«NOZUKLIKICHRA BELICHA YO'Q TORI GISUYI...»
G'AZALI
Nozuklik ichra belicha yo'q tori gisuyi
1
,
O'z haddini bilib, belidin o'lturur quyi.
Zulfi shikastasinda u kun ongladi o'zi,
Oylarda sinmadi bu ko'ngulning bir orzuyi.
Mundoqki yaxshi yerga tushubtur topib qabul,
Shak yo'qki, muqbil ul dudog'ing xoli hinduyi.
Qush og'zi tegsa la'l o'la minqori to'tidek,
Yoqutung uchun onda ko'roqsa ko'zum suyi.
Ko'rguzmading tushumda biror zulfi orazin,
Ey baxt, dedikim senga kim, tun-u kun uyi.
Javr etsa, mehr umidi tutarmen hanuzkim,
Bir tavr qolmas odamining xislat-u xo'yi.
Lutfiy boshin evurdi sochi inichka bel ila,
Ul hindu rishta birla magar qildi joduyi?
«SURATINGDA XOMAYI SUN' ERDI TAHRIR USTINA...»
G'AZALI
Suratingda xomayi sun'
2
erdi tahrir ustina,
Chunki etti ko'zunga, sehr etti tasvir ustina.
Garchi bosh birla tikildi vasfi zulfungda qalam,
Ul qaro tillik ko'rar o'zini taqsir
3
ustina.
Husnungiz oni ne teb kirsun iboratqaki, aql
Dam-badam bexud bo'lur sharhinda taqrir
4
ustina.
'G i s u - soch.
2
X o m a y i s u n ' - yaratish qalami.
3
T a q s i r - qusur, xato, nuqson.
4
T a q r i r - tasdiqlash, so'zlash, bayon etish.
Ish agar afsunga yetsa ko'zlaring ashkol ila,
Yuz xatoni yuklagay joduyi Kashmir ustina.
Qosh-u ko'z-u kirpugungning fitnasidin yo'q kalom
1
,
Ul balodin, netayin, kelmasa bir-bir ustina.
Chiqmadi zulfimg savodindin ko'ngul yo'l bor uchun,
Muncha umr etib uzun tunlarda shabgir
2
ustina.
Lutfi(y)ni o'lturma sensiz o'lmagan jurmi uchun, -
Kim yurumas bandaning farmoni taqdir ustina.
TUYUQLAR
Ko'ngluma har yonki boqsam,
dog'i bor,
Har necha dardimni desam,
dog'i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir son bo'ldi firoqing,
dog'i bor.
Tuyuqni tushunib, undan zavq olish uchun, awalo, mis-
ralar zamiridagi ma'nolarni obdon anglab olish lozim. Chunki
qofiyalarda kelgan bir shakldagi so'zlar yoxud so'zlar turkumi
anglatgan ma'nolar bir-biridan farq qilgani sababli tajnis yuzaga
kelgan. Agar o'quvchi aynan bir xil shakldagi so'zlar yoxud
so'zlar turkumidagi ma'nolarni ajratib ola bilmasa, asar o'z
vazifasini o'tamagan, muallifning maqsadi amalga oshmay qol-
gan bo'lib chiqadi.
Shu jihatdan ushbu tuyuqning qofiyalarida quyidagi ma'nolar
yashirin:
- dog'i bor - dog'i bor;
- dog'i bor - otashi bor;
- dog'i bor - yana
(tag'in)
bor.
Natijada tuyuqdan mana bunday talqin kelib chiqadi:
Ко 'nglimga har tarafdan boqsam, dog
7
bor, har qancha
dardimni aytsam, otashi bor. Qildekkina tanamga bori ishqing
yor edi, firoqing
(sendan ayriliq)
bir taraf bo 'Idi, yana bor.
Uchinchi misrada ham
«bori»
so'zi bekorga ishlatilmagan.
' K a l o m - so'z.
2
Sh a b g i r - tong, sahar.
* * *
Men sening ilkingdin, ey
dil, bandamen,
Vah, qachon yetkaymen ul
dilbanda men.
Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga sultonsen, ey
dil, banda men.
Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so'zlar qofiya bo'lib
kelgan va ular quyidagi ma'nolarni anglatadi:
- dil, bandamen - yurak,
(men)
bandaman
(bog'lanib qol-
ganman);
- dilbanda men - dilbandga men;
- dil, banda men - yurak, banda men
(man).
Misralar talqin etilsa, quyidagicha ma'no kelib chiqadi:
- Men sening dastingdan, ey dil, bandaman
(bog'lanib qol-
ganman), vah, men qachon u dilbandga yetgayman?
Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil,
banda
(fuqaro) -
men.
* * *
Charxi kajraftor elidin
yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin
yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg'a qulluq
yozamen.
Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
- yozamen - yozg'iraman
(shikoyat qilaman);
- yoza men - yozga men;
- yozamen - yozaman
(bitaman).
Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyidagicha
fikrlar ilgari surilgani ma'lum bo'ladi:
Charxi kajraftor
(egri aylanuvchi charx, zamon)
elidan noro-
ziman,
(Chunki)
hijron
(ayriliq)
qishidan yozga chiqa olmadim.
Har qancha и shohga qulluq
(iltifotli maktub)
yozganim bilan
(to'rtinchi nrisra),
meni bir yorliq
(maktub)
bilan и yod etmay-
di
(uchinchi misra).
88
Do'stlaringiz bilan baham: |