani
endi uning o'ziga g'alati tuyuldi. «Avtobus bizni olmay,
to‘xtamay otib ketayotgani, ehtimol, ichkaridagilarning
ko'pini xursand qilayotgandir? - oÿladi u. - To'gVi-da,
biz chiqsak, ularga joy oz qoladi, noqulaylik ko'payadi.
Boya men o‘zim ham trolleybusda ketayotib xuddi shu-
ni his qilmaganmidim? To'xtamay otganimizdan su-
yunmaganmidim? Buncha odam yeming tagidan qay-
nab chiqayotiptimi deyman?»
- Qiziq! - dedi u Roziyaga qarab Yolovchi ko'paygan
sari odam odamga xalaqit beradigan bir to'siqqa o'x-
shab ko‘rinadi-ya!
- Kim biladi! - deb Roziya aniq javob bermadi. Har
holda uning betoqat bolayotgani bilinmas edi. «O'rga-
nib qolgan, bundan tashqari hali yosh-da, - o^ylandi
Maksimich. - Yoshlikda odam uncha-muncha noqu-
laylikni pisand qilmaydi».
- Roziya, siz boya shahringizda aholi ko'pligini
talddlab, «uch yilda muncha oshdi» degan edingizmi?
Biroq odamlaming katta shaharlarga bu qadar ko'p
to'planishib yashashi yaxshimikan? Xususan, Tosh-
kentga o^shagan issiq iqlimli shaharda...
Roziya qandaydir jiddiy va ma’yus bir ohang bilan:
- Bu hammasi bizga bogüq emas-da, nima qilaylik,
- dedi.
- Yo‘q, ayting-chi, nahotki bu masala hech otylan-
tirmaydi?
- Meni o‘ylantirganda ham... - deb Roziya bir zum
tobrtab oldi-da, gapni awalgi mavzuga burdi: - Siz...
umuman miqdorga unchalik ahamiyat bermagan
edingiz-ku? Siz uchun sifat muhimroq emasmidi?
Maksirnichning boyagi dalilini Roziya uning o'ziga
qarshi nozik yol bilan ishlatgani allanechuk zavqli tu-
yuldi. Maksimich kuldi-da, yolga qaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |